Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/236
tarix12.01.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#122180
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   236
Choliqushi (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
73
ga qarab turganda men uchun ham oyning yorug‘ kunlari yaqinlashib kelayotganini seza 
boshladim. Bir oydan beri asta-sekin yo‘qota borgan xushvaqtligimni yana topib oldim. 
U kishi menga shu damgacha hech kimdan eshitmagan chiroyli so‘zlarni so‘ylagandan 
so‘ng, meni ministr kabinetiga yetaklab kirdi. 
U o‘tib borganda xodimlar o‘rinlaridan turar, eshiklar esa go‘yo o‘z-o‘zidan ochilib ke-
tardi. 
Yarim soatdan so‘ng B. viloyatidagi markaziy rushdiyada bo‘sh bo‘lgan geografiya va 
rasm darsi muallimligi o‘rniga tayinlandim. 
Choliqushi o‘sha oqshom Ayyubga qaytayotganida suyunchidan uchib borardi. Bundan 
buyon u ham o‘z nonini o‘zi topadigan inson edi. Endi hech kim unga nomi marhamat va 
himoyat deb atalgan shafqatsiz haqorat toshini ota olmaydi. 
Uch kundan so‘ng butun rasmiyat tugalib, yo‘l xarajatlarini ham oldim. 
Bir kuni saharlab Gulmisol xalfa meni kemaga olib chiqdi. Shahob afandi tongda li-
manga kelib, bizni kutib turgan ekan. Bu yigitchaning odamgarchiligini o‘la-o‘lgunimcha 
unutmayman. Hamma ishimni bartaraf qilibdi, boradigan yerimdagi musofirxona adresi-
gacha hech bir narsani esidan chiqarmabdi. Hozir ham bog‘liq bo‘yniga zarar qilishi aniq 
bo‘lgan liman shamoliga, nam havosiga qaramay, menga oq yo‘l tilagani keldi. 
Chamadonimni va yo‘l hadyasi qilib keltirgan kichkina qutichasini kayutaga o‘z qo‘li 
bilan joylashtirdi. Keyin necha qayta pastga tushib chiqib, kayuta xodimlariga bir nima-
lar tayinladi. 
Kema langardan bo‘shaguncha palubaning bir chetida o‘tirdik. 
Odam ayriliq soatida tinmay gaplashishi, bor gapini aytib olishi kerak emasmi? Holbu-
ki, shu bir soat ichida Gulmisol xalfa ikkalamiz juda borsa o‘n og‘iz so‘z aytgandirmiz. U 
xira ko‘k ko‘zlari bilan dengizni tomosha qilar, qo‘llarimni o‘ynab o‘tirardi. Lekin kema 
langardan bo‘shayotganda ortiq chidab turolmadi: “Onangni ham shu yerda kemaga 
o‘tqazganman, Farida. Ammo u senga o‘xshash yolg‘iz emasdi. Xudo xohlasa, seni mana 
shunday yana quchog‘imga olaman”, — dedi. Keyin ho‘ngrab yig‘lay boshladi. 
Shahob afandining yonimizda ekaniga qaramay, men ham o‘zimni tutolmaydigan bir 
alfozda edim. Lekin shu dam birdan suron ko‘tarildi: “Tush, xonim, hozir zina olinadi!” — 
deyishdi-yu, boyoqish xalfamni yelkalaridan ushlab tortisha-tortisha zinadan tushirib 
yuborishdi. 
Kichik kotib hamon yonimda turardi. Rahmat aytish uchun qo‘limni uzatganimda, yuzi 
sap-sarg‘ayib, ko‘zlari to‘lib turganini ko‘rdim. Birinchi marta yuzimga dadil qarab, otim-
ni so‘rashga jur’at etdi. Keyin: 
— Farida xonim, butunlay ketyapsiz, shundaymi?— dedi. 
Ayriliq damlarining tegirmon toshiday ustimgatushgan og‘irligiga qaramay, kulgidan 
o‘zimni tutolmadim. 
— Yana qanday shubha bo‘lishi mumkin? — dedim. 
U ortiq hech nima demadi, qo‘lini qo‘limdan chiqarib, yugurganicha zinadan tushib 
ketdi. 
* * * 
Dengiz safarini juda yaxshi ko‘raman. Olti-etti yoshlarda, kichkina bolaligimda otam-
ning askarlari bilan birga qilgan sayohatimning gashti hali ham dilimda yashaydi. Kema, 
undagi odamlar, hatto Husayn ham esimdan chiqqan-u, lekin katta dengizdan uchib 
o‘tgan bir qushning esida nimaiki qolishi mumkin bo‘lsa, menda ham juda borsa o‘shan-
chalik narsa qolgan. Har tarafi oqar chiroqlar bilan to‘lgan moviy bo‘shliqda uchish gash-
ti! Dengizning mendagi keng og‘ush ta’siriga qaramay, palubada turolmadim; kemaning 
tumshuq tomonidan aylanib o‘tib kayutamga tushib ketdim. Shahob afandi keltirgan 
quticha chamadonimning ustida turgan edi. Nimaligini bilgim qistab ochdim. Bir quti fon-


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin