Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
88
ham bo‘lishi mumkin edi, go‘yo bo‘yoq yordamida bu odatdagi  qaynatish o‘limdan qiyin bo‘lgan 
bo‘tqa ekanligini xaspo‘slash mumkinday. 
Palmer ziyofat oxiriga kelib uning uskunasi yonidagi bir gala kumush idishlar ichidan saqlanib 
qolgan yagona buyum — to‘rt shirinlik qoshiqchalaridan bittasini tanladi va o‘zini kuch bilan zo‘rlab 
ustida bir tomchi sirop qotib qolgan muzqaymoqdan o‘yib oldi. Tatib ko‘rgach, bosh irg‘ab, xuddi 
o‘ylaganidek ekanini tasdiqladi. Shundoq bo‘lib chiqdi — ananasli muzqaymoq va yong‘oq siropi. U 
idishni nari surib qo‘ydi-da, sigareta tutatdi. 
Otelning hayhotday ziyofatlar tanobiysiga har biri o‘n kishilik katta-katta dumaloq stollar qo‘yilgan. 
Baland taqasimon balkon tanobiyning har uchala devorini qurshab turadi. U yerga ham stollar 
qo‘yilgan, faqat biroz kichikroqlari — to‘rt kishiligidan. Uzoq burchakdagi uncha katta bo‘lmagan 
supachalarda besh cholg‘uchidan iborat orkestr ovqatlanayotgan xo‘randalar boshlari uzra kamida ikki 
yil oldingi ommabop kuylardan iborat aralash-quralash qorishmani usti-ustiga to‘kkani-to‘kkan. 
Ofitsiantlar asosiy taom — chala qovurilgan biqin go‘shtli qovurdoqni torta boshlaganlarida orkestr 
“Nazokatli bo‘l” qo‘shig‘idan bir necha bandni ijro etdi, buni, ochig‘i, an’anaviy hazil deb baholash joiz 
bo‘lardi. Taklifnomada rasmiy qismdan keyin raqslar boshlanadi va uncha katta bo‘lmagan estrada 
sahna tomoshasi namoyish etiladi deb aytilgandi. Konferanse vazifasini shu paytgacha nomi sira 
Palmerning qulog‘iga chalinmagan, ammo Virjiniya Klerining so‘zlariga qaraganda, bir vaqtlar 
“Tog‘lar”da ancha mashhur bo‘lgan bir qiziqchi bajarishi kerak edi. “Tog‘lar”da? — Palmer hayron 
bo‘lib qoshlarini chimirganda Virjiniya Ketskillz yozgi kurorti “Tog‘lar” deb atalishini tushuntirgandi. U 
yerga odatda yoz oylarida taniqli qiziqchi aktyorlar va estrada artistlarini taklif etishardi, “o‘lik” 
mavsum vaqtida esa ish  yo‘qligidan bugungiga o‘xshagan ziyofatlarda tomoshalar ko‘rsatishga 
majbur bo‘lishardi. 
Virjiniya oltinchi raqamli  stolda Garri Elder va bir necha gazeta sharhlovchilari bilan birga o‘tirishi 
kerak edi.  
Palmer stol raqamlarini qarab chiqishga harakat qildi, biroq hay’atdagi joyidan projektorlarning 
charog‘on nuri ostida nimqorong‘i tanobiyda deyarli hech narsani ko‘rib bo‘lmasdi. Ziyofatdagi odam u 
Virjiniya bilan juvonning o‘z stoliga qancha kerak bo‘lsa, o‘shancha viski buyurtma qilishiga kelishib 
oldi. Palmer ko‘zlarini qisib, ustiga kamida besh-oltita bo‘sh shisha turishi kerak bo‘lgan stolni qidirib 
topish niyatida tanobiyni qarab chiqdi, biroq ko‘p o‘tmay qariyb har bir stol uzra butun bir batareya 
osilib turganiga amin bo‘ldi. 
Boshqa faxrli mehmonlar qatorida Palmerning avval-boshdanoq o‘zgacharoq, ancha shovqinli va 
aftidan, ziyofat ishtirokchilarining ancha baxtiyor oilasidan ajratib qo‘yishgan edi, ularni alohida 
xonaga o‘tqazishgandi, u yerda ular spirtli ichimliklarga qo‘l urmay, o‘zlarining hay’atdagi stoldan joy 
olishlari kerak bo‘lgan daqiqani kutib o‘tirishardi. Ba’zi mulohazalardan keyin Palmer shunday 
xulosaga keldiki, bu tahammulga sabab ko‘p sonli diniy nazorat vakillari, siyosiy rahbarlar va boshqa 
hurmatli shaxslar kelishi bilan bog‘liq emas ekan. Yo‘q, ularning barchasi ko‘zlariga urib turgan 
ayovsiz projektorlar nuri ostida kamida ikki-uch soat o‘tirishlariga to‘g‘ri kelishini juda yaxshi bilardi. 
Xohlashsa-xohlashmasa ichmasdan o‘tirishga majbur edilar. 
Ular hay’at stoli tomon gurs-gurs bosib yo‘l olganlarida har birlarining miyasidan uncha taskin 
bermaydigan birgina fikr kechdi: tanobiyda o‘tirganlarning ulardan boshqa deyarli barchasi g‘irt 
shirakayf. Milliy madhiya ovozi ostida boshqalar bilan bir safga borib turarkan, Palmer maktab 
ruhoniysi qiroat qilgan qisqagina duoning tugashini kutgancha o‘ziga viski buyurgani nigohi bilan 
metrdotel1 ni qidirar edi. Qidirishi behuda ketdi: Palmer bu o‘taketgan og‘ir va uzoq jarayon 
so‘ngigacha ortiq bir qultum ham icholmadi. Oddiy mehmonlar esa xohlagancha miriqdilar, biroq 
hay’atda tiniq va tik boquvchi ko‘zlarini xiralashtirmagan rahnamolar qadlarini to‘g‘ri tutib, 
namoyishkorona o‘tirishlari shart edi. 
Palmer xuddi ilma-teshik sharga o‘xshash idish tagiga tobora cho‘kib borayotgan muzqaymoqqa 
qarab qo‘ydi va hay’atni qurshab olgan nimqorong‘ilikka ko‘zini o‘rgatib olishga harakat qilgancha 
nigohini boshqa yoqqa oldi. Mehmonlardan allakimlar stollaridan turib ketishgandi, buni u payqashga 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin