14
optik disklar, audio- va video-lentalar va h.k.) axborotdan foydalanish bilan bog’liq
sohasidir.
Multimediya vositalariga quyidagilar kiradi: ma‘lumotlarni audio - (nutqli)
va videokiritish va chiqarish qurilmalari; yuqori sifatli tovushli (sound)
va video -
(video) platalar, videoqamrash platalari (video grabber), ular videomagnitofondan
yoki videokameradan tasvirni oladi
va uni kompyuterga kiritadi; yuqori sifatli
kuchaytirgichli, tovush kolonkali, katta videoеkranli
akustik va videoqabul
qiladigan tizimlar, naushnik,
mikrofon, proyektor, videoglaz, Web-kamera.
Plotterlar - grafik axborotni (chizmalar,
sxemalar, rasmlar, diagrammalar va
b.) kompyuterdan qog’ozli yoki boshqacha ko’rinishdagi tashuvchiga chiqarish
qurilmasidir. Ish tamoyili bo’yicha plotterlar
peroli, purkagichli, lazerli,
termografik, еlektrostatik bo’ladi.
19 – rasm.
Plotter
Planshet – kompyuterga biror chizma va tasvirni
maxsus qalam yordamida
kirituvchi qurilma.
20 – rasm. Planshet
23
1.2. Zamonaviy o'qitish tehnik vositalar va ularning tahlili.
Kompyuter va mobil qo'rilmalar bilan birgalikda ta'lim jarayonida zamonaviy
interfaol o'qitish tehnik vositalari keng qo’lanib kelinmoqda.
Interfaol vositalar
yordamida, yangi mavzuni o'rganishda, talabalar bilimini mustahkamlashda va
tekshirishda, grafika, tovush va zamonaviy texnologiyalari bo'yicha yaratilgan
multimedia mahsulotlaridan maksimal darajada unumli foydalanish mumkin.
Bunda bilim olish jarayoni qiziqarli va kreativ tus oladi.
Dostları ilə paylaş: