Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə240/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
235
 
Elliginchi bob 
 
Palmer Bernsnikiga kechki 8.15 dan keyin keldi. Kelsa, u hozirgina soqolini qirtishlagan va kiyinib 
olgan ekan, dahlizdagi stolchada ikki kostyumlik jomadon ochiq turibdi. — Biron narsa ichamizmi
Vuds? — Palmerga murojaat qildi Berns, uning ortidan mehmonxona bo‘lmaga borar ekan. — 
Mashina yana 15 daqiqadan keyin keladi. Men Vestchestr aerodromiga 9.30 ga borib turishim kerak. 
— O’shanaqasi Olbaniga uchib ketasanmi? 
— Bu eng mayda aviayo‘llaridan biri, — tushuntirdi Berns yotoq bo‘lmaga kira turib. — Lekin 
menga baribir. Yangi turbovintillarga qaraganda mayda samolyotlar ancha xavfsiz. 
— Ehtimol. — Palmer viskini qattiq-qattiq chayqadi. — Sen ham ichasanmi? — qichqirdi u yotoq 
bo‘lmasiga tomon. 
— Jinni bo‘lgunimcha, — javob berdi Berns. — Yo‘lga naq bir shishasini. 
Palmer unga achchiq ichimlik tayyorladi va stakanni bar peshtaxtasiga qo‘ydi. 
— Meni nega ko‘rging kelib qoldi, Mak? 
— Gaplashadigan vaqtimiz kelgan deb o‘ylaysanmi? — so‘radi Berns, xonaga qaytarkan. U bir 
dasta qog‘oz ko‘tarib kelib, uni dahlizdagi stolchaga qo‘ydi. — Do‘stona suhbat. 
Qachon desang tayyorman, o‘rtoqjon. 
— Menga xuddi shunisi kerak. — Berns qaytib keldi, stakanini qo‘liga oldi va taxtaga o‘tirdi. 
— Sog‘ bo‘l! 
— Sog‘ bo‘l! 
Ular ichishdi-da, sukutga cho‘mishdi. Palmer pastda Ist River shohrohida mashinalarning 
guvillashiga quloq solib turishardi. U o‘girildi-da, Kuinsboro ko‘prigiga qaragan derazadan ko‘z soldi. 
Iliq gaz tumani orasidan ko‘prik jimirlab ko‘rinardi. 
— Biz “Byulleten” muxbirlaridan surishtirib ko‘rdik, — dedi u oxiri. 
— Jimmidanmi? — Bernsning ovozida tashvishdan asar yo‘q edi. — Kalavaning uchi topilgandir? 
— Topildi. — Palmer ohista xo‘rsinib, o‘girildi va Bernsning ro‘parasidan o‘tirdi. — Manba nomini 
topdik. 
— Jimmi uni senga berdimi? — Bernsning ko‘zi ajablangandek xotirjam qarardi. — Ha, bildim. U 
Jinni Kleriga aytgan. 
— Eng kulgilisi shundaki, — davom etdi Palmer, — men bilgan narsa bo‘lib chiqdi. 
Berns sapchib turdi-da, Palmerning oldidan yugurib o‘tib deraza oldiga bordi. Xuddi sahnadagiday, 
u derazaga orqa qilib san’atkorlarcha o‘girildi. Uning cho‘zinchoq yuzi badtar cho‘zildi. 
— Vudi, boshqalar kabi mening ham sabr kosam tubsiz emas. Sen meni boshi berk yo‘llarga 
boshlayapsan, va men... 
— Seni bundan ham chalkash yo‘lga olib kirish uchun nima qilishim kerak, Mak? 
— Birgina o‘ylamasdan qilingan ayblov. — Bernsning pastki labi tarang tortdi. 
— Bunaqa ayblovlarim to‘lib yotibdi. Eng to‘g‘risini tanlashimga bir soniya sabr qil. — Palmer 
Bernsning odatdagi malla basharasini kuzatdi. Endi uning yonoq va manglayi qanday qizarayotgani 
yaqqol ko‘rinib turardi. 
— Palmer, — gap boshladi Berns birmuncha ta’sirsiz ohangda. — O’zi avval-boshidanoq sen ham
anavi sassiq chol bossingiz ham menga hech qachon ishonmay kelyapsizlar, shunday emasmi? 
— Shunday emas. Bir necha hafta burun ham men sizga ishonar edim. — Palmer yana viskidan 
ho‘pladi. — Ishonganim shunchalikmi, to shu bugungi kungacha o‘zimga ishonmay kelar edim. Siz 
ro‘znomada mana bu xabarni bostirganingizdan keyin nega bunday qilganingizga aqlim yetmaguncha 
sizga ishonib kelayotgandim. 
— Lekin bu sabab bo‘lolmaydi, — tutoqdi Berns, — sizning tusmollaringiz ham, isbotlaringiz ham 
xato. Men sizga o‘zimning sababimni aytdim. Nima uchun endi siz bunga ishonmas ekansiz? 
— Shunday qilgim kelib qoldi. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin