Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/236
tarix12.01.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#122180
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   236
Choliqushi (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
138
cho‘zilib yotadi. Menda rasm solish havasi yana uyg‘ondi. Bir necha kundan beri 
suvbo‘yoq bilan Munisaning rasmini chizmoqdaman. Yaramas qiz tek turib bersa, surat 
allaqachon bitgan bo‘lardi, lekin jim turish joniga tegadi. Boshida dala gullaridan qilingan 
chambar, yalang‘och qo‘llarida uloq bilan ro‘paramda jim o‘tirishga toqati yetmaydi. 
Ba’zan Mazlum unamasdan uzun, ingichka oyoqlarini tipirchilata boshlaydi. Ana shun-
day paytlarda Munisa irg‘ib o‘rnidan turadi-da: 
— Opajonim, xudo haqqi, men jon-jon deb turib berardim-u, lekin Mazlum unama-
yapti, nima qilay! — deb qochib ketadi. 
Men jahlim chiqib barmog‘im bilan unga po‘pisa qilaman: 
— Nima, men sening shaytonligingni bilmaymanmi? Sen jo‘rttaga jonivorni qitiqlayap-
san! 
Maktabdagi darslarim ham yomon ketayotgani yo‘q. Mudir afandi mendan juda xur-
sand. Faqat kulishni yaxshi ko‘rganim uchun ba’zan mendan xafa bo‘lib qoladi. 
— Ha-da, senga ham ombur olib kelaman-da! — deydi. 
Men yolg‘ondan lablarimni burib: 
— Nachora, domla afandi. Ustki labim bir oz kaltaroq, shuning uchun jiddiy turganim-
da ham meni kulyapti deb o‘ylaysiz, — deyman. 
Mudir afandi nimagadir chet tillarga havas bilan qarardi. Allaqanday bir eski farantsuz 
alifbesini topib olib, hijjalab o‘qib yuradi. Ba’zan mendan so‘zlarning ma’nosini so‘rab 
oladi-da, darslik chekkasiga qora qalam bilan yozib qo‘yadi. 
Shayx Yusuf afandi bilan juda inoqlashib ketdik. Bu nozik, g‘amgin bemor menga juda 
yoqadi. U ovozida yashirinib yotgan shikoyatli ohang bilan shunday go‘zal, shunday alo-
mat narsalar aytadiki... 
O‘n kun avval juda g‘alati hodisa ro‘y berdi. Maktabimizda keraksiz eski ashyolar tiqib 
tashlangan bir zal bor. O‘sha kuni bir o‘quv jadvali olish uchun shu zalga kirdim. Deraza-
lar yopiq bo‘lgani sababli zal ichi kechqurungiday olaqorong‘i edi. Tevaragimga qaragan 
edim, burchakda chang bosib yotgan bir eski organga* ko‘zim tushdi. Birdan yuragim 
shirin-shirin ura boshladi. Keyin yuragimga mung cho‘kdi. Bolalik chog‘larimning bax-
tiyor kunlari shu organ chalgan og‘ir, chuqur ilohiy kuylar ichida o‘tgan edi. Unutilgan 
do‘stning mozoriga yaqinlashayotgandek, titroq ichida uning yoniga keldim. Zalga nima 
uchun kelganimni, qaerda ekanligimni unutgan edim. Sekin oyog‘imni bosdim, klavish-
lardan biriga barmog‘imni qo‘ydim. Organ yarali ko‘ngildan kelayotgandek og‘ir, dardli 
sado berdi. Oh, bu sado! 
Nima qilayotganligimni o‘ylab o‘tirmasdan yoniga kursi keltirib qo‘ydim. Organ yoniga 
o‘tirib, yaxshi ko‘rgan cherkov gimnlaridan birini sekin, g‘oyat sekin chala boshladim. 
Organni tinglab turib, sekin-sekin o‘zimni yo‘qota bordim, og‘ir bir ro‘yo qa’riga tortila 
boshladim. Maktabimning olaqorong‘i koridorlari ko‘zlarim o‘ngida gavdalanar, qora far-
tug‘li, kalta sochli maktabdosh dugonalarim shu dahlizdan to‘p-to‘p bo‘lib o‘tardi. Bu yer-
da qancha qolib ketganligimni, nimalar chalganimni bilmayman. O‘tgan kunlarimning 
o‘tgan ro‘yosiga o‘zimni tamomila taslim etgan edim. 
Orqamda chuqur bir xo‘rsinish, yaproqlar orasidan shamol o‘tayotganligiga o‘xshash 
bir tovush eshitdim. Yengilgina titrab boshimni o‘girdim. Olaqorong‘ilikda ko‘zimga 
Shayx Yusuf afandining sarg‘ish siymosi ko‘rindi. Bir siniq javonga suyanib, boshini so-
lintirgan holda quloq solib turar, ko‘k ko‘zlarida chuqur bir hasrat bor edi. 
To‘xtaganimni ko‘rib: 
— Davom et, bo‘tam, davom et, iltimos qilaman, — dedi. 
Men javob bermadim. Organ ustiga boshimni yana ham engashtirib olib, ko‘zdagi 
yoshlarim quriguncha chaldim. Keyin hiq-hiq nafas olib, ezg‘in, tolg‘in bir holda o‘rnim-
dan turdim. 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin