Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
50
— Leyn, xudo haqi, aytsang-chi, o‘zi nima gap? 
— Edis, — dedi qariya va uzoq jim qoldi. 
— Edis? — so‘raganday qaytardi Palmer. 
— Aniqrog‘i, sen Edis bilan, — javob berdi Berkxardt. Yana jimlik cho‘kdi. Palmer uning og‘ir nafas 
olayotganini eshitdi. — Bunaqasi ketmaydi, Vudi, bu telefonda aytadigan gap emas. Yaxshisi klubda 
gaplasha qolaylik. Aytaylik, soat beshu o‘ttizda... 
— E-e, yo‘q, bunaqasi ketmaydi, — dedi Palmer. — Men sizni hoziroq ko‘rishim kerak. Osongina 
qutulib ketaman deb o‘ylamang. 
— Demak, beshu o‘ttiz. 
— Leyn, men... — telefonni uzishdi. 
Palmer g‘azab bilan «Brkxrdt» yozuvli tugmachani bosdi. Barmog‘i og‘riguncha shu tarzda bosib 
turdi. Nihoyat, Berkxardt kotibasining ovozi eshitildi. 
— Eshitaman, mister Palmer. 
— Meni mister Berkxardt bilan bog‘lang. 
— Urinib ko‘raman, ehtimol unga liftda yetib olarman. 
— Urinib ko‘ring! — qizga baqirib yubormaslik uchun u tishlarini qisdi, so‘ng xotirjam ohangda: — 
Umuman, keragi yo‘q, — dedi. 
Palmer telefon go‘shagini joyiga qo‘ydi, o‘rnidan turib deraza yoniga keldi. So‘ng bolalari 
tasvirlangan haykalga qaradi. Har tarfdan yog‘ilib turgan nurda farzandlarining yuzlari juda g‘alati 
ko‘rinardi. 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin