Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə181/236
tarix12.01.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#122180
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   236
Choliqushi (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
181
bir butaga osilib edim, tikanlari qo‘llarimni tilib yubordi. 
Ha, shu falokat boshimga tushmagan bo‘lsa, tikan tilgan qo‘llarimning achishib og‘ri-
shiga chidolmay to chorboqqacha oqshom qorong‘isida yig‘lab kelgan bo‘lmasam, shu 
kunni umrimning eng shod, eng xushchaqchaq kuni deb bilardim. 
Komron, sendan nafratlanganim uchungina begona yurtlarga qochib ketganman. Endi 
nafratim shu qadar kuchaydiki, oramizdagi uzoq masofalar ham kifoya qilmay qoldi. Endi 
sen yashab, nafas olib turgan mamlakatdan ham bosh olib ketsam deyman! 
Ortiq bu uyda qolmaslik qaroriga keldim. Shuning uchun har ikki-uch kunda Izmirga 
tushib, maorif bo‘limiga uchrab turdim. Eski muallimlarimdan Berinish opani shu yerda 
ikki oycha avval bir ko‘rgan edim. Maktabda o‘qib yurgan kezlarimda o‘zini menga yaqin 
tutganini eslab, boshimdagi savdodan bir oz aytib beruvdim. Kecha ertalab kemada yana 
uchrashib qoldik. U suyunib: 
— Farida, necha kundan beri seni izlayman, — dedi. — Qorontinadagi maktabimizga 
bitta turk tili va rasm muallimasi kerak. Mudiraga seni tavsiya qildim. Alohida uy tutish-
ning hojati yo‘q, maktabda turaverasan. Axir bizning hayotimizga o‘rganib qolgansan-
ku. 
Yuragim qinidan chiqib ketar darajada tipirchilay boshladi. U yerga borsam, yana 
o‘sha yoshlik hidlari, mungli organ sadolari kelib turgan joyga tushsam, bolalik chog‘la-
rimdagi shirin xayollarimning bir qismi bilan qovushadiganday bo‘lib ketdim. 
O‘ylab o‘tirmasdanoq: 
— Juda soz, maso‘r, jon deb boraman! Rahmat, — dedim. 
Bugun u yoqqa borishdan avval yana maorif bo‘limiga kirdim, maqsadim — hujjatla-
rimni qaytarib olish edi. U yerda mudir meni uch kundan beri so‘roqlab yurganini aytish-
di. Nima deyar ekan deb oldiga kirdim. 
Maorif mudiri meni ko‘rish bilanoq: 
— Rosa intizor qilding-da, qizim! Toleingga bitta yaxshi joy chiqib qoldi. Qushadasi 
maktabiga yuboraman, — dedi. 
Bir yoqda Berenish opa aytgan maktab, undagi tinchgina hayot, ikkinchi yoqda bu. 
Balki Qushadasidagi o‘rin yaxshiroqdir? U holda Berenish opaga bergan so‘zim nima 
bo‘ladi? 
Minutlar o‘tar, men esa javob qilmay jim turardim. Qaysi birini tanlay: tinch hayotnimi 
yo Qushadasidagi maktabga borsam, uchrashim ehtimol bo‘lgan muhtojlik va yo‘qsillik-
nimi? Ajabo, buning ham o‘ziga yarasha tasallisi, boshqa bir jozibasi yo‘qmi? 
Ko‘z o‘ngimga maktablarimizda tashlab qo‘yilgan, umrlari qo‘pol qo‘llarda zoe 
o‘tayotgan kichkina bolalar keldi. U bechoralar ochilish uchun jindakkina quyoshga, jin-
dakkina parvarishga muhtoj bo‘lgan gullardir. Ular ana shunday harorat keltiruvchi, par-
varish qilguvchilarga ko‘ngillarining butun muhabbat va shukronalarini bag‘ishlaydilar. 
Boshimga tushgan hamma falokatlarga qaramay, bu kichkina kambag‘allarni butun qal-
bim bilan yaxshi ko‘rib qolganimni angladim. Ajabo, Munisa ham mening oldimga o‘sha-
lar orasidan kelmaganmidi? 
Bundan tashqari, so‘nggi ikki yillik hayotimda uncha-muncha tajriba ham orttirgan 
edim. Yog‘du og‘riq ko‘zlarni qancha achishtirsa, baxt ham dardli ko‘ngillarni shuncha 
ezadi. Og‘riq ko‘zlar kabi, dardli ko‘ngillar uchun ham eng yaxshi davo qorong‘ilikdir! 
Men muallimlikni ochlikdan o‘lmaslik uchun qabul qilgan edim. Hisobim to‘g‘ri chiqma-
di. Bu kasb kishisi axir bir kun ochlikdan o‘ladi. O‘lsa nima? Axir bu kasb ko‘nglimning 
rahmu shafqatga bo‘lgan ochligini to‘ydiradi, o‘z hayotimni boshqalar baxti saodatiga 
bag‘ishlash tasallisini beradi. Zero, u o‘lgan kunlarning o‘lgan ro‘yolarini tiriltirib 
bo‘lmaydi, buning iloji yo‘q. Boshimdan isiriq hidlarining xumori, quloqlarimdan organ-
larning mungli yig‘ilari sekin-sekin yo‘q bo‘lib ketgan. Qushadasida mehru muhabbat va 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin