Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə178/236
tarix12.01.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#122180
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   236
Choliqushi (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
178
— Nega chiqmas ekan, kichik xonim? — dedi. — Hozir zinapoyadan chiqqan mana bu 
to‘lin oy-chi? Buning jon olguvchi yog‘dusini qarang, qaysi oydan kam, ajabo? 
Jamilbey birdan bilaklarimga yopishdi, haroratli nafasi yuzimga urildi, men jon-jahdim 
bilan o‘zimni orqaga tashladim. Orqamda zinapoya panjarasi bo‘lmasa, to‘ppa-to‘g‘ri 
pastga ag‘darilib tushardim. Panjaraga boshimni yomon urib oldim. “Voy!” deb yuborga-
nimni o‘zim ham bilmay qoldim. 
Jamilbey sharpa qilmay yana yonimga yetib keldi. Yuzini ko‘rmasam ham sarosimada, 
hayajon ichida ekanini sezib turardim. 
— Farida xonim, kechiring meni. Biron yeringizni urib oldingizmi? — dedi. “Yo‘q, hech 
nima emas, faqat meni o‘z holimga qo‘ying!” deb yolvormoqchi bo‘lgan edim, lekin 
og‘zimdan bo‘g‘iq bir faryoddan boshqa narsa chiqmadi. Ovozimni chiqarmaslik uchun 
darrov ro‘molcham bilan og‘zimni yopdim. Ro‘molcham iviganday bo‘ldi, qarasam, labim 
qonabdi. Zinapoya derazasining yonida edik. Undan tushib turgan xira yorug‘da Jamilbey 
ham qonni ko‘rdi. U vahm titrog‘i sezilib turgan tovush bilan: 
— Farida xonim, men dunyodagi eng pastkash odamning ishini qildim, — dedi. — Me-
ni kechiring, kechirganingizni aytish muruvvatini ayamang, Farida xonim. 
Qilingan odobsizlikdan keyin o‘qilgan bu odob va’zi tuklarimni hurpaytirib, jasoratimni 
yana o‘zimga qaytardi. 
Dag‘al tovush bilan: 
— Muomalangizda hech qanday g‘ayritabiiylik yo‘q, afandim, — dedim. — Xizmatkor 
xotinlarga, asrab olingan qizlarga bu xil muomala qilish odatga kirib qolgan... Xizmatkor 
xotinlar va sig‘inib kun ko‘ruvchi mushtiparlar vaziyatidan farq qilmaydigan bir vaziyatda 
uylaringizga kelishga rozi bo‘lganimda, men bu narsalarni ko‘zdan qochirmagan edim. 
Birovga aytib qo‘yadi, deb qo‘rqmang. Ertaga biron bahona bilan bu yerdan ketaman. 
Shu so‘zlarni aytdim-u, zinapoyadan xotirjam, parvosiz chiqib borib uyimga kirib ket-
dim. 
* * * 
Bir qo‘limga chamadonimni olib, ikkinchi qo‘lim bilan Munisani yetaklab eshikdan 
chiqib ketishim oson. Lekin qaerga boraman? Mana, oradan uch kun o‘tib ketgan bo‘lsa 
ham, hanuz qarorimni amalga oshirganim yo‘q, haligacha shu yerdaman. Bu yerga kel-
gan kecham daftarimga yozishga uyalgan narsamni mana endi bo‘ynimga olish payti 
keldi. 
Men bu yerga kechqurun, qosh qoraygan paytda kelgan edim. Xo‘sh, kechani o‘z uy-
imda o‘tkazib, ertalab kelsam bo‘lmasmidi? Albatta, yaxshi bo‘lardi. Lekin, nachora, iloji 
yo‘q edi. 
Bu yerga kelgan o‘sha baxti qora kechamda chorbog‘ mehmonlar bilan liq to‘la edi. 
Rashidbey afandi va uning qizlari meni yangi sotib olingan chiroyli buyumday mehmon-
larga ko‘z-ko‘zlay boshladilar. Hamma menga havaslanib, hatto bir oz achinib qarardi. 
Men o‘zimni kamtar, nazokatli tutib, har bir kishining ko‘nglini olishga tirishdim. Meni 
bunga yangi vaziyatim majbur qilardi. Shu mahal birdan boshim aylanib, hushimdan ke-
tib qoldim. Es-es bilaman: kursining chetiga o‘tirib qoldim, lablarimdagi parishon tabas-
sumni saqlashga tirishib yarim minutga, balki bundan ham kamroq muddatga ko‘zlarim-
ni yumdim. 
Rashidbey, qizlari, mehmonlar shoshib qolishdi. Sabohat stakanda suv ko‘tarib chopib 
keldi, zo‘rlab bir necha qultum ichirdi. Bir-birimiz bilan hazillashayotganday, ikkalamiz 
kula boshladik. 
Bir mehmon kampir zaharxanda qilib: 
— Hech narsa emas, janub shabadasining ta’siri, xolos. Voy bu zamonning tajang, no-


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin