Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/236
tarix12.01.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#122180
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   236
Choliqushi (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
75
nargila* tozalayotgan ekan. 
Meni ko‘rishi bilan qirq yillik do‘stlarday: 
Ana xolos, Farida xonim, nega muncha barvaqt uyg‘onding-a? Yo‘ldan charchab 
kelgan, hali tushgacha uxlaydi, deb o‘ylovdim, — dedi. 
Men kulib: 
— Voy, tushgacha uxlab bo‘ladimi? Ishga kelgan muallima tushgacha qanday yotadi? 
— dedim. 
Hoji xalfa nargilasini bir yoqqa qo‘yib, qo‘llarini beliga tiradi. 
— Muni qara! O‘zi yosh bola, ko‘cha changitib maktab qatnaydigan zing‘archa-yu, 
yana bu kishi o‘qitgani borarmish! — deb kula boshladi. 
Maoriof ministrligidan tayin qog‘ozimni olgan minutimdan boshlab sho‘xliklarni yig‘ish-
tirishga majbur edim. Lekin Hoji xalfaning meni yosh bola o‘rnida ko‘rganiga chidab tu-
rolmay, yana sho‘xligim qo‘zidi, portfelimni to‘pday otib, yana tutib oldim. 
Bu harakatim Hoji xalfaning kayfini chog‘ qildi, chapak chalib yubordi. 
— Yolg‘on aytmabmanmi! Mana, hali ham yosh bolasan,— dedi qahqaha urib. 
Musofirxona xizmatkori bilan shunchalik maymana bo‘lish qanchalik to‘g‘ri ekan, buni-
sini bilmadim. Lekin men ham unga qo‘shilib kuldim, keyin u yoq-bu yoqdan ancha gap-
lashdik. 
Hoji xalfa: “Nonushta qilmay maktabga ketmaysan”, — deb oyog‘ini tirab turib oldi. 
— U qaroqchilar orasida kechga dovur och yurib bo‘ladimi axir, o‘ylasang-chi, xo‘jo-
nim? Hozir senga pishloq, sut opkelib beraman. Innaykeyin, afandim, bugun birinchi 
kun, shuning uchun uncha shoshmasang ham bo‘ladi, — deb meni qo‘yarda-qo‘ymay 
hovuz labiga o‘tqazdi. 
Vaqt erta bo‘lgani uchun musofirxona hovlisida hali hech kim yo‘q edi. 
Hoji xalfa ro‘paradagi do‘konlardan biriga qarab: 
— Mulla, bizning muallimamizga Istambul teshikkulchalari bilan sut olib kel, — dedi-
yu, keyin men tomonga o‘girilib, uni maqtadi: — Mullaning suti sutjon-da! Sizlarning Is-
tambulingizdagi sutni bunikining oldida chilim suvi deyaver. 
Hoji xalfaning rivoyatiga ko‘ra Mulla sigirlarini yozin-qishin nok bilan boqar, shuning 
uchun sutidan nok hidi kelib turar emish. 
Qari armani bu sirni aytib turib, menga sekin ko‘zini qisib qo‘ydi, keyin: 
— Lekigin Mullaning o‘zidan ham andakkina nok hidi kelib turadi, — deb hazillashdi. 
Men hovuz bo‘yida nonushta qilib turgunimcha, Hoji xalfa, bir yoqdan chilimni chayar, 
ikkinchi yoqdan shaharning bitmas-tuganmas g‘iybatlarini aytib, meni kuldirardi. Yo xu-
do, bu odam bilmaydigan nima bor ekan? U maktab muallimalarining xatti-harakatlarini
hatto ulardan har birining qanday, qancha kiyimi borligini ham mukammal bilardi. 
Nonushta qilib bo‘lib o‘rnimdan turgan edim: 
— Shoshmay tur, o‘zim boshlab boraman. Maktab-ku yaqin-a, lekin yo‘li qurg‘ur cha-
toq, adashib qolasan, — dedi-da, oqsoq oyog‘i bilan oldimda likonglab borib, meni mar-
kaziy rushdiyaning yashil bo‘yoqli yog‘och darvozasi oldidan olib chiqdi. U bo‘lmasa, bu 
qing‘ir-qiyshiq ko‘chalarda adashib qolishim turgan gap ekan. 
Tashqarisidan qanchalik xarob ko‘rinmasin, bari- bir, ko‘ngil qo‘yish niyati bilan kirgan 
maktabimda meni qanday falokat qarshilaganini batafsil so‘zlab berishim kerak. 
Qorovulxonada hech kim yo‘q edi. Bog‘dan o‘tib ketayotib, qo‘lida eski charm portfel 
bilan chiqib kelayotgan bir xotinga duch keldim. Egnida katak matodan qilingan chor-
shaf, betidan mahkam yopilgan ikki qavat parda bor edi. Meni ko‘rib to‘xtadi, sinchiklab 
qaradi. 
— Nima ishingiz bor edi, xonim? 
— Mudira xonimni ko‘rmoqchiman. 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin