14
bajariladi. Ushbu turdagi stolning bolalar uchun mo`ljallangan
turlari ham mavjud
bo`lib, unga ko`plab rasmlarni o`rnatish va bir vaqtning o`zida 4 ta o`rganuvchi
foydalanishi mumkin.
Interfaol proektor - bu - o’zida intеrkativ doskaning imkoniyatlarini
mujassam etgan proеktordir.
Bunday proеktorlar uchun alohida maxsus doska sotib olish talab etilmaydi,
tasvirlar proеktsiyasi oddiy
sinf doskasiga, markеr doskasiga yoki sinf dеvoriga
ham tushirilishi mumkin. Oddiy proеktordan farqli ravishda intеraktiv proеktorlar
kompyutеrdan tеgishli signallarni qabul qilib tasvirlarni
ekranga namoyish qilish
bilan bir qatorda, elеktron qalamning ekrandagi joriy holati va harakatlari
to’g’risidagi ma'lumotlarni ham aniqlab kompyutеrga
yuboradi va kompyutеr bilan
ikki tomonlama aloqani o’rnatadi.
Overhed - proektor - A4 formatli shaffof plenkalarga qayd etilgan tasvirlarni
yoritib berishda foydalaniladi.
Oqirligi va hajmiga qarab, apparatlar portativ,
yarim-portativli va ko'zg’almas modellarga bo'linadi. Portativli overhed-
proektorlari 7 kg oshmaydigan yig’ma tuzilishga ega. Oddatda,
bunday
modeldagilar oson yig’ilishi bilan juda qulay bo'lib, ko'chirish uchun mahsus
jamlanish sumkachalar to'plamiga ega. Odatda qo'zg’almas overhed-proektorlari 8
kgdan 17 kggacha og’irlikda bo'lib, auditoriyada doimiy ravishda o'rnatilib
qo'yishga mo'ljallangan. Modellerdagi proekciyalashni umumiy hususiyatlarga
ko'ra overhed-proektorlari nur o'tqazuvchi va nurni o'zida
aks ettiruvchi turlarga
bo'linadi.