Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə211/236
tarix12.01.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#122180
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   236
Choliqushi (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
211
ham yomonroq jinniliklar qilishi mumkin edi. Bahorni kutaverib jonimda jon qolmadi. 
Choliqushini ishlab turgan qishloq maktabidan tutib kelish uchun yo‘l taraddusini ko‘ra 
boshlagan edim. Aksiga olib birdan kasal bo‘lib qoldim. Rosa uch oy o‘rnimdan turolmay 
yotdim. Orqasidan qidirib B...ga borganimda esa ish qo‘ldan ketgan edi. Faridaning bir 
kasalmand bastakorga ko‘ngil berganligini, vafosiz boshini shalola bo‘yida sevgilisining 
tizzalariga qo‘yib, ko‘zlariga tikilib turib tanbur chaldirganini aytishdi. O‘zingiz o‘ylab 
ko‘ring, pochcha, necha-necha yillardan beri bu boshni, bu ko‘zlarni “meniki, faqat meni-
kigina” deb intizor bo‘lganimdan so‘ng mana shunday... 
Komron davom etmadi. Marmardan esayotgan salqin oqshom shamolidan 
qochayotgandek, bo‘ynini paltosining yoqasi ichiga yana ham ko‘proq tortib, uzoq-
uzoqlarda qizarib ko‘ringan baliqchi gulxanlariga qarab qoldi. 
Azizbeyning ham kayfi buzildi. 
— Komron, o‘g‘lim, ikkinchi xatoni o‘sha yerda qilib qo‘ymadingmikan, deb 
qo‘rqaman. Choliqushi koshkiydi shunday qiladigan, o‘z-o‘zini osongina yupata oladigan 
qiz bo‘lsa. Unda baxtli bo‘lardi-ku. Lekin men hech ishonmayman. 
Komron yana achchiqqina kulimsirab, boshini tebratdi. 
— E, pochcha, xo‘p deyavering, Faridaning baxti ochilib ketganiga ikki yil bo‘libdi, o‘z 
ko‘zi bilan ko‘rgan odamlardan eshitdim. Eri bir badavlat qari doktor emish. Bitta osh-
nam bor, xo‘jalik inspektori bo‘lib ishlaydi. Buning xotini esa Faridaning eski dugonalari-
dan. Ana shu xotin Faridani o‘tgan yili Qushadasida ko‘ribdi. Choliqushi burungiday 
hadeb kular, valaqlar, hazilkashlik qilib yurar emish. Shahardan uch-to‘rt soatlik masofa-
dagi bir chorbog‘da yigirma chog‘lik bolani tarbiya qilayotganini, juda baxtiyor ekanligini 
aytibdi. Eridan yarim soat ayrilgudek bo‘lsa chiday olmas emish. Dugonasi Istambuldan, 
qarindoshlaridan so‘z ochgan ekan, Farida darrov so‘zini kesib: “Men u shaharni ham, u 
yerdagi odamlarni ham esga olishni xohlamay-man!” — debdi. Faridaga nisbatan kam-
chiliklarim, insofsizliklarim ko‘p, pochcha, bilaman. Lekin siz ham insof qiling, uning ham 
meni shunchalik tez unutib yuborishi to‘g‘rimi? Darvoqe, bu bekorchi so‘zlarga nima 
hojat? Bas qilaylik. Men aravadan tushib piyoda bormasam bo‘lmaydi. Yomon yo‘l ekan, 
tebrataverib jonimni oldi. Oq yo‘l! 
Voy bu xizmatchilar-ey, hamisha dod-voy solishgani solishgan-a! Bu yo‘llarni o‘zim 
soldirganman, anchagina yil bo‘lib qoldi. O‘zim ish boshida turib, oftobda rosa kuygan-
man. Yolg‘on aytma, Komron, holingni yo‘l quritgani yo‘q. Yetti yil avval meni mutasarri-
flikdan bo‘shatishib xo‘p yaxshi ish qilishibdi-da. Tusha qol, o‘g‘lim, faqat kech qolma, 
chunki qarilik xolangni ham, meni ham barbod qilgan. Kech qolsang, xolang tashvish-
dan, men ochlikdan jinni bo‘lamiz. 
* * * 
Komron yana o‘sha ko‘prik oldida aravadan tushdi. O‘n yil avval, yana shunday av-
gust oqshomlarining birida mana shu ko‘prikka kelib, chirik taxta ustida oyoqlarini solin-
tirib o‘tirgan edi. 
Taqirdog‘ida yigirma besh kundan beri turgan bo‘lsa, har oqshom shu yerga kelar
kech kirib qosh qoraygandan keyin sekin-asta uyga qaytar, yo‘l bo‘yi o‘ylanib borardi. 
Eri Anatoliyaga komandirovka qilingandan beri bolalari bilan Taqirdog‘iga kelib o‘tir-
gan Mujgon bir kuni kechqurun Komrondan: 
— Juda charchagan ko‘rinasan, uzoqqa bordingmi? — deb so‘radi. 
Komron alam bilan kulimsirab javob qildi: 
— Topding, Mujgon, juda uzoqqa bordim — o‘n yillik uzoq o‘tmishga... 
U yana bir nimalar demoqchi bo‘ldi-yu, lekin Mujgon hech nima tushunmagandek lab-
larini burib: 
— Shundaymi? — dedi-da, bo‘lasiga orqasini o‘girib oldi. 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin