Bitiruv ishining yangiligi. Axborot texnologiyalari haqida gap ketganda
avvalo inson ko’z oldiga tezkor, qulay va ko’p qirrali imkoniyatlarga ega
kompyuter texnologiyasi va undan foydalanish yo’llari haqidagi tushunchalari
keladi. Har bir foydalanuvchi axborot texnologiyalaridan o’zining ish faoliyatida
optimal foydalanish yo’llarini izlaydi. Albatta, optimal darajada foydalanish uchun
avvalo texnik vositalar, dasturiy vositalar mavjud bo’lmog’i, foydalanuvchining
bilim va tajribasi etarli bo’lishi kerak. Ushbu BMI da “Kompyuter tizimlari va
ularga xizmat ko’rsatuvchi dasturiy vositalardan foydalanishni tashkil qilish”
to’g’risida axborotlar yoritib berildi.
Bitiruv ishining predmeti va ob’ekti. Informatika va axborot
texnologiyalari fanining “Kompyuter tizimlari va ularga xizmat ko’rsatuvchi
dasturiy vositalardan foydalanishni tashkil qilish” mavzusini o’qitish jarayonlari.
Bitiruv malakaviy ishi tuzilishi va hajmi. Bitiruv malakaviy ishi kirish,
ikkita bob, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlardan iborat bo’lib, 70
sahifada bajarilgan.
Adabiyotlar tahlili. Ushbu bitiruv malakaviy ishni bajarish davrida qator
adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar, mavzuga oid nashr qilingan ilmiy maqolalar va
internet saytlaridan foydalandim. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus
ta’lim vazirligining “Oliy ta’lim muassasalarida bakalavrlarning bitiruv malakaviy
ishini bajarishga qo’yiladigan talablar (2010 yil 9 iyun 225-sonli buyrug’i) [11]. I.Isoqov, D.Abdurahimov, D.Toshtemirov tomonidan ishlab chiqilgan “Oliy
ta’limda bitiruv malakaviy ishlarni tayyorlash va himoya qilish” Uslubiy
ko’rsatma. Guliston, 2016 y., - 24 b. dan foydalandim [18].
BMI ni shakllantirishda foydalanilgan ilmiy adabiyotlar, O’zR ning birinchi
Prezidentimiz I.Karimovning “AKT texnologiyalarni rivojlantirish” bo’yicha qabul
qilgan qarorlari, farmonlari, gazeta va ilmiy jurnal nashrlari va internet resurslari
ro’yxati foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati qismida keltirib o’tilgan.