Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
72
agar uni hayotga tatbiq qilaman desangiz, ehtimol, bir necha hafta ichida butun mamlakatni 
xonavayron qilardi. Bank ishining ko‘p asrlik tarixiga asoslangan bankchining pulga nisbatan nuqtai 
nazari ana shunaqa. 
Miss Kleri sal bosh egdi-da, unga sinovchan nazar soldi: 
— Xonavayron qilish falsafangizni menga izohlab bering-chi... 
Palmer kulib yubordi, kulgisi g‘alati chiqdi. 
— Bor narsangni sarflashga shoshilma, — dedi u. — Bu juda aniq, lekin juda qiyin, bajarish og‘ir 
masala. Biror chiroyli narsani ko‘rsang, o‘zingda paydo bo‘lgan uni sotib olish istagini yengishga 
harakat qil. Uning uchun avval pul yig‘, keyin xarid qil. Ehtimol bu orada uni sotib olish istaging so‘nib 
qolar. 
Miss Kleri keng qoshlarini chimirdi. 
— Oh, bunaqa cheklangan turmush tarzi naqadar dahshat, — to‘ng‘illadi Virjiniya. 
Palmer yelka qisdi 
— Ha, agar cheklangan degan so‘zni intizom ma’nosida aytayotgan bo‘lsangiz. 
— Intizom? — Nahotki bu so‘z, sal-pal yaxshiroq jaranglasa? Miss Kleri bosh chayqadi. — Yo‘q, 
bunaqa hayot mahzun, rangsiz, sovuq. Hodisalarsiz, hayajonlarsiz. 
— Zero, hal qilib bo‘lmas muammolarsiz, tangliklarsiz. 
— Mana, ko‘rdingizmi? Bu, umuman, hayot emas, faqat muqaddimasi-ku. 
— Safsata. 
— Hayotning o‘zi nima? Muammolar, qiyinchiliklar va birdan o‘z yo‘lingda ajoyib narsa uchraydi-yu
uni o‘zingniki qilib olishni istaysan. Sen o‘z istagingni bajarasan, pulini esa keyin to‘laysan. 
— Hozir kimning hayoti haqida gapirayapsiz o‘zi? — qiziqdi Palmer. 
Virjiniya yana qoshlarini chimirdi. 
— Ha-a. siz haqsiz. Hamma ham shunday yashashni hohlaydi, deb bo‘lmaydi. Men buni esdan 
chiqarib qo‘yibman. 
Ikkalasi ham jim qoldi. So‘ng yana Palmer gap boshladi. 
— Harholda, bu yerdan biz kimning hayotini muhokama qilishimizdan qat’i nazar, falsafa, baribir, 
meniki. 
Meni kechirasiz-u, bu siz aytganingiz puldan kamchiligi bo‘lmagan odamning falsafasi, — dedi 
Virjiniya. 
Palmer bir necha lahza qimirlamay o‘tirdi, so‘ng qo‘llarini stoldan olib tizzalari ustiga qo‘ydi. 
— Balki, siz haqdirsiz, — javob berdi loqaydlik bilan Palmer. — O’z istagini tiya bilish haqida fikr, 
bunday qilish zarurati bo‘lmaganlar miyasiga tez keladi. 
Miss Kleri stolda Palmerning qo‘llari turgan joyga qaradi. 
— Lekin bu bilan men, — deya asta gap boshladi Virjiniya, — kimda pul bor bo‘lsa, har qanday 
istagini o‘z-o‘zidan qondiraveradi, demoqchi emasman. Pulga sotilmaydigan buyum yo‘q. Balki 
hamma narsa sotilar. Ammo sotib olgan hamma narsadan ham qoniqish hosil qilinavermaydi. 
— Meni kechirasiz-u,— dedi kinoya bilan Palmer, — bu endi ilohiy olam puchmoqlarida adashib 
yurgan odamning falsafasi. 
— Ha, — rozi bo‘ldi miss Kleri. — Men axir, keltlar toifasidanman, avrashni bilaman, qarta bilan fol 
ochaman. Hatto jodugar ham bo‘la olaman. 
— Qiziq. Unda sizga ikki maosh belgilashimizga to‘g‘ri keladi, biz tomonda qolganingiz uchun, 
albatta. 
— «Biz tomonda» deb nimani aytayapsiz? 
— Sigareta chekasizmi? — taklif qildi Palmer. Xonim «ha» deya bosh irg‘adi. — bu bor-yo‘g‘i 
obrazli ifoda, xolos. 
— Yo‘q, bu oddiy obrazli ifodadan kattaroq, — dedi Virjiniya xonim, u tutgan chaqmoqtoshdan 
sigaretasini yondirib. — Mister Berkxardt «Biz tomonda» degan ifodaga go‘yo biz kim bilandir urush 
holatida turganimizday ma’no beradi. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin