Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
74
oilasi ham bank xizmatidan bahramand bo‘lardi. 
— Ammo buning jamg‘arma banklariga nima daxli bor? 
— Hech qanaqa daxli yo‘q. Jamg‘arma banklari umrini yashab bo‘ldi. Endi ular hech kimga 
kerakmas. 
— Voy, muncha ayanchli, — dedi kinoya bilan miss Kleri. — Nahotki shunaqa bo‘lsa? 
— Ha, juda jiddiy. Chunki ular mijozlarga hech narsa berolmaydilar. 
— Axir, bu juda qayg‘uli-ku! Avliyo otalar va marhamatli zotlar endi nima qiladilar? 
— Agar bunaqaga yo‘yaverishingizni bilganimda,buni sizga gapirib o‘tirmasdim. 
— Yo‘q, yo‘q, men boshqa unaqa qilmayman, — dedi Virjiniya. — Ayting-chi, bu haqda jamg‘arma 
banklari vakillari bilan hech kim gaplashib ko‘rdimi? Axir, ular haliyam foydali ish qilayapmiz deb 
o‘ylashayapti-ku. 
Palmer iljaydi. 
— Hamma balo shunda-da. 
— Demak, ular bilan hech kim jiddiy gaplashmagan, shundaymi? 
— Endi nima bo‘lganiga quloq soling, — dedi Palmer. — O’sha avliyo otalar yerga urug‘ qadadilar. 
Urug‘dan katta daraxt o‘sib chiqdi. Hozir u hech kimga kerak bo‘lmasa-da, o‘sishda davom etmoqda. 
Jamg‘arma banklari o‘n minglab xizmatchilarini ish bilan ta’minlamoqda. Qudratli byurokratik apparat 
jamg‘arma banklari mavjud bo‘lishi va gurkirab rivojlanishidan manfaatdor. 
— Ularni tinch qo‘ysa bo‘lmaydimi? Axir ko‘pchilik kishilar o‘z pullarini jamg‘arma banklarida 
saqlashni ma’qul ko‘rishayapti-ku, — ta’kidladi miss Kleri. 
— Nimaga shundayligini men sizga tushuntiraman, — dedi Palmer. — O’sha daraxt o‘sayapti va 
baquvvat bo‘lib borayapti, chuqur ildiz otayapti. Bu ildiz har tomon yoyilmoqda va tuproqning to‘yimli 
sharbatini simirmoqda. Biz esa ana shu tuproq ustida ko‘karmog‘imiz lozim. Endi tushunarlimi? 
— Ha. Hammasi oydin bo‘ldi-qo‘ydi, — javob berdi miss Kleri. U o‘z sigaretasini  o‘chirdi-da 
oromkursi orqasiga suyandi. Keyin uzun kipriklari orasidan suhbatdoshiga horg‘in qarab, so‘radi: — 
Xo‘sh, siz endi o‘sha daraxtni nima qilish niyatidasiz? 
Palmer stolga qaragancha javob berdi: 
— Ildizi bilan qo‘porib tashlamoqchiman... 
Virjiniya Kleri chap qo‘lining yengini biroz qayirdi-da, soatiga qaradi. Keyin juda xotirjam, nazokatli 
ohangda gapirdi: 
— Hozir Mak Bernsga telefon qilmaysizmi? 
Palmer hayron bo‘lib peshanasini tirishtirdi: 
— Menmi... Shunaqa kech bo‘ldimi? — soatiga qaradi, o‘n bo‘layapti: — Ha, siz haqsiz. 
Ular bir-biriga qarab yana biroz o‘tirdilar. Qaysi gapimdan bunchalik sovudiykin, o‘yladi Palmer. 
Vaqt o‘tayapti, u hali Bernsni ko‘rishi kerak. Innankeyin, oxir-oqibat Virjiniya Kleri izohlarini qanday 
qabul qilishi bilan uning nima ishi bor? 
 
 
O’n beshinchi bob
 
 
Edis Palmer chap qo‘lining uzun va keng yengini qayirib soatiga qaradi. Uning harakatida nimadir 
Vuds Palmerning diqqatini tortdi. Qahvali finjonni qo‘yib, u ertalabki oftob nuri jilvasini tomosha 
qilardi. Nur jilvasi Edisning qo‘lidagi mayda tolalarni tillarang qilib ko‘rsatardi. Lekin birdan xotinining 
bu harakati nega uning diqqatini tortganini tushunib, Palmer yo‘talib, so‘radi: 
— Sakkiz yarim bo‘ldimi? 
— Ha, deyarli. Menga qara, Vuds, iltimos, men uchun besh-o‘n daqiqa ajrat. 
— Mashina kutayaptimi? 
— Kutayapti, albatta. Besh yoki o‘n daqiqa kechiksang hech narsa qilmaydi. — U eriga ijirg‘anish 
bilan qaradi. — Yoki, hech bo‘lmasa shofyorga aytarsan «tezroq hayda» deb. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin