Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə234/236
tarix12.01.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#122180
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   236
Choliqushi (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
234
Komron bo‘shatmadi. 
— Iloji yo‘q, Farida. Bir marta bo‘ldi-bo‘ldi. Endi zo‘rg‘a qo‘lga kiritganimda yana 
bo‘shataymi, yo‘q, — dedi kulib. 
Faridaning qarshilik qilishga ortiq madori qolmadi shekilli, boshini Komronning ko‘ksi-
ga qo‘yib, uyala-uyala: 
— O‘shanda ketib qolganimga o‘zimni ham pushaymon bo‘lmagan deysanmi? — dedi. 
Komron uning yuzini ko‘rmasdi. Faqat betlarini, lablarini silab-siypagan, suyib ar-
doqlagan barmoqlarga issiq ko‘z yoshlari tomayotganini his etardi. 
* * * 
Ular yo‘lda ham quchoqlashib ketishdi. Ro‘parada kelayotgan ikkita baliqchini ko‘rish-
gandan keyingina ayrilishdi. Hanuz gaplashmay borardilar. Yonma-yon yurish baxti ular-
ni mast qilgan edi. 
Ana bog‘ yo‘li! Komron o‘n yil avval Faridani shu yerda birinchi marta ko‘rgan edi. 
Komron qizning yelkasidan sekin ushlab: 
— Bu yer esingdan chiqib ketgandir, Farida?— dedi. 
Qiz uzoqlarga cho‘zilib ketgan yo‘lga qarab kulimsiradi. 
— Bu qarashingda ma’no bor, demak, esingda? 
Farida sekin xo‘rsindi. Keyin, bir eski xulyoga kulimsirayotganday, chuqur horg‘inlik 
va o‘ychanlik bilan Komronga qaradi. 
— O‘sha mahal biram suyungan edimki!.. Ajabo, buni esdan chiqarib bo‘ladimi? — de-
di. 
Yigit, qiz boshini teskari o‘girib olmasin, ko‘zlari ko‘zlarimdan ayrilmasin, deb Faridani 
iyagidan ushladi, og‘ir, sokin bir tovush bilan: 
— Farida, — dedi, — bizning butun sarguzashtlarimiz mana shu yerdan boshlangan. 
Bilaman, azizim, sening bu ko‘zlaring shunchalar jafo, shunchalar sargardonliklarni 
ko‘rdiki, gaplarimga, dardlarimga, albatta, tushunadi. Senga ko‘ngil bergan vaqtlarimda 
kulishdan, ermak qilishdan boshqa narsani bilmaydigan g‘ofil, sho‘x qizcha, nurday, 
ovozday qo‘lga kirmaydigan Choliqushi eding. Senga chuqur muhabbatim bor edi. Har 
kuni ertalab uyg‘onganimda muhabbatim qalbimda yana ham ulg‘ayganini sezardim. 
Bundan ham uyalar, ham qo‘rqar edim. Gohi mahallar menga shunday qarar, shunday 
so‘zlar aytardingki, yuragim shirin umidlar bilan talpina boshlardi. Lekin sen darrov 
o‘zgarib olarding. Hamisha kulib, mazax qilib turgan bola ko‘zlaringda goho nozik, has-
sos qiz qalbi aks etardi-yu, yana darhol yo‘q bo‘lib ketardi. Ana shunday hollarda «Yo‘q, 
bu qiz meni tushunmaydi, axiyri meni xazon qiladi!» deb o‘ylardim. Hayotingni, 
ko‘nglingni shunchalik toza vafo bilan menga bag‘ishlashingni umid qilgan edim. Sen, 
balki meni ko‘rganingda o‘chgan rangingni, titray boshlagan shu chiroyli lablaringni 
yashirish uchungina mendan qochib yurgandirsan? Men esam buni Choliqushining yen-
giltakligi deb ich-etimni yeb yurardim. Menga qara, Farida, bunchalik toza vafoni, bun-
chalik ajoyib qalbni kichkina Choliqushining bag‘riga qanday qilib sig‘dirding? 
Komron bir zumgina to‘xtadi. Oppoq, nafis chakkalarida mayda terlar paydo bo‘ldi. U 
boshini solintirib, yana ham past tovush bilan so‘zini davom qildi: 
— Dardim shu bilan cheklanmadi, Farida. Seni hatto o‘zimdan, hayotimning turli soat-
larini bir-biridan kunlardim. Dunyoda vaqtning o‘tishi bilan bo‘shashmaydigan, kuchini 
yo‘qotmaydigan hech qanday his yo‘q. “Bordi-yu, bir kun kelib Faridani bunchalik sevmay 
qolsam, bu shirin hislardan judo bo‘lsam-a!..” deb qo‘rqardim. Shunday paytlarda yonib 
tugalishidan qo‘rqib, chiroqlarni qanday o‘chirib qo‘yishsa, men ham shunday qilar, ya’ni 
xayolingni ko‘zlarimdan uzoqlashtirishga tirishardim. Farida, tog‘larda bir o‘t o‘sadi, otini 
bilmayman. Odam uni qancha ko‘p hidlasa, bora-bora hidini payqamaydigan bo‘lib qola-


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin