Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/236
tarix12.01.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#122180
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   236
Choliqushi (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
54
Bir, ikki, uch, to‘rt yilni barmoqlarim bilan shu qadar oson sanardimki... 
* * * 
Bir oydan so‘ng Komronni G‘alata limanida kemaga o‘tqazdik. Uni Yevropa sayohatiga 
tashviq etganim uchun qarindoshlarimning hammasi meni tabrik qildi. Faqat Mujgongina 
xursand bo‘lmadi. Taqirdog‘idan menga yozgan xatida: “Yaxshi ish qilmabsan, Farida. 
Rozi bo‘lmasliging kerak edi. Eng yaxshi vaqtlaringizni ayriliqda o‘tkazishdan nima ma’no 
bor? To‘rt yil darrov o‘tib ketadigan vaqtmi?” debdi. 
Lekin bu to‘rt yil Mujgon qo‘rqqanidan ancha tez o‘tdi. 
Komron pensiyaga chiqqan amakisi bilan Istambulga butunlay qaytib kelganda, mak-
tabni bitirib chiqqanimga bir oy bo‘lgan edi. 
Maktabdan chiqish! Men u yerda yashab turgan paytlarimda bu olaqorong‘i binoga 
kaptarxona, deb ot qo‘ygan edim. Qo‘limda yaxshimi-yomonmi bir diplom bilan o‘zimni 
tashqariga otadigan kunimning men uchun qutulish bayrami bo‘lishini aytib yurardim. 
Lekin kunlarning birida kaptarxona eshigi ochilganda, o‘zimni, bo‘yimni birmuncha uzay-
tirgan qora chorshaf, baland poshna tuflilar bilan ko‘chaga chiqqanimda butunlay gangib 
qoldim. Buning ustiga xolam ham chorbog‘da to‘y taraddudini boshlab yubordi. Bu narsa 
meni tamoman shoshirib qo‘ydi. 
Chorbog‘ bo‘yoqchilar, duradgorlar, bichiqchilar va uzoq yerlardan yotadigan bo‘lib 
kelgan qarindoshlar bilan goh to‘lib, goh bo‘shardi. Har kim o‘ziga yarasha biron ish bi-
lan band edi. Ular hozirdan taklifnoma yozish, kamu ko‘stlarni sotib olish uchun bozorga 
qatnash, kiyim tikish bilan mashg‘ul. Men shoshib qolganimdan ishbuzarmonlik qilardim. 
Biron ishga qo‘l urish u yoqda tursin, boshqalarning ishiga xalal beradigan har xil bema-
zagarchiliklar qilardim. Menda so‘nggi telbalik xuruji boshlangan edi. Burungiday 
mehmonlarning bolalarini tevaragimga to‘plab, chorbog‘ni boshimga ko‘tarardim. 
Hamma yerdagi singari oshxonada ham remont, bo‘yoq ishlari borardi. Shuning uchun 
yangi oshpaz qozon-tovoqlarini hovlining to‘riga qurilgan chaylaga ko‘chirib, ovqatni 
ochiqda pishira boshlagan edi. 
Bir kuni kechga yaqin oshpazning chayla oldida varaqi pishirayotganini ko‘rdim. Shu 
on miyamga bitta shaytonlik keldi. 
— Bolalar, — dedim, — sizlar shu bostirmalarning orqasiga o‘tib, bekinib turinglar. To-
vushlaringni chiqarmanglar. Men sizlarga varaqi o‘g‘irlab keltiraman. 
Besh minut ham o‘tar-o‘tmas qo‘limda bir tovoq varaqi bilan kichkina o‘rtoqlarim 
yoniga qaytib keldim. 
Bolalarga tegishlarini berib, hammasini hovlining burchak-burchagiga tarqatib yubor-
ganim va tovoqni bostirmaga berkitib qo‘yganim, xayriyatamki, yaxshi bo‘lgan ekan. Le-
kin bu narsaning oqibatini, oshpaz varaqilarni yo‘qolganini bilgandan so‘ng g‘azabi qay-
nab, zir yugurishini xayolimga keltirmagan edim. 
Bir ozdan so‘ng oshxona chaylasi oldida qiyomat qo‘pti. Oshpaz: “Kim o‘g‘irlagan 
bo‘lsa ham jonini bo‘g‘izidan sug‘urib olaman!” — deb qichqira boshladi. Bolalarning 
yuragi chiqib ketdi. Ular mening so‘zimga ham quloq solishmay qochib berishdi. Qochib, 
shubhasiz, yaxshi qilishdi. Chunki birpasdan keyin oshpaz bizni bilib qoldi-yu, qo‘lidagi 
chovlisini tayoqday silkitib ustimizga bostirib kelaverdi. 
Rasvo odam bolalar orasida kattasi men ekanimni ko‘rdi deguncha ularni qo‘yib, meni 
quvib ketdi. Yugurib kelayotib yo‘lda gursillab yiqilgandan so‘ng battar jahli chiqib ketdi. 
Oshpaz yangi, meni tanimaydi, shuning uchun ahvolim mushkul edi. Qo‘lga tushgu-
day bo‘lsam, o‘zimning kimligimni tushuntirguncha, hech bo‘lmasa ikki marta chovli zar-
bini yeyishim, sharmanda bo‘lishim turgan gap. 
Chorbog‘ tomonga chap berishning iloji bo‘lmagandan keyin chor-nochor ko‘chaga 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin