Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
29
ko‘proq tashvishlanishim kerak. Har ikkalamiz ham tashvishlana boshlaganimizda esa, bir necha 
million kishilarda qayg‘urish uchun yetarli asos paydo bo‘ladi. 
Palmer viski to‘ldirilgan ikkinchi qadahni oldi-da, asta-sekin, qultumlab icha boshladi. U Bernsning 
birinchi qadahini ichib tugatishini kutishga qaror qilganga o‘xshardi. 
— «Yunayted benk» uchun nima yaxshi bo‘lsa, Amerika uchun ham shu yaxshi, — dedi u. — Uning 
uchun nima yomon bo‘lsa... 
— Mutlaqo to‘g‘ri. Sizni, aftidan, yaxshilab xabardor qilishganga o‘xshaydi, — dedi u. 
— Ushbu ma’lumotlarni olish uchun mening idoram butun tong bo‘yi ishladi, — dedi Palmer 
hazilomuz, boyagina Berns aytgan jumlani takrorlab. 
Berns o‘zini orqaroq tashlab, diqqat bilan Palmerga qaradi. Uning o‘ziga xos yuzi hozir hech narsani 
ifodalamas, hatto og‘zi ham qimirlamasdi. Keyin u muloyim jilmaydi. 
— Vudi, — deb boshladi-yu, to‘xtab qoldi. Bu so‘zning havoda qanday jaranglashini tinglaganday 
kutib turdi. So‘ng davom etdi: — Vudi, YuBTKdan ketsangiz nima qiladi? Sizday vitse-prezidentga 
yaxshiroq joy topish mumkin. 
— Ketish? I-e, uerda ishlashni endi boshladim, axir, — hayron bo‘ldi Palmer. 
— Agar sizni o‘z tomonimga og‘dirib olsam, bilasizmi, Leyn meni nima qilardi? Yaxshisi  o‘z 
bo‘ynimni uzib tashlaganim ma’qul. 
Palmer o‘zini juda noqulay sezdi, lekin o‘z oldida har hil dahshatlarni to‘qib chiqarib, keyin ulardan 
qo‘rqayotgan yosh bolani ko‘rgandek jilmayib turdi. 
— E-e, judayam oshirib yubormang, — dedi u. — Sizda yana bitta ignatugma qolardi. U bilan yana 
ancha yillar kun ko‘rishingiz mumkin bo‘lardi. 
U shu zahoti aytgan so‘zlaridan afsuslandi. Bu juda andishasizlik bo‘ldi. Berns undan xafa bo‘lishga 
haqli edi. Palmer o‘zini noqulay sezib, Bernsga razm soldi. 
Bernsning ko‘zlari olaydi. Lekin og‘iz ochmadi. Shu bois endi nima yuz berishi mumkinligini 
bilolmay qoldi. 
Ayting-chi, bular rostdan ham sizga shunchalik yoqayaptimi? — kutilmaganda so‘radi Berns va 
ko‘ylagi yengidan ignatugmalarini ola boshladi. 
— Mana, azizim, oling ularni. 
— Quloq solsangiz-chi, men... 
— Oling, olavering, men mutlaqo jiddiy aytayapman. 
— Lekin menga kerakmas... 
— Bo‘lmagan gap, — tiqilinch qildi Berns ularni Palmerga tiqishtirarkan. 
— Ular sizniki, bor gap shu. Bo‘ldi, esdan chiqaraylik buni. Men, baribir, Rojdestvo bayramida 
ularni sizga hadya qilardim. Agar menga avgust oyida bir odam yoqib qolsa, nahotki buni tan olish 
uchun dekabrgacha kutsam? 
Birinchidan, o‘rinsiz ahmoqona gap aytganidan, keyin esa noloyiq tarzda shunday mukofotga 
sazovor bo‘lishidan o‘z aybini yanada kattaroq his qilib, Palmer «tashakkur»ga o‘xshash tushunarsiz 
nimadir deb to‘ng‘illadi-da, ignatugmalarni oldi. 
Berns barmoqlarini shaqillatdi, shu zahoti uning oldida bosh ofitsiant paydo bo‘ldi. 
— Aleks, — deya murojaat qildi unga Berns. — Aleks, azizim, mister Palmerning qimmatli tugmasi 
uchun durustroq g‘ilof topsangiz, menga esa shu klubning ramziy ignatugmasidan bir juftini qarab 
ko‘ring-a, xo‘pmi? 
Aleks bosh irg‘adi va shu on g‘oyib bo‘ldi. Palmer va Berns bir necha soniya bir-biriga qarab 
qolishdi. Palmer bu qilig‘idan o‘zini pastkashdek his etardi, chunki shu bugun yangi ko‘ylak kiygan 
bo‘lib, uning yenglari tugma bilan qadalar edi. Unda durustgina frantsuz ignatugmalari bor edi, agar 
o‘shalar yonida bo‘lganda edi, u Bernsning iltifotiga iltifot bilan javob qaytargan bo‘lar edi. 
— Shunday qilib, — dedi Berns, — Leyn menga hamkorlik qilishim uchun qachon odam berarkan 
deb rosa kutdim. Lekin uning Chikagodan chaqirilishini hech kutmagandim. 
— Xo‘sh, hamkorlikni qachon boshlaymiz? — so‘radi Palmer. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin