Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə233/236
tarix12.01.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#122180
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   236
Choliqushi (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
233
Mujgon fosh qilib qo‘ydi. Xudo rahmat qilgur doktoring Komronga daftaringni yuborgan 
ekan, daftarni olib, to‘g‘ri qozining oldiga bordim. O‘zing yozgan ba’zi narsalarning joyla-
rini ko‘rsatdim. Qozi aqlli odam ekan, darrov nikohingga fatvo berdi; tushundingmi, Cho-
liqushi? Mana endi Komron sening ering, endi u hech qachon seni tashlab ketmaydi. 
Farida shu qadar qizarib ketdiki, yuzining rangi moviy ko‘zlariga ham urib, ko‘z qora-
chiqlarida o‘tlar chaqnadi. 
— Bas, Choliqushi, ko‘p noz qilaverma! Ko‘rib turibmiz, suyunganingdan shunday 
qilyapsan. Menga qara, “Pochcha, chakki qilmadingiz, ko‘nglimdagi bo‘ldi”, de. Qani, ta-
krorla! 
Azizbey uni zo‘rlab takror ettirdi. Keyin hujra eshigini ochib, g‘olibona bir qahqaha bi-
lan: 
— Shariat yo‘li bilan vakil otaman, afandim, — dedi. — Choliqushi, e kechirasizlar, Fa-
rida xonim nomidan mana shu Komronbeyni kuyovlikka qabul qildim. Fotiha qiling, biz 
ominni bu yerda turib aytamiz, — dedi. Keyin Faridaga o‘girilib hazillashdi: — Endi nima 
deysan, Choliqushi? Mushtumdek bolasan-u, necha yildan beri jonimizni olib kelasan! 
Endi xo‘p boplab qo‘lga tushirdimmi? 
Bog‘dan bolalarning chug‘uri eshitilib turardi. 
Azizbey: 
— Endi tabriklar, qo‘l o‘pishlar boshlanadi, — dedi. — Yo‘q, yaxshisi, buni kechga qol-
diraylik. O‘z qo‘lim bilan qo‘ling o‘rgulsin to‘y ziyofati tayyorlayman. Qani, o‘g‘lim! Biz-
ning vaqir-vuqurimizdan sizlarga foyda yo‘q. Bir-biringizga aytadigan gaplaringiz bordir. 
O‘g‘lim, anovi orqa yo‘lni ko‘rdingmi? Barakallo, ana shu tor zina bilan xotiningni olib 
qoch. Uzoqqa, xohlagan yeringga bor. Keyin birga qaytib kelarsizlar. 
Komron Faridani qo‘lidan tortib, zina tomonga ketayotganda, Mujgon orqalaridan 
yetib keldi. Dugonalar yig‘lab turib o‘pishdilar. 
Azizbey ko‘zlarida paydo bo‘lgan yoshlarini bildirmaslik uchun burnini guvullatib 
qoqdi-da, notiq singari qo‘lini siltab turib: 
— Hoy, gilosimni o‘g‘irlagan Choliqushi! Uni boshqaga o‘g‘irlatsang bormi, naq mendan 
baloga qolasan-a! Qani, hozir qaytarib ber, shu bilan hisob-kitobimizni tugataylik, — de-
di. U haligacha qo‘lini Komrondan bo‘shata olmagan Faridani baland ko‘tarib o‘pgandan 
so‘ng yana yigit quchog‘iga otdi. — Bugun kechasi dengiz po‘rtanasiga yo‘liqarding, biz 
seni qutqarib qoldik. Lekin yoningdagi “sariq po‘rtana”, nazarimda, yana ham xavfliroq 
ko‘rinadi. Xudo panohida asrasin seni, Choliqushi! 
Ikki baxtiyor tor zinadan yumalanib ketar darajada pastga uchib tushdi. Komron qo‘li-
ni Faridaning belidan o‘tkazib olib, uni mahkam qisar, changalidagi nozik barmoqlarni 
og‘ritib ezardi. 
Zinapoyalarning birida Faridaning etagi ilashib qoldi. Hansirashib bir nafasgina 
to‘xtashdi. Choliqushi etagini bo‘shatish bilan ovora ekan, Komron hayajon ichida nafasi 
tiqilib: 
— Farida, meniki ekanligingga hech ishonolmayapman! Meniki ekanligingga qalbimni 
ishontirish uchun, vazningni sinab ko‘rishim kerak, — dedi.
Komron uni yosh boladay azot ko‘tarib oldi. Farida o‘zini qutqazish uchun tipirchilar, 
nafasi bo‘g‘ilib hansirardi. Chorshafidan to‘zib chiqqan sochlari Komronning yuziga urilar, 
quchoqda talpinishi yigit kuchiga kuch berar, harorati qonini qizdirardi. Komron uni past-
gacha ko‘tarib tushdi. Qiz esa jarga qulayotgan kishi singari nafasini ichiga olib, ko‘zlari-
ni yumib oldi. U goh kular, goh yig‘lardi. 
Farida tashqari eshigiga yetganda yalina boshladi: 
— Ahvolimga qara, Komron! Shu ahvolda qanday tashqariga chiqamiz? Ruxsat ber, 
yuqoriga chiqib, bir zumda kiyinib tushay. 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin