Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
30
— Azizim, mana, o‘n besh daqiqa bo‘layaptiki, biz hamkorlik qilayapmiz. 
Palmer kulimsiradi. 
— Agar shu ish deb atalsa, demak meni ko‘p yillardan beri ahmoq qilib kelishayotgan ekan-da. 
Hozir biz nima qilayapmiz o‘zi? 
— O’zimizni sharhlashga imkon berayapmiz, — tushuntirdi Berns. — Birgalikda. Aynan kerak joyda. 
Aynan kimlarga kerak bo‘lsak, o‘shalarga. Bu menga Gollivuddagi dastlabki qadamlarimni eslatayapti. 
Endi esa atrofga alanglamaslikka harakat qiling. Zalning burchagidagi stol yonida bir odam o‘tiribdi. U 
nonushtasini tamaddi qilib bo‘ldi. Bir daqiqadan so‘ng u o‘rnidan turib eshikka qarab yuradi va o‘tib 
ketayotib, siz bilan salomlashish uchun qarshingizda to‘xtaydi. Uning ismining ahamiyati yo‘q. Lekin u 
bir necha nufuzli jurnalistlar xizmatidagi ayg‘oqchi. Biroq, uni stolimizga bir qadah konyak ichishga 
taklif qilishga arzimaydi. Uning birdan-bir vazifasi shundan iboratki, siz bilan bir stol tevaragida o‘tirib 
suhbatlashganimizni qayd etib, tegishli joyga yetkazishdir. 
— Bizning bu yerda o‘tirishimizning nima ahamiyati bor? 
— Mak Berns bilan bu yerga tamaddi qilgani kelgan har qanday odam gazeta maqolasi uchun 
mavzu bo‘lishi mumkin. Bu odam reklama doirasining oddiy vakili, arzon shov-shuvlar bilan 
shug‘ullanadi. Bundan yigirma yil muqaddam men ham shunday boshlagan edim. U shahar bo‘ylab 
izg‘ib yuradi, qandaydir voqeadan xabar topib, jurnalistlarga yetkazadi. 
— Birgalikda jurnalistlarga ko‘rinsak, qaytaga yaxshi bo‘lmasmidi? 
— Unday qilish yaramaydi, — dedi Berns astagina boshini silkib. — Vudi, men, albatta bank 
sohasida hali ko‘p narsani o‘rganishim kerak, lekin siz matbuot va reklama masalasida yaxshiroq 
shug‘ullanishingiz lozim. Mavzu va mazmunni jurnalistga tiqishtirish mumkinmas. U o‘z-o‘zidan bunda 
bir gap bor deb shubhalanib qoladi. Bu mavzu ularning qulog‘iga chalinishi kerak. Shundagina ular 
oldingizga yugurib kelishadi. Gap nimadaligini o‘zlari qidirib, aniqlashlari darkor. Zero, shundagina u 
o‘zini nimanidir sezgandek his qiladi. Shundagina unda bu aynan shunday ekan degan ishonch 
tug‘iladi. Va shundagina u o‘zi maqolasini dadil chop ettiradi. — Bernsning qo‘li stol ustidan cho‘zilib, 
Palmerning qo‘liga tegindi. 
— Diqqat. Ana, u o‘rnidan turayapti. U yaqinlashganida, o‘zingizni uni ko‘rmayotganlikka soling. 
Oradan bir daqiqa o‘tar-o‘tmas ular tomonga bir semiz kishi kela boshladi. Ularning stoliga ro‘baro‘ 
bo‘lgach, to‘xtab, sassiz salomlashdi. Berns unga soxta hayrat bilan qaradi va shu zahoti tirjayib, 
iltifot ko‘rsatdi: 
— I-e, senmisan? Salom, og‘ayni Len. 
Haligi kishi ularga yaqinlashdi, gupillab sharob hidi urildi. 
— Mekki, qadrdonim, Wie geth’s1? 
— Hamon o‘sha — eski hammom, eski tos. 
— Ko‘p tushirayapsanmi? 
Berns zaharxanda jilmaydi:  
— Senga ko‘p bo‘lib ko‘rinsa kerak. 
Len tushunganday kulib, Palmerga o‘girildi. 
— Len Bennon, — o‘zini tanishtirda qo‘lini cho‘zmoqchi bo‘lib. 
Palmer uning nigohidan ko‘zini olib qochib, bosh irg‘adi. 
— Bu Vudi Palmer. Tanishinglar, — dedi Berns. — Lekin uni bu yerda ko‘rganingni unut, Lenni, 
og‘ayni. 
Lennining ko‘zlari olaydi. 
— Nima, jiddiy gapmi? 
Berns boshini chayqab, jilmaydi: 
— Len, azizim, sen xafa bo‘lmagin-u, hamma narsani tushunaverish sening miyador kallangga ham 
og‘irlik qiladi. 
— O key, Mekki, mayli sen aytganday bo‘lsin. Seid gesund2. 
Len Bernsga qo‘lini cho‘zdi, uning qo‘lini qisib qo‘ydi-da, eshikka shoshildi. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin