14
Qattik disk yoki vinchester - doimiy xotira. Ma’lumotlarni doimo saqlash
uchun foydalanadi. U vinchester deb nomlanadi. Vinchester nomi birinchi kattik
disk nomidan kelib chiqqan (1973 yilda IBM firma
tomonidan yaratilgan qattiq
disk nomi "30G’30" bo’lgan va bu mashxur Winchester miltiqning kalibrga
o’xshar edi). Ular hajm va ishlash tezligi bilan farqlanadi.
9 - rasm.
Vinchestrlar
Tezkor xotira mikrosxemalari - kompyuterning vaqtinchalik xotirasi. U
dasturlar ishlash jarayonida zarur bo’lgan ma’lumotlarni
saqlash uchun
foydalanadi. Kompyuter o’chirilgandan keyin shu xotiradagi ma’lumotlar
yo’qotiladi.
Kesh xotira mikrosxemalari - kompyuter tomonidan dasturlar ishlashi
jarayonida ko’p ishlatilgan ma’lumotlarni saqlash uchun foydalanadi.
Bu xotira
tezkor va doimiy xotira o’rtasida joylashadi.
11 - rasm.
Kesh xotira mikrosxemalari
10 - rasm. Tezkor xotira mikrosxemalari