Microsoft Word bmi b. Boltaev doc


Qattiq disklarni tahlil qiluvchi vositalar



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/40
tarix24.11.2022
ölçüsü0,95 Mb.
#119837
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   40
Qattiq disklarni tahlil qiluvchi vositalar. Qattiq disklarni yuzasini tahlil 
qiluvchi dasturlar, ma’lumotlar ishonchli darajada saqlanayotganligini aniqlash 
uchun, o’qish-yozish operatsiyalari bajariladi. Murakkab algoritmlar asosida 
yaratilgan utilitlar, DOS o’qiy olmagan ma’lumotlarni tiklab beradi. Agarda, 
yuklanuvchi disk shikastlangan bo’lsa, unda operatsion tizim diskni aniklay 
olmaydi va tegishli xato to’risida ma’lumot beradi. Ko’pincha shunday hollarda 


14 
kompyuter osilib qoladi. Agarda, FAT jadvali salgina shikastlangan bo’lsa, unda 
DOS dagi CHKDSK, shuningdek, uning o’zlashtirilgan versiyasi SCANDISK 
buyruqlari yoki maxsus utiliti ma’lumotlar klasterlarini aniqlaydigan 
ko’rsatkichlarni tiklashlari mumkin. Agarda FAT jadvali butunlay shikastlangan 
bo’lsa, ko’rsatkichlar va diskdagi ma’lumotlar yo’qoladi. Shuni aytib o’tish 
kerakki, ma’lumotlar diskda qoladi, lekin ulardan foydalanib bo’lmaydi. 
CHKDSK DOS versiyalarida, keyinchalik esa Windowsning dastlabki 
versiyalarida mavjud bo’lgan. Windows 95/98 versiyalarida esa Microsoft 
kompaniyasi, yuqori funktsional imkoniyatlarga ega bo’lgan, SCANDISK 
dasturini tavsiya etadi. Windows XP da esa, ko’pgina yangi funktsiyalar, 
shuningdek, NTFS bo’limlarining tiklanishi va ular to’g’risida ma’lumot beruvchi, 
CHKDSK dasturning yangilangan versiyasi mavjud. 
Tashqi ishlab chiqaruvchilarning kengrok imkoniyatlarga ega bo’lgan yuzani 
tekshiruvchi utilitlari. Bunday maxsulotlarga Norton Utilities va SpinRite kiradi. 
Ulardan yo’kolgan ma’lumotlar kismlarini anikdash uchun, ma’lumotlarni 
diskning ishonchli maydoniga olib utish, shuningdek, shikastlangan sektorlarni 
“yopish uchun” foydalaniladi. Bu dasturlar ishlatish uchun juda ham qulay, ular 
yordamida urta statik diskni kayta ishlash uchun, kamida bir soat vaqt ketadi. 
Ularning asosiy afzalliklari shundan iboratki, ma’lumotlarni yo’qotishdan oldin 
sektor shikastlanganligi to’grisida xabardor bo’lishingiz mumkin. 
Birok, Norton SystemWorks yoki yoki Norton Utilities larning asosiy 
afzalliklari - FAT jadvali shikastlangan yoki boshqa muammolarga duch kelgan 
diskdagi ma’lumotlarni tiklash. Agarda, qattiq disk shikastlangan bo’lsa, hamma 
ma’lumotlarning rezerv nusxasini yaratib, uni yangisiga almashtiring. 
Diskning fizik shikastlanishidan tashkari, uning eng muhim muammolaridan 
biri - katta faylning o’rtasidagi shikastlangan sektor. Agarda sektor butunlay 
o’qilmaydigan bo’lsa, faylning qolgan qismi yo’qoladi. DOS va Windows 
operatsion tizimi uncha katta bo’lmagan muammolarni, masalan, bitta belgini, 
bartaraf etish imkoniyatga ega. Lekin, hech qaysi foydalanuvchilar uchun 


23
mo’ljallangan dastur hajmi 11 baytdan katta bo’lgan ma’lumotni tiklay olmaydi. 

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin