www.ziyouz.com kutubxonasi
71
— Ha. Lekin bu hayot yo mamotni hal qiladigan soha.
— Mayli, shunday bo‘la qolsin. Ammo shuni ta’kidlaymanki, ushbu suhbat bayonnomasida pul faqat
moddiy sohada eng muhim omil ekani qayd qilinsin.
— Roziman, — dedi Palmer.
Miss Kleri diqqat bilan unga qaradi:
— Siz faqat men aytganlarimgagina iltifot qilayapsiz. O’zingiz hayotda moddiy ehtiyojdan boshqa
sohalar ham bo‘lishi mumkin, deb o‘ylaysizmi?
— Har holda ular suhbatimiz maqsadi bo‘lib xizmat qilmaydi.
Miss Kleri alam bilan boshini chayqadi.
— Sizni so‘zda yengib bo‘lmaydi. Men gazeta uchun muloqotingizni yozib olmagan bo‘lardim. —
Biroq u Palmerga yana bir qarab qo‘ydi-da, taslim bo‘ldi: — Xo‘p, mayli, — dedi u, — biz
bankchilarmiz. Bizni faqat moddiy jihati qiziqtiradi. Davom eting, marhamat.
U o‘z qahvasidan bir ho‘pladi-da oromkursiga suyanibroq o‘tirdi.
— Bankdagi pullar qay ahvolda? Biz ularni maxsus seyflarda saqlaymiz, u yerdan o‘g‘irlash mumkin
emas. Keyin ularni sarmoyaga — qimmatli qog‘ozlar, aktsiyalar, korxonalar va ayrim shaxslar uchun
zayomlarga aylantiramiz... Xullasi kalom, pul yordamida qilinadigan ishlarni ayni biz belgilaymiz. Oxir-
oqibatda, shuni aytish mumkinki, pulning ijodkorlari bizmiz.
— Pul ijodkorlari? Buning uchun biz nima qilamiz? Pulni bosib chiqaramizmi?
— Deyarli shunday, — javob qildi u.
— Nima, bu qonuniymi?
— Mutlaqo qonuniy, — ishontirdi uni Palmer. — Federal zaxira banki sifatida, biz olayotgan har
to‘rt dollar hisobiga toza havodan bitta yangi dollar hosil qilamiz.
— Shu yaxshimi?
Bunga javoban Palmer qo‘lini qarsillatib oromkursi qirrasiga urdi.
— Falsafiy savollar berishni bas qiling. Ehtimol, AQShda yuz berishi mumkin bo‘lgan ishlarning eng
yomoni mana shudir va bizning evaralarimiz buning uchun juda qimmat haq to‘lashar. Lekin hozirgi
bosqichda bizni aynan pul qutqaradi.
— Boshqacha aytganda, biz zarur ta’minot bo‘lmagani holda pul bosib chiqarish mas’uliyatini
olganmiz, — dedi miss Kleri.
— Boshqa so‘zlar bilan ifodalaydigan bo‘lsak, biz inflyatsiyaga, pulning qadrsizlanishiga yo‘l ochib
berayapmiz, — javob berdi Palmer. — Biroq amerikaliklarning o‘zlari inflyatsiyaga intilayaptilar.
— Aytayotgan gaplaringizga o‘zingiz ham ishonmaysiz, — e’tiroz bildirdi Virjiniya.
— Bu yerda ishonchning nima daxli bor? Axir, turmush taqozosi shunga aniq dalil-ku. Odamlarning
o‘zi turli-tuman ajabtovur narsalar — 21 dyuym ekranli televizor, ikki qopqali sovutgich, katta quvvatli
avtomashina sohibi bo‘lishni istaydilar. Ular zarur miqdordagi pul jamg‘arishga kutishni istamayaptilar.
Bir so‘z bilan aytganda, ular yosh bolalarga o‘xshaydilar, ular hamma narsani darhol olishni istaydilar.
Har bir avtomobil yoki televizor ortida odam turibdi, u o‘z molini darhol sotish niyatida. Lekin u sotgan
molining pulini o‘ttiz olti oy kutolmaydi. U molini sotar ekan, pulini darhol to‘lashlarini istaydi. Mundoq
qarasangiz, qandaydir moliyaviy kompaniya, korporatsiya yoxud vakil uning xizmatiga hoziru nozir
bo‘lib turibdi. Ular xaridorga pul to‘laydilar, o‘zlarining xizmat haqi esa molni olayotgan iste’molchi
hisobidan to‘lanadi. Biroq bu kompaniyalar ham shoshilinch ravishda qaerdandir pul topishlari zarur.
Biroq ular pulni qaerdan oladilar? Ular bankka murojaat qiladilar. Bank ularni pul bilan ta’minlashga
tayyor turadi. Pul nihoyat tugaydi. Xo‘sh, pul qaerdan olinadi, tugagan zaxira qaerdan to‘ldiriladi?
Qaerdan olinishini o‘zingiz yaxshi bilasiz. Bu pullar bosish dastgohlari turgan tsexdan olinadi.
Palmer gapdan to‘xtadi, to‘satdan ovozi ko‘tarilib ketganini, uning so‘zlari ulardan ikki stol narida
o‘tirgan kishi e’tiborini tortganini his qildi. Oraga cho‘kkan jimlik payti u sigaretasini kuldonga bosdi,
nega buncha hayajonlanayapsan, deb o‘z-o‘ziga savol berdi.
— Siz faylasuflarday gapga tushib ketdingiz, — dedi Virjiniya Kleri.
— Ha, pul xususida mening o‘z falsafam bor, — rozi bo‘ldi Palmer. — bu falsafa juda arxaik bo‘lib,