Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə237/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
232
— Ha-a? — Berns hamon o‘yga cho‘mib tik turardi. — Ha-a. — takrorladi u.  
Ular bir-birlariga ko‘zlarini tikishdi. Shunda Palmer o‘zi kutganidan ham ortiq darajada Bernsga 
nisbatan haq ekanini angladi. Bu odam jahli chiqqanda mantiq-pantiqni bir chetga uloqtirib 
yuborishdan ham, o‘z manfaatiga qarshi ish tutishdan ham toymaydi. — ibodatxonani o‘z boshiga 
ag‘darib yuborgan  Samsonning o‘zi deyvering.  
Yaxshi yotib tur, o‘rtoqjon, — dedi Berns. 
Labining bir chetini qiyshaytirib, u miyig‘ida kulib qo‘ydi.  
— Yaxshi yotib tur, Mak. 
— Og‘irroq bo‘l, bo‘tam. 
— Sen ham. 
Darbon mashina eshigini yopdi. Haydovchi tormozni qo‘yib yubordi va mashina guldiragancha tun 
qo‘ynida yelib ketdi. 
 
 
 
Qirq to‘qqizinchi bob
 
 
Ertalab soat o‘nlarda Palmer o‘z xonasi tomon ketib borardi. Siynalari lo‘mbozday kotiba telefonda 
gaplashardi. U kotibaning: “Ketdingmi? Yaxshi,” — deganini eshitdi va kotiba go‘shakni ildi. 
— E-ha, mister Palmer! 
Palmer odimlarini sekinlatdi. 
— Xo‘sh? 
— Mister Berkxardt liftda o‘z xonasiga ko‘tarilayapti. 
— Rahmat. 
Palmer xonasiga kirdi, stolga o‘tirdi va shu shanbada Utikda irod etishi kerak bo‘lgan nutqini tahrir 
qilishda davom etdi. Virjiniya uning o‘tgan kungi Bruklinda qilgan nutqidan namuna olib, qoralama 
qilib qo‘ygandi. Bir necha kundan beri ertalablari Berns bilan suhbati haqida afsuslanib mulohaza 
yuritar ekan, Palmer uning agar to‘liq bo‘lmasa-da, ellik foizdan ko‘proq haq ekanini anglagandi. 
Uning nutqi, albatta, takabburlikdan xoli edi, ammo u o‘ta mayin, o‘ta sipolik bilan va tinglovchilarga 
nisbatan tirnoqcha takallufsiz gapirgandi. Mana, endi u qalamda nutqning avvalidayoq iltifotli so‘zlarni 
yozib qo‘ymoqda edi: “Qattiq band bo‘lishingizga qaramay men uchun vaqtingizni ayamaganingiz va 
meni sizlarga murojaat etish sharafiga muyassar etganingiz uchun barchangizdan minnatdorman...” 
— shu top uning xonasiga yirik-yirik odimlar bilan Berkxardt kirib keldi va eshikni gursillatib yopdi. 
Palmer ko‘zini ko‘tardi. Ichida o‘zi bilan o‘zi kurashgandek boss eshik oldida bir zum turib qoldi — 
yo darg‘azab edi, yo shunchaki havo yetishmayotgandi. Uning doimiy qizil yuzi yanada qizarib 
ketgandi, shuning uchun naridan-beri jilmayganda ko‘rinib ketadigan tishlari hayratomuz darajada 
oppoq va sun’iy bo‘lib ko‘zga tashlanardi. 
— Salom, Leyn, — dedi Palmer o‘rnidan turarkan. 
Berkxardt nimadir deb ming‘irlab qo‘ydi-da, o‘tiraver degandek qo‘l silkidi.  
— Bu bosh o‘lgur sira tashvishlardan chiqmadi-chiqmadi, — bidirladi u. 
Palmer qo‘li bilan ro‘paradagi o‘rindiqni ko‘rsatdi va uning qanday o‘tirishini kuzatib turdi. 
— Qanaqa tashvishlar? 
— Tonggi ro‘znomani ko‘rdingmi? Olbanidan xabar bosilgan. 
— “Tayms” va “Trib”ni o‘qidim, ularda aytarlik hech gap yo‘q edi. 
— Sen “Byulleten”ni o‘qi avval, bolam, — dedi Berkxardt past xirildoq ovozda. U paltosi tugmalarini 
yechdi va ichki cho‘ntagini uzoq kavlashtirib, oxiri undan necha marta buklab tashlangan tuturuqsiz 
ro‘znomalardan birini chiqardi. Palmer Berkxardtning atrofidagilardan “Byulleten” xabarlarini o‘qishini 
va umuman ularga qiziqishini yashirishga harakat qilishini angladi. — To‘rtinchi betda, — dedi boss 
ro‘znomani stolga shaloplatib tashlarkan. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin