Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   297
bankir lesli uoller

 
O’n yettinchi bob
 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
81
 
Keksa ofitsiant tushlikdan so‘ng stoldan idish-tovoqni yig‘ishtirib oldi. Oromkursiga yastanib, 
Palmer qariyaning yuviladigan idishlarni aravachada olib ketayotganini kuzatdi. Nega bunaqa ko‘ch 
ko‘tarib yurish xotinidan ko‘ra o‘zining g‘ashiga ko‘proq tegayotgani haqida o‘ylashi birinchi bor emas. 
U sigareta chekdi, uning olovi va tutuni panasida qahva quyayotgan Edisga nazar soldi. 
U hamishagidek ishchan ko‘rinishda. Turmaklangan sochining har bir tolasi silliq taralgan. Bugun 
ko‘zlarini odatdagidan ko‘proq bo‘yagan, ular katta va ifodali ko‘rinayapti. Yuzining terisi jilosiz va 
mayin. Hozir Edisni kuzata turib esiga tushdi, ertalab unga qo‘pol muomalada bo‘ldi. 
Gap nimada? — o‘yladi Palmer. Nega u xotinidan hamisha norozi? Edis nima qilmasin 
ko‘ngildagidek bo‘lmaydi, nega? Yo u xotinini yaxshi bilib oldi, endi uni qiziqtirmay qo‘ydimi? 
Edis eri uni kuzatayotganini sezdi, boshini ko‘tardi, ko‘zlari to‘qnashdi. 
— Senga qahvami? — so‘radi Edis va yaxshilab to‘ldirilgan finjonni uzatdi. — Hozir nima haqda 
o‘ylading? 
— Hech, o‘zim shunday. 
— Men esam, o‘sha «hech» deganing bunchalik teran bo‘ladi, deb tasavvur ham qilmagandim, — 
dedi Edis. 
— Men, bilsang, — dedi Palmer hech bo‘lmasa sal-pal rostgo‘y bo‘lishga intilib, — bugun 
ko‘rinishing juda chiroyli, deb o‘yladim. 
Edisning qo‘y ko‘zlari katta-katta ochildi. Xonaning sun’iy yorug‘ida ular kulrang ko‘rinib ketdi. 
— Faqat to‘qima, azizim, — dedi Edis. — Sen mening «rasmiy» ko‘rinishimga baho berding
shundaymasmi? 
— Yo‘q, — javob berdi Palmer. 
— Unda sen, balki uydagi shuncha tashvishlardan vaqt topib, o‘ziga qarashga qanday ulgurgan 
ekan, deb hayron bo‘layotgandirsan? 
— Bu ham xayolimga kelgani yo‘q. 
— Mayli, agar bilishni istasang, bilib qo‘y: bugun biz birgalikda uyda o‘tkazayotgan birinchi kecha. 
Butun hafta mobaynida birinchi marta, shekilli? Shuning uchun harakat qildim. 
— Juda xursandman, — dedi Palmer, bu yolg‘onni ham qabul qilarmikin, deya o‘zicha fol ochib. 
— Mayli qo‘yaver, qahvangni ich, — Edis bir oz jim qoldi, keyin sekingina aytdi: — Bugun ertalab 
ko‘z o‘ngimda juda dahshatli voqea yuz berdi. Ishchilarimizdan biri havozadan yiqilib tushdi. 
— Qattiq lat yedimi? 
— Singan joyi yo‘q, lekin usta uni uyiga jo‘natib yubordi. Men tabib ko‘rsin, deb turib oldim, usta 
o‘zim g‘amxo‘rlik qilaman deb va’da berdi. Lekin men buni qanday qilib tekshiraman? 
— Axir, u sug‘urta qilingan 
— Men buni aytayotganim yo‘q, Vuds, — e’tiroz bildirdi Edis. — Avvallari men bunday hodisalar 
faqat katta qurilishlarda, osmono‘par binolarni tiklashda yuz berishi mumkin deb o‘ylardim. Lekin bu 
narsa shundoqqina o‘z uyingda yuz bersa, odam o‘zini yo‘qotib qo‘yarkan. 
— Baxtsiz hodisalar istagan yerda yuz berishi mumkin. 
Edis xo‘rsindi va qo‘lini Palmerning sigaretasiga cho‘zdi. 
— Gap bundamas, azizim, — dedi u. — Lekin men haliyam o‘zimga kelolmayapman. 
Palmer gugurtni yoqib, Edisning sigaretasiga tutdi. 
— Yuragingga yaqin olaverma. Ertami, kechmi, hammamiz shunga ko‘nikib ketamiz. Axir, senga 
o‘sha havozadan yiqilib tushgan ishchichalik yoki mashina bosib ketgan bolachalik yoxud Sentral-
parkda yigitlar zo‘rlagan qizchalik og‘riqli emas-ku. 
Edis peshanasini tirishtirdi va sigaretasining so‘nib borayotgan cho‘g‘iga qaradi. 
— Bilasanmi, mening shunday yashagim keladi, toki atrofimda shunday qo‘pol zo‘ravonlikni 
ko‘rmasam deyman. Bu yerda, Nyu-Yorkda har qadamda shundaylarga duch kelasan. 
— Sen o‘zga shaharlarda butunlay boshqacha deb o‘ylaysanmi? 
Edis uning fikrini rad etganday, qo‘lini siltadi. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin