Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/236
tarix12.01.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#122180
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   236
Choliqushi (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
59
— Komronbeyni juda yaxshi ko‘rasizmi? 
— Buning sizga nima aloqasi borligini ko‘rmayapman, xonim afandi. 
Balki bordir, Farida xonim. 
— Ochiq gaplashmasak, hozir aytganimdek, bir yerda depsinib turaveramiz-u, murod 
hosil bo‘lmaydi, xonim afandi. 
— Juda soz, shunday qilaylik. Sizga Komronbeyni boshqa birov ham yaxshi ko‘rishini 
aytishga majburman. 
— Yaxshi ko‘rishi mumkin, xonim afandi. Komron yosh yigit, buning ustiga juda ko‘p 
fazilatlari bor. Boshqa birov uni ko‘z ostiga olgan bo‘lsa, bunga hayron bo‘ladigan joyi 
yo‘q. 
Biror yaproq shitir etmagan bu sokin, go‘zal yoz oqshomida kutilmagan bo‘ron turgan-
ligini anglar, lekin o‘zimda paydo bo‘lgan qandaydir bir kuch bilan unga qarshi hamla 
tayyorlar edim. 
Xotinga aytgan so‘nggi so‘zlarimda bir oz istehzo ham bor edi. O‘rnidan turmasdanoq 
o‘zini to‘g‘rilashidan, asabiy harakat bilan chorshafining etaklarini tuzatib, skameyka 
taxtalarini ushlashidan — uning ham gapga tezroq xotima berish qarorida ekanligini an-
gladim. Mashina kabi tez, ifodasiz bir tovush bilan so‘zladi:
— Dastlab menga kichkina qizday ko‘ringan bo‘lsangiz ham, mana endi kamolot top-
gan, har jihatdan yetilgan qiz oldida o‘tirganimni tushunib turibman. Komronbey masa-
lasiga kelsak, sizning qadringizga yetmagan ko‘rinadi. Yoxud, qaydam, yetgan bo‘lsa 
ham o‘tkinchi zaiflikka uchragan, gapning qisqasi, Komronbey ikki yil bundan avval du-
gonam bilan Yevropada tanishadi. Endi u yog‘ini aytsammi-yo‘qmi, bunisini bilmayman. 
Boshimni silkitdim. 
— So‘zlaringizning to‘g‘riligini isbot qilish uchun ham ayting. 
— Dugonamning ismi Munavvar. Eski saroy arboblaridan birining qizi. Avval birovga 
ko‘ngil berib tekkan-u, lekin baxti ochilmagan. Keyin kasal bo‘lib qoldi. Doktorlar Yevro-
paga yuboringlar, deb maslahat berishdi. Batamom tuzalib, endi yurtiga qaytaman deb 
turganda boshiga shu savdo tushadi. Komronbey bir mahal Shveytsariyaga yetib keladi. 
Uni izlab kelganmi, yo vazifa bilanmi, bunisini yaxshi bilmayman. O‘sha yerda uchrashi-
shadi. Komronbey Shveytsariyaga bir hafta turib qaytgani kelgan bo‘lsa ham u yerda 
yaqin ikki oylab qolib ketadi. Hatto buning uchun jazo ham olgan bo‘lsa kerak. 
Ijozatingiz bilan bitta savol, — dedim, — bularni menga ayttirishdan dugonangiz-
ning maqsadi nima ekan? 
Begona xotin bu safar o‘rnidan turishga majbur bo‘ldi, qo‘lqopli qo‘llarini qovushtirib: 
— Mana shuni aytish qiyin-da, — dedi. — Munavvar bugun sizning dushmaningiz 
hisoblanadi.
— Astag‘firullo! 
— Shunday, Farida xonim. Lekin o‘zi yomon odammas. Juda ham rahmdil. Komron-
bey uning uchun shunchaki bir tasodif emas. U dugonamga uylanmoqchi edi. Agar bun-
da bir yomonlik bo‘lsa, hammasi Komronbeydan. Chunki boshqa birov bilan boshi bog‘li 
bo‘la turib shu ishni qilgan. Meni kasal yotgan ko‘ngilchan bir xotinning o‘lib-netib qolish 
xavfi qo‘rqitadi, uhdamga mana shunday yaramas vazifani olishga majbur qilgan sabab 
ham ana shu qo‘rquv bo‘ldi. 
— Ya’ni, Komronbey unga uylanmasa demoqchimisiz? 
— Yolg‘on gapirib nima qilaman, ha. Munavvar bu xabardan keyin hecham yashamay-
di. 
— Bechoraning peshonasi sho‘r ekan. 
— To‘g‘risi, ikkalangizning ham peshonangiz sho‘r. 
Ortiqcha mahovat qilib yuborganini bildirish uchun qo‘lim bilan ishora qilib kuldim. 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin