Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə263/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
258
— Agar u ham aqlli gaplar ayta boshlagan bo‘lsa, hech narsa qo‘shimcha qilolmayman, — e’tiroz 
bildirdi Berns. 
— Sening qaynoq lablaringda hamon o‘sha tabassum, — Palmer Berns tomon bir qadam yurdi. 
Xonaning chap tomoni biroz ko‘tarilib, yana joyiga tushdi. 
— Xo‘p, mayli, Vudi, kel, qo‘l olishamiz, do‘stginam! 
— Nima, men kulgilimanmi? — qiziqdi Palmer. U endi Bernsdan atigi yarim qadamcha berida 
turardi. U hatto Berns sepgan losonning hidini ham sezdi. 
— Hech kim hech narsa degani yo‘q... 
— Men gapiryapman, — dedi Palmer. — Aks holda sen jilmaymasding. 
Berns u tomon yurib, qo‘lini uzutdi: 
— Vudi, o‘zingni tut, kel qulingni ber. 
Palmer Bernsning qimmatbaho to‘g‘nog‘ichi sovuq yaltiraganini payqadi. U Makning murdaning 
rangidek oppoq yuzlarini ko‘zdan kechirdi, keyin Virjiniyaga qiyshayib qaradi. Ayol unga qarab
qandaydir noxushlikni sezdi va sal nariroqqa surildi. Ehtiyotkorlik bilan goh Bernsga, goh Palmerga 
tikildi. 
— Vuds, — gap boshladi ayol, — nima uchun sen... 
— Nima uchun hamma mening ismimni aytib gap boshlaydi? — so‘radi Palmer. 
— Vudi, — gap qo‘shdi Berns, — tinchlan, qariya. Kel, yana do‘st bo‘lamiz. 
— Sen bilanmi? — Palmer o‘zining baland chiqqan ovozidan aftini burishtirdi. Uning savoli deyarli 
qichqiriq bo‘lib yangradi. U chuqur xo‘rsinib, ich-ichidan titroq his qildi. — Sen bilan, iflos fitnachi 
bilan-a? — ... boshdanoq sendan latta sifatida foydalandi... 
— ... bu qizni shirin luqma sifatida tiqishtirdi... 
Palmer anglab bo‘lmaydigan nimalarnidir aytib g‘o‘ldirayotganini payqadi. 
— O’chiringlar! — o‘shqirdi u. Qulog‘iga eshitilayotgan ovozlar tindi. — Mak Berns! Sasigan 
ariqdagi achigan miya. O’z kasbining arzandasi va faxri. Oxirgi bosqichdagi ruhiy kasal. Qo‘shmachilar 
qiroli. Xoinlik ritsari. — U chap qo‘lini cho‘zib, barmoqlari bilan Bernsning ko‘ksiga nuqdi. 
U o‘zini chetga olib, go‘yo himoyalanmoqchi bo‘lgandek, qo‘lini ko‘tardi. 
— Yo‘q! — Palmer qichqirib yubordi. Vaqt go‘yo keskin to‘xtab qoldi. Chamasi, Bernsning qo‘llari 
musht bo‘lib tugila boshladi. 
Palmer o‘ng qo‘li taranglashayotganini payqadi. Tirsaklari orqaga surildi. Keyin qo‘li tepaga 
ko‘tarildi, mushaklari taranglashdi. O’ng qo‘li oldinda aylandi. Tanasi ham qo‘li bilan birga harakat 
qildi. Bernsning ko‘zlari kattardi. Uning  o‘tkir iyagi va qulog‘i o‘rtasiga musht tushdi. 
Palmer barmoqlari tekkan joydagi suyaklarning qisirlaganini eshitdi. U Bernsning ko‘kimtir oq yuzini 
ko‘rdi. Keyin u ko‘zdan yo‘qoldi... 
Palmer pastga qaradi. Berns oppoq gilamda chuvalchangdek buralib yotardi. Uning kipriklari biroz 
pirpirab, keyin qimirlamay qoldi.  
Og‘zining chetidan quyuq qizil qon oqib, avval iyagiga, keyin gilamga tusha boshladi. 
Palmer o‘zini orqaga oldi. Xonadagi muhit go‘yo ikkiga bo‘linib ketdi. Unga havo yetishmay qoldi. 
Qiynalib nafas ola boshladi. 
Va nihoyat u o‘pkasidagi jazava to‘xtaganini va og‘zi qurib, qandaydir, achchiq ta’m bilan to‘lganini 
payqadi. O’ng qo‘lining barmoqlari karaxt bo‘lib qolgandi. 
U quloq soldi. Xonada jimlik hukmron. Hatto xayolidagi ovozlar ham tinchib qoldi. U Virjiniyaga 
qaradi. Uning ko‘zlari shunday katta tuyuldiki, go‘yo Palmerning aksi bu ko‘zlarga singib ketdi. 
Palmer Bernsning yoniga cho‘kkalagancha, qo‘lini bo‘yni ostiga tiqib, gilamdan ko‘tardi. Gilamda 
doira yasalgan qon yap-yangi qizil bo‘yoqqa o‘xshardi. U Bernsning bo‘yni terlab ketganini sezdi. 
Barmoqlari ostidagi tomir sezilar-sezilmas urib turibdi. U o‘rnidan turib, xonani yana bir marta ko‘zdan 
kechirdi. 
Uning nigohi bir necha marta Virjiniyaning yuzlariga tushdi. U ko‘zlarini Bernsdan olib, Palmerga 
qaradi. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin