Defragmentatsiyalash utilitlari. Fayllarni qattiq diskga saqlashda, amaliy
tizim (AT) ularni bo’sh joylarga joylashtiradi. Hozirgina formatlangan diskda
fayllar bir fragment ko’rinishida saqlanadi. Keyingi faylni saqlashni esa, AT
oldingi faylni oxiridan boshlab, uni ham bir fragment ko’rinishida saklaydi.
Birinchi faylni ochib, uni hajmini o’zgartirganingizdan so’ng
defragmentatsiyalash jarayoni boshlanadi. AT yangi ma’lumotlarni faylni oxiriga
saqlay olmaydi, chunki bu fayldan so’ng boshka faylni ma’lumotlari saqlanadi.
Agarda ba’zi bir faylni ochmoqchi bo’lsangiz, qattiq disk FAT jadvaliga
murojaat etadi, chunki bu jadvalda fayllar fragmentlari to’g’risida ma’lumotlar
ro’yxati mavjud, lekin, fragmentlangan fayllarni ochish uchun ancha vaqt talab
qilinadi, agarda, FAT jadvali shikastlangan bo’lsa ularni umuman o’qib bo’lmaydi.
Bu muammoni echish uchun fayllarni defragmentatsiyalashni muntazam ravishda
bajarishingiz tavsiya etiladi. [13]. [14], [19].
32
14
2.2. MS Windows tizimining standart utilit dasturlari.
Reestrlarni sozlash. Operatsion tizimi bilan ishlashning asosiy
momentlaridan biri reestr bilan ishlashdir. Reestrni to’g’ri sozlanishida AT, dastur
komponentalarini va dasturlarni ish jarayonini ma’qullash (optimizatsiyalash)
mumkin. Reestr tizimingizni aniqroq va batafsil sozlash imkonini beradi.
Reestr - tarkibiy tuzilmasi ma’lumotni o’z ichiga olgan, amaliy tizimning
ma’lumotlar bazasidir. Windows 9X va NT reestrlari qisman ajralib turishadi.
Windows 95/98da reestrlar, Windows katalogida joylashgan SYSTEM.DAT va
USER.DAT fayllarida mavjud. Windows Me da esa yana bitta LASSES.DAT fayl
qo’shilgan. [12], [13]. [14], [19].
Microsoft reestr INI fayllarni o’rnini bosish kerak edi. INI fayllar faqatgina,
amaliy tizimning ancha oldingi versiyalariga yo’naltirilgan eski dasturlar bilan
moslashuvchanligi uchun koldirilgan.
INI fayllarga muhim cheklanishlar qo’yilgan, ulardan asosiysi, INI fayllarning
maksimal xajmi 64 Kbayt dir.
Ogohlantirish: reestrga tegishli ma’lumotni, to’la to’kis ishonch hosil
qilmaguningizcha, hech qachon xotiradan o’chirmang va o’zgartirmang. Aks holda
bu xarakatlaringiz, Windowsning noto’g’ri ishlashiga olib kelishi mumkin va
ma’lumotlarni tiklashga to’g’ri keladi.
Reestr bilan ishlash uchun, Windows dasturlar to’plamiga kiruvchi, regedit
dasturidan foydalaniladi. Dasturni yuklash uchun buyruqlar qatoriga regedit ni
bajarng buyrugini kiriting ( Puskg’Vo’polnitg’ regedit) va OK tugmasini bosing.
Dasturni oynasi ochilgach, unda chap tarafida, Provodnikdagi disk tuzilma
(struktura)sini aks etadigan daraxt kabi, reestrning daraxti paydo bo’ladi, o’ng
tomonda esa, belgilangan (aktiv) bo’limda joylashgan kalitlar ro’yxati chiqadi.
Redaktor yordamida kiymatlarni to’g’rilashingiz, reestrni import va eksport
kilishingiz hamda qidiruvni amalga oshirishingiz mumkin.
23
2.1-rasm regedit oynasini ishga tushurish.
Reestr oltita bo’limdan iborat. Har bir bo’lim, oynaning chap kismida
joylashgan va papka belgisi ko’rinishiga ega bo’lgan kism bo’limlarni o’z ichiga
oladi.
Reestr daraxtning chekli elementi - bu, uch tipga bo’linadigan kalitlardir:
satrli (masalan, “:g’g’Windows”);
ikkilamchi (masalan, 10 82 A0 8F). Bunday kalitning maksimal uzunligi
16 Kbayt;
DWORD. Bu tipdagi kalit 4 baytdan iborat bo’lib, o’n oltilik va o’nlik
ko’rinishda aks etadi (masalan, 0x00000020 (32) - qavsni ichida kalitning o’nlik
qiymati ko’rsatilgan).
Endi joriy bo’limlarni ko’rib chikamiz, anikrogi, ular kanday ma’lumotga ega.
Tartib bo’yicha boshlaymiz:
HKEY_LASSES_ROOT. Bu bo’limda Windowsda qayt etilgan fayllar tiplari,
shuningdek, OLE va drag-and-drop operatsiyasi to’g’risida ma’lumotlar mavjud.
HKEY_URRENT_USER. Bu erda, Windowsra kirgan foydalanuvchi
qobig’ini sozlatuvchilar joylashgan (masalan, “Pusk” menyusini, Ish stolini). Bular
HKEY_USERg’name qism bo’limida joylashgan fayllarning nusxasini oladi. Bu
erda, name - Windowsda ishlayotgan, foydalanuvchining nomidir. Agarda
34
14
kompyuterda bitta foydalanuvchi ishlasa va Windowsra doimiy kirish ishlatilsa,
unda bo’lim qiymatlari HKEY_USERSg’.DEFAULT kism bo’limdan olinadi.
HKEY_LOAL_MACHINE. Bu bulim kompyuterga tegishli, drayverlar,
dasturiy ta’minotni urnatish va HKEY_USERS sozlash ma’lumotlarni uz ichiga
oladi. Hamma foydalanuvchilar uchun Windows kobigini xam o’z ichiga oladi.
Avval aytilgandek, aynan shu bulimdan HKEY_URRENT_USER bo’limga
ma’lumotlar nusxalanadi. Barcha XKU (HKEY_URRENT_USER) dagi
o’zgarishlar avtomatik ravishda XKU ga o’tadi.
HKEY_URRENT_ONFIG. Bu bo’limda Pdug&Pday qurilmasining va
apparat vositalari o’zgaruvchan bo’lgan kompyuterning tarkibiy tuzilmasi haqida
ma’lumot joylashadi.
HKEY_DYN_DATA. Bu erda esa foydalanuvchining kompyuterda
o’rnatilgan ko’rilmalari haqida dinamik ma’lumotlar saqlanadi. Aynan, bu
bo’limga tegishli ma’lumotlar Boshkaruv panelidan chaqirilgan, "Svoystva
Sistemo’" (“Tizim xususiyat(xossa)lari”) oynasidagi "Ustroystva" ilovasida aks
etadi. Bu bo’limdagi ma’lumotlar amaliy tizim yordamida o’zgartiriladi. Shunday
ekan, qo’l yordamida, ba’zi birlarini o’zgartirish tavsiya etilmaydi.
HKEY_URRENT_USER va HKEY_LOAL_MACHINE bo’limlari katta
imkoniyatlarga ega. Aynan, ularda amaliy tizimni lozim bo’lgan ko’rinishga olib
keladigan sozlanishlar saqlanadi.
Reg-fayllar tuzilmasi. Reg-fayl - bu, o’ziga xos tuzilmaga ega bo’lib, reestrga
o’tadigan ma’lumotni, o’z ichiga oladigan fayldir. Agarda reestr redaktori bilan
ishlash imkoniyati bo’lmasa, unda reestrni to’g’rilash usulidan biri reg-faylni
yaratish va boshka joyga o’tkazish usuli eng oson deb hisoblanadi (albatta
DOSdagi ximoyalangan rejimiga o’tish va boshka dasturlardan foydalanish
mumkin, lekin bular xammasi murakkabrok buladi va asosan, uzok vaktda
bajariladi).
Reg-fayllar tuzilmasiga nisbatan o’ziga xos talablar qo’yiladi. Faylning
birinchi satrida, albatta, kuyidagilar kiritilishi lozim:
23
REGEDIT4 (Windows 9x uchun) yoki Windows Registry Editor Version 5.00
(Windows 2000/XP uchun). Harflar katta shriftda yozilishi mumkin. Birinchi
qatorda bundan tashqari xech narsa bulmasligi kerak. Bu matndan so’ng, keyingi
katorda Albatta bo’sh qator bo’lishi kerak. So’ngra, ba’zi bir parametrlarni
o’zgartirish yoki kiritish lozim bo’lgan reestr bo’limini ko’rsatish zarur.
Bo’limning nomi kvadrat qavslarga [...] olinishi shart. Har bir qatorda
ko’shiladigan parametrlar bittadan yoziladi. Agarda, bir necha bo’limlarga
o’zgartirishlar kiritmoqchi bo’lsangiz, unda oldingi bo’limning oxirgi parametri va
keyingi bo’limning nomi orasida bo’sh qator qoldirish lozim.
Dostları ilə paylaş: |