Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/236
tarix12.01.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#122180
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   236
Choliqushi (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
90
Menga tamomila parvosizdek ko‘ringan yovvoyi Hoyg‘onush bir yerida qo‘qqisdan 
og‘riq turganday birdan yig‘lab yubordi. Yana qanday yig‘ladi deng! Qulog‘imda ikkita in-
ju baldoq bor edi. Shularni chiqarib, Hoyg‘onushning qulog‘iga taqib qo‘ydim. 
Hoji xalfa hadyamdan xijolat bo‘ldi. 
— Yo‘q, xo‘jonim, hadya degan narsa pulga olinadigan bo‘lmasligi kerak. Bular qim-
matbaho injular, — dedi. 
Men kulimsiradim. Qizning men uchun ko‘zdan to‘kkan injulari yonida bu baldoqlar ik-
ki chaqa ham turmasligini qanday qilib anglatib bo‘ladi bu sof vijdonli kishiga? 
Hoji xalfa, meni aravaga mindirgandan so‘ng, yana chuqur tin oldi, keyin qo‘lini 
ko‘kragiga urib: 
— O‘lay agar, sendan ayrilib qolayotganim — kecha yegan tepkimdan og‘irroq 
bo‘lyapti, — dedi. 
Kechagi hangomani xotirlagan bu so‘zlardan men yana bir marta kulib yubordim. Ara-
va yura boshlagan edi. U hamon orqamdan barmog‘ini bigiz qilib: 
— Kulasan-da, shayton qiz, kulasan-da! — deyardi. Oh, oraliq shu paytdan tez uzay-
masa-yu, ko‘zlarimni ko‘ra bilsang, bu so‘zlarni aytms eding, Hoji xalfa! 
* * * 
Arava o‘ydim-chuqur tog‘ yo‘liga tushdi. Goh suvi qurib qolgan tog‘ soylarining o‘zani-
dan o‘tar, goh ekinsiz dalalar, buzilgan bog‘lar yonida yurib borardi. 
Ba’zan yakka-dukka dehqonlar, charchoqdan ingrayotganga o‘xshab ovoz chiqargan 
aravalar, o‘tin orqalab ketayotgan yalang oyoq ayollar uchrab qolardi. 
Yolg‘izoyoq bog‘ yo‘lidan uzun mo‘ylovli, qaroqchilarga o‘xshash vahimali ikkita jan-
darma chiqib keldi. Yonimizdan o‘tib ketayotib aravakashga: 
— Assalomu alaykum! — deyishdi-yu, menga tikilib qarashdi. 
Hoji xalfa: “Yo‘llar, xudoga shukr, tinch, shunday bo‘lsa hamki, yuzingni berkitib yur. 
Sening surating hamma yerda ochsa bo‘ladigan suratlardan emas. Fahmladingmi, afan-
dim”, — degan edi. 
Uzoqdan birovning kelayotganini ko‘rdim deguncha Hoji xalfaning ta’kidini eslab, dar-
rov yuzimni to‘sib olardim. 
Soatlar o‘tgan sayin yo‘llar jimib, g‘amgin tus olib borardi. Qishloq aravalarining in-
gichka, chinqiroq tovush chiqarib g‘ijillaydigan fazilati bor. Buni o‘ylab chiqarganlar xo‘p 
yaxshi ish qilishgan-da! Jarlarda, daralarda g‘ildiraklar g‘ijillab chiqargan aksi sadolar 
odamga xuddi tasalli beruvchi ovozday eshitiladi. Tog‘ oralig‘idan o‘tib ketayotganimizda 
menga shunday tuyuldiki, uzoqlarda, shu kuyganday ko‘ringan qora toshlar orqasida 
ko‘z ilg‘amas bir yo‘l boru, ingichka ovozli bir xotin mungli tovush bilan yig‘lab-siqtab ke-
timizdan yugurib kelayotganga o‘xshaydi. 
Kech kirib kelmoqda. Quyosh tepalar orqasiga sekin-sekin o‘tar, jarlarga qorong‘ulik 
cho‘kar edi. 
Yo‘lning hali oxiri ko‘rinmaydi. Hatto biror qishloq, biror tup daraxt ko‘rinmaydi... 
Yuragimda sekin-sekin qo‘rquv uyg‘ona boshladi. Kechasigacha Zaynilar qishlog‘iga 
yetib ololmasak nima bo‘ladi? Birdan mana shu tog‘lar orasida yolg‘iz tunashga majbur 
bo‘lsak-a? 
Aravakash ora-sira to‘xtab otlariga dam berar, ular bilan bamisoli odamlar bilan gap-
lashayotgandek gaplashardi. 
Toshlar orasida yana shunday to‘xtab, otlariga dam bera boshlaganda, men paytdan 
foydalanib: 
— Hali uzoqmi? — deb so‘radim. 
Aravakash boshini og‘ir-og‘ir tebratib javob berdi: 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin