Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə236/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
231
ammo  bu nimani anglatishi hozircha unga ma’lum emasdi. Nutqning avvalida ular ancha do‘stona 
kayfiyatda edilar. Nutqini tugatganida esa hammalari pinhoniy  shubhaparastga aylangan edilar. 
Keyin hujumga o‘tish harakati boshlandi. Endi ular aftidan, to kayfiyatlari aniqlanmaguncha kutib 
turishga ahd qilgan edilar. Birlarining yuzida hech qanday ifoda yo‘q, o‘y-fikrlari allaqayoqlarda kezib 
yurardi. Palmer keyingi savol nima bo‘lganini aniqlab  olishga yordam berar, deb umid qildi. 
— Mister Palmer! — Semiz ham, oriq ham emas oppoq sochi Makarturchasiga olingan mittigina 
kishi o‘tirgan joyida betoqat tipirchilardi. — Sizningcha, sanoat sohalariga xizmat qiluvchi mana bu, 
deylik, litsenziyalar bo‘yicha amal qilayotgan korxonalarning bevosita kelajagi qanday? 
Palmer bosh irg‘ab qo‘ydi va yaxshi kayfiyat tabassumini saqlab qolishga  harakat qildi. U ular 
kayfiyatidagi o‘zgarishni angladi. Endi ularning qiziqishi yaqqolroq ko‘rina boshlagandi, mavhum 
emasdi. Bo‘lajak bizneschilar sifatida ular muayyan ishchan imkoniyatlardan manfaatdor edilar.  
Palmer bu imkoniyatlarni qisqacha tasvirlab berdi va yana bir qancha mana shunday savollardan 
keyin yig‘ilish raisi o‘rnidan turdi va unga tashakkur aytdi. — Garchand omonat banklari haqidagi 
maqola biz uchun ham unchalik ravshan bo‘lmasa-da, baribir ma’ruzangiz g‘oyatda maroqli bo‘ldi 
desam,  ko‘pchilikning fikrini ifoda qilgan bo‘lur edi. Mening tushunishimcha, siz o‘z bankingizda oldi-
qochdi suhbatlardan ko‘ra ko‘proq ma’lum muhokamalar olib borish tarafdorisiz.  
Palmer ta’zim qilib qo‘ydi.  
Berns og‘ir xo‘rsindi: 
— Vudi, qoqvosh. Men senga bankir rolini qanday o‘ynashni o‘rgatmayman. Sen menga siyosatdon 
rolini qanday o‘ynashni o‘rgatma. Bu nusxalarni o‘z tomonimga og‘dirib oldim deb o‘ylayapsanmi? 
— Bilmadim. Lekin men ularni o‘ylashga majbur qildim. 
— Biznes haqida, ammo siyosat haqida emas. — Berns sigareta tutatdi. Qop-qorong‘i mashinada 
chaqmoqtosh alangasi uning ko‘zlarida mayda sariq uchqunlar bo‘lib aks etdi. —  Biznes — bu mantiq 
va sen juda mantiqli nutq qilding. Siyosat — bu majburiyat, u har doim ham mantiqqa 
asoslanavermaydi. Bordi-yu, bu shunday bo‘lganida edi, bordi-yu, nomzodlar va saylovchilar mantiq 
qoidalariga rioya qilganlarida edi, har qanday saylovning natijasi oldindan ma’lum bo‘lar edi. 
— Gap mana bu siyosiy arboblarning ijtimoiy mavqei haqida ketmayotibdi, Mak. Bu ularning 
biznesi, boyishning xususiy biznesi. 
— Sen yangisan, — javob berdi Berns, — va har qanday yangi kabi butun uyinni miridan-sirigacha 
tushunaman deb o‘zingga ishonasan. Siyosatda men o‘q yegan chumchuqman, azizim, ammo men 
ham barcha qoidalarni bilmayman. 
— Unda qanday ish olib borayapsan? 
— Bugungi oqshomni olaylik, — tushuntirdi Berns. — Juda ma’qul misol. Sen u yerda nima 
gapirgan bo‘lma, ular senga nima gapirishgan bo‘lmasin, sen hammaning oldiga poxol solayotganing 
hidini burnim sezib turgandi... 
Mashina Qirq ikkinchi ko‘cha yonidagi shohrohdan burildi va bor tezligi bilan birinchi avenyu 
bo‘ylab Bernsning uyi tomon uchib ketdi. Chap tomonda BMT binosi lip etib ko‘rindi-yu g‘oyib bo‘ldi. 
— Sen goho o‘zingni o‘zing aldayotganday tuyulib ketadi menga, — davom etdi Palmer ko‘chaga 
qaragancha. — Besh daqiqa burun siyosat har doim ham mantiqli bo‘lavermaydi, degan eding. 
Menimcha, sen o‘zing ham uncha mantiqli emassan. 
Berns yelka qisdi: 
— Ayb bizda. 
Palmer ular allaqachon Elliginchi ko‘cha atrofida ekanliklarini ko‘rdi. Hozir ular o‘ngga buriladilar-
da, Berns turadigan o‘n sakkiz qavatli bino oldida to‘xtashadi. 
Darbon mashina eshigini ochdi va dastakdan ushlab, Berns tomon cho‘zildi. 
— Salom, mister Berns, ser.  
Berns mashinadan tushdi-da, bir daqiqa darvoza oldida turdi.  
— U esimga tushdi. Nasroniy Barni Baruk emasmidi? 
— Sof oriycha protestant nasl, — javob berdi Palmer. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin