Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
79
— Ha, qaniydi mavjud bo‘lsa, — dedi Virjiniya Kleri. — Bizda shu kompaniyaning aktsiyalari shu 
qadar ko‘pki, ulardan Marsgacha yo‘l solsa bo‘ladi. 
— Rostdan ham shunaqami? — o‘ylab qoldi Palmer. — Biz «Xadson trast» bilan birlashganimizda 
bu aktsiyalarni meros qilib olmadikmi, ishqilib? 
— Men buni aniq bilmayman, — javob berdi miss Kleri. Faqat shuni aytishim mumkinki, birgina 
«Jet-Tex» firmasining qog‘ozlari bilan bosh boshqarmada vitse-prezident yordamchisi va ikki xodim 
shug‘ullanmoqda. 
— Ehtimol, siz bank ishiga uncha yaxshi tushunmassiz, — dedi Palmer, Virjiniyaning bamaylixotir 
o‘tirganini ko‘rib, — lekin muhim qismlar tafsilotiga jiddiy e’tibor berarkansiz. 
— Men oldin aytganimday, uni yaxshi tasvirlash uchun mushuk bo‘lish shart emas, — takrorladi 
miss Kleri. 
Palmerga bu ayolning uning nigohidan ko‘zini olib qochishini tomosha qilish yoqardi. Uning yirik 
ko‘zlari Virjiniyaning yubkasi etagini diqqat bilan kuzatar, keyin sekin sirg‘alib pastga, tizzalariga 
tushardi. Palmer uning ingichka to‘piqlariga tekis tutashib ketuvchi dumaloq boldirli xushbichim 
oyoqlariga ehtiros bilan bilan qaradi. Tizzalarini mahkam jipslashtirib turibdi. Palmer uning poshnasi 
gilamga botib turganigacha e’tibordan qochirmadi. 
Virjiniya Kleri o‘rnidan turdi. Uning bo‘yi sal o‘sinqiraganday ko‘rindi. Palmer ham qalqdi, nega 
shunday qilganini o‘zi ham tushunmay, nazokat yuzasidanmi yoki uning bo‘yini o‘zining bo‘yi bilan 
solishtirish uchunmi. 
— Harholda, sidqidildan qilgan ishingiz uchun sizdan minnatdorman, — dedi Palmer. 
— Bu muammolaringizni yechishga yordam beradi deb umid qilaman. — Ularning nigohlari 
to‘qnashdi. — Endi Jo Lumisga telefon qilsangiz bo‘laveradi. 
— Ha, albatta. 
— Balki yana biror narsa kerakdir?.. 
— Yo‘q. Rahmat sizga. 
— Mayli, — dedi Virjiniya, — unday bo‘lsa men o‘z xonamga ketdim. 
— Yana bir bor katta rahmat sizga, — dedi Palmer va chakkalariga qon quyilayotganini his etdi. 
U lablarini mahkam qisib, oldinroq yurib bordi-da, miss Kleriga eshikni ochib berdi. So‘ng unga 
qaramaslikka harakat qilib, sal engashdi. Bugun qarab olgani yetar. 
Virjiniya yonidan o‘tib, tashqariga chiqdi, undan yengilgina ifor hidi qoldi, Palmer uning qanday atir 
ekanligini ham ilg‘ay olmadi. Miss Kleri dahlizdan o‘tib, burchakka burildi-da g‘oyib bo‘ldi. Palmer esa 
eshikni yopib stoli yoniga qaytdi va o‘rniga o‘tirdi. So‘ng interkomga qaradi va «Elder» yozuvli 
tugmachani bosdi. Yashil chiroq yonib, mikrofondan ovoz eshitildi: 
— Labbay? 
— Garri, Palmerman! Bo‘sh vaqtingiz bormi? 
— Ha. Aytavering, — dedi Garrison Elder do‘rildoq ovozda. 
— «Jet-Tex» haqida nima deya olasiz? 
— Yigirma beshta so‘zdami yoki undan ham qisqaroq bo‘lsinmi? — dedi Elder kulib. 
— Ularning biz bilan aloqasini qanday baholaysiz?! — qat’iy so‘radi Palmer. 
— Buni hozir aytish qiyin. Odatda Pol Jerati ular bilan ishni o‘zi olib boradi. O’shanda hisob-kitob 
«Xadson trast» orqali qilinardi. Gunohlarini tangri o‘zi kechirsin. 
— O’sha gunohlari qancha edi? — so‘radi Palmer. 
— Ularga o‘z ishlarini turli korporatsiyalar nomi bilan amalga oshirishga imkon berishardi. Bu 
korporatsiyalar ularning ro‘yxatida bor. 
— Shunaqami? Buning evaziga kaltakni kim yeydi, bizmi? 
— O’sha kaltaklar bizga foyda keltiradi, — e’tiroz bildirdi Elder. —Men bu ishga hech qachon 
aralashgan emasman. Zarurati bo‘lmagan. Agar xohlasangiz, yigitlarimdan bittasini bu ishga jalb 
qilaman. Bir haftada uddalaydi. 
— Sizning shaxsiy bilimli fikringiz qanday? 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin