www.ziyouz.com kutubxonasi
276
yo‘qotma. Men haliyam OAP man.
— Meni laqillataman deb o‘ylama, azizginam. Shunday aqling bilan, a?
— Aqlim qanday bo‘lsa, hozir ham shunday. Ovqatlanish masalasida biror narsa deyolmayman.
Soat beshlar atrofida qo‘ng‘iroq qil.
— Ajoyib. Shoshilish kerak. Hozircha.
Palmer go‘shakni qo‘yib, tugmacha rangi o‘zgarishini kuzatib turdi. Berns birinchi qo‘ng‘iroq qilgan
vaqtga qaraganda u hali “klub”dagi uchrashuvni bilmaganini angladi. Berns Jet-Texning aktsiyalari
narxi kutilmaganda tushib ketayotganidan xavotirga tushgan, deb o‘yladi Palmer. U, chamasi, hali
Gauss haqida eshitmagan.
Yana interkom guvulladi.
— Eshitaman?
— Hozirgina tuguncha keltirishdi, janob.
— Marhamat qilib, olib kiring. Palmer Virjiniya Klerining kabineti bilan bog‘lovchi telefon tugmasini
bosdi.
— Shu yaqin-orada magnitofon bormi? – gapni lo‘nda qildi Palmer.— Men... Menimcha, bor.
— Ayting, menga olib kelishsin. O’zingiz ham keling.
— Xonangizdamisiz?
— Iloji boricha tezroq, iltimos.
Soat uchdan o‘n daqiqa o‘tganda Palmer Berns yuborgan kassetani magnitofonga qo‘ydi. U va
Virjiniya tasmaning aylanishiga qarab turishardi. Dinamikdan sekingina shitirlash eshitildi.
— Ovozini balandlat, — taklif qildi Virjiniya.
Ko‘p o‘tmay ular tasmadan o‘z ovozlarini eshita boshladilar. Palmer tinglab turib, birdaniga
qovog‘ini soldi. Tasmani aylantirayotgan muruvvatni to‘xtatib, tasmaga diqqat bilan tikilib qoldi. Bir
necha daqiqa o‘tib, tasma asosiy g‘altakka o‘raldi.
— Qiziq, — dedi Palmer. – Birorta ulangan joyi yo‘q.
— Bo‘lishi kerakmidi?
— Haqiqatan ham tasmaga bir necha kecha-kunduzlik gap-so‘zlar yozilgan. Bernsning xonasidagi
magnitofon tasmasining eni yetti santimertli edi. Bu esa 17 santimertli. Demak, bu uch-to‘rtta kichik
tasmalardan tayyorlangan. Ular bir joyda bo‘lishi uchun yelimlanishi kerak. Bu tasmada esa ulangan
joy yo‘q. Demak...
— Demak, bu asl nusxa emas, ko‘chirib yozilgani...
Yana Kleri o‘ta aqlliligini ko‘rsatdi.
— Mak buni asl nusxa deb berdimi? Qo‘lingga qanday tushdi?
— Bunisi sir. Asosiy, asl nusxa unda qolgan. U meni oson ishontiraman deb o‘ylagan.
— Bu esa...
— Demak, Mak haqidagi taxminim to‘g‘ri. U meni anoyi emasligimni tushunmayapti. U meni kimlar
bilan, qanday maqsadda tushlik qilganimni bilganda edi, boshi berk ko‘chaga kirib qolganini, bunga
o‘xshagan soxta choralar uni qutqara olmasligini anglab yetgan bo‘lardi.
— Vuds, nimalarni gapirayotganingni sira tushunganim yo‘q.
— Bilaman. – U magnitofondan ko‘zini oldi. – Kechir. Men hatto o‘sha juma oqshomdan keyin sen
bilan gaplashmadim ham. Bu sening foydang uchun bo‘ldi, to‘g‘rimi?
— Men uyda, telefon yonida maza qilib o‘tirdim.
— Meni kechir.
Ayol uning nigohidan ko‘zini olib qochdi.
— Aytgan gaplarim uchun kechirim so‘rayman. O’sha kecha o‘ylaganlarim uchun ham. Unday
emasligini bilaman. Mast holatdagi be’mani xayollar.
Ayol yana bosh chayqadi:
— Nega shunday bo‘lganimni tushunishim mumkin. Lekin bugun tushlik davomida menga nima
uchun qo‘ng‘iroq qilmaganing va nima bo‘layotganini aytmaganingni oqly olmaydi. Men uyda kutib