Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə277/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
272
Palmer vertolyotning bo‘g‘iq ovozini eshitdi. U o‘girilib, vertolyot yonginasidan uchib o‘tganini, orol 
qirg‘og‘i bo‘ylab doira yasab, Gudzonning shimolrog‘iga, chamasi, O’ttizinchi ko‘chadagi bekat tomon 
yo‘l olganini ko‘rdi. Tezda ikkinchisi ham keladi, deb o‘yladi Palmer. Jadval bo‘yicha, uning uchib 
kelishiga ikki daqiqa qolgan edi. 
Oradan hech qancha vaqt o‘tmay, ikkinchi vertolyotning ham o‘ziga xos guldiragi eshitildi. Palmer 
daryo osha Bruklin tomonga ko‘z tashladi va qo‘nish maydoniga qarab burilayotgan vertolyotni ko‘rdi. 
Havo to‘lqini Palmerning shlyapasini uchirib ketayozdi. U vertolyot qo‘nguncha shlyapasini ikki 
qo‘llab ushlab turdi. Bir-ikki soniya o‘tmay, motor ovozi tindi. Aylanayotgan parraklar asta to‘xtadi. 
Geynts Gauss vertolyotdan uchinchi bo‘lib tushdi. 
Kichkinagina bu odam atrofga olazarak ko‘z yugurtirdi. Palmer Gaussni hech qachon, hatto 
Penemnondda asir olinganda ham bunchalik hayajonlangani, o‘zini gunohkorona tutganini 
ko‘rmagandi. Palmer qo‘l silkitib, unga qarab yurdi. Sovuq shamolda turgan holda, ular jimgina qo‘l 
qisishdi. 
Bankning “Kadillak”i to‘siq ortida kutib turgan edi. Palmer Gaussning yoniga o‘tirdi va haydovchiga 
vertolyot bekatidan bir necha kvartal naridagi “Klub” manzilini berdi. Mashina joyidan qo‘zg‘algach, 
Palmer Gaussga asta bosh irg‘adi. 
— Yetib kelganingizdan xursandman, Garri, — dedi u. – Anavi tikkerlar bilan ishingiz qalay? 
Gauss iztirob ichida chimirildi va qo‘llarini ilojsiz yozdi: — Yomon emas, — dedi nihoyat nemischa 
lahjasini sezdirmaslikka urinib. 
Palmer millati va kelib chiqishini yashirish uchun Gaussda mahorat yetishmasligini payqab, 
tashabbusni qo‘lga oldi: Long-Aylendda bittadan oilalarga mo‘ljallangan yengil uylarni qurilishi, 
kapitalning o‘rtacha raqami, foizlar, shart-sharoitlar, yer uchastkalarini moliyalashtirish kabilar haqida 
tinimsiz gapirishga tushdi. Mashinalar bilan tirband ko‘chalarda o‘n daqiqadan ortiq yo‘l yurib, 
ovqatlanish vaqti yetguncha “Klub”ga yetib keldilar. 
— ... va uning kapitalini savdoni kengaytirish uchun ozod qiladi, — deya hamon valaqlar edi 
Palmer. Nihoyat u: — O, mana, yetib ham keldik. Shu yerda, to‘xta, Jimmi, — deb haydovchiga 
murojaat qildi. 
Ular roppa-rosa o‘n ikkiyu o‘ttizda mashinadan tushdilar, shoshilgancha, eski foyedan o‘tib, jimgina 
kattakon shalog‘i chiqqan liftga chiqdilar. Kutish zalida Palmer xizmatchiga shipshidi:  
— General Xeygenning stoliga. 
Xizmatkor jilmaydi va ularni boshlab kirdi. Palmer orqada kelayotgan Gaussning to‘ng‘illaganini 
eshitdi: 
— Ha, men haq ekanman. 
Xeygen Palmerga bosh irg‘adi va Gaussga murojaat qila turib o‘rnidan qo‘zg‘aldi. 
— Doktor, sizni yana ko‘rganimdan mamnunman, — dedi u o‘zini katta tutib.  
Ular stol atrofiga o‘tirdilar. Palmer ko‘nglida Xeygendan mamnun bo‘ldi. Gauss ilmiy unvonini aytib 
murojaat qilishganda juda rohatlanardi.      
—  General, men ham mamnunman, — javob berdi u. 
Ular o‘tgan kunlarni xotirlashga berildilar: Xeygen Gaussning urushdan keyingi faoliyatini 
mukammal bilishi bilan hammani hayratga soldi. Palmerning e’tiborini boshqa narsa jalb etdi. U 
yaqin-atrofdagi stollarga razm soldi. Ikkita dallol ularni oshkora qiziqish bilan kuzatib turardi. U nigohi 
bilan butun xonani kezib chiqdi. Lumisning burchakdagi stoli bo‘sh turar, biroq yonidagi stolda Archi 
Nikos xayol surib, qandaydir ichimlikni sekin ichib o‘tirar, uning yonidagi stolda esa ikki bankir 
namoyishkorona suhbatlashishardi. 
Palmer kulimsiradi. Xeygen hamisha bir yo‘la kamida ikki yo‘nalishda fikrlay olishi bilan ajralib 
turardi. Palmer ofitsiant kelayotganini ko‘rib, taomnomani qo‘liga oldi. 
— Qovurilgan qilich baliq yeysizlarmi? – so‘radi u o‘tirganlardan. Ular xotiralarini so‘zlashdan 
to‘xtab, Palmerga o‘girilishdi. 
Bugun dushanba, Vudi, — quruqqina javob berdi Xeygen. – O’ylaymanki, bugungi 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin