www.ziyouz.com kutubxonasi
25
— !?
— Bugun sening malla bo‘lang maktabga keldi!..
— ...
— Albatta, seni yo‘qlab kelgan-da... Koshkiydi sen ham men bilan qolgan bo‘lsang.
Ishongim kelmas edi. Muhimroq sabab bo‘lmasa, Komron meni nechun axtarib kelsin?
Mishel harholda yanglish ko‘rgan bo‘lsa kerak.
Lekin shubhamni o‘ziga aytmadim. Yolg‘ondakamdan ishongan bo‘lib:
— Yigit ko‘ngil bergan qizini ko‘rgani kelishidan ham tabiiyroq narsa bo‘lishi mumkin-
mi? — dedim.
— Albatta.
Mishel betimni siladi.
— Xafa bo‘lma, yana keladi, — dedi, — modomiki yaxshi ko‘rar ekan...
— Shubhasiz...
O‘sha kuni kechqurun ovqatdan so‘ng Matild opa meni chaqirdi-da, zar tasma bilan
bir-biriga bog‘langan rasmli ikkita qand qutichani uzatib:
— Bularni senga bo‘lang olib keldi, — dedi.
Matild opa hech jinim sevmaydigan xotin. Ammo qutichalarni uzatayotganida bo‘yniga
osilib betlarini o‘pishdan o‘zimni zo‘rg‘a ushlab qoldim.
Demak, Mishel xato ko‘rmagan. Meni bo‘lam yo‘qlab kelgan ekan. Dugonalarim orasi-
da mening cho‘pchagimga shubha bilan qarovchilar bo‘lsa, bu ikkita qutichani ko‘rgan-
dan keyin ular ham fikrlarini o‘zgartirishga majbur bo‘ladilar. Naqadar yaxshi!
Qutichalarimning biri likyorli rang-barang konfetlar, ikkinchisi esa zar qog‘ozlarga
o‘ralgan shokoladlar bilan to‘la edi. Uch-besh oy ilgari bo‘lganda, bu narsalarni eng yaqin
dugonalarimdan ham zo‘r ehtiyot bilan yashirgan bo‘lardim. Ammo o‘sha kecha dars
tayyorlash soatida qutichalarim sinfda qo‘ldan-qo‘lga ko‘chib yurdi. Qizlar esa har qaysisi
o‘z insofiga qarab qutichadan bitta, ikkita, yo uchtadan konfet olishdi.
Ba’zilari uzoqdan tagdor ishoralar qilardi. Men o‘zimni uyalayotganga solib, yuzimni
chetga o‘girar, kular edim. Qanday yaxshi-ya!
Mishel, afsuski, tagidagi zar qog‘ozlari ko‘rina boshlagan qutichalarimni o‘zimga qay-
tarib berayotib:
— Bu qutichalar, odatda, kelin qizlarga beriladigan shirinlik qutichasi bo‘ladi, Farida, —
deb pichirladi.
O‘zim to‘qigan ertak menga juda qimmatga tushdi, lekin nachora?
Oradan uch kun o‘tdi. Imtihon uchun bir geografiya xaritasini bo‘yayotgan edim. Men-
ga bo‘yoqchilik hech to‘g‘ri kelmadi. Uncha epim bo‘lmagani uchun har gal ranglarni bir-
biriga aralashtirib yuborar, qo‘llarimga, lablarimga rang tegizib olardim.
O‘sha kuni ham shu ahvolda turganimda darvozabonning qizi sinfga kirib, bo‘lam me-
ni ko‘rgani kelganini, hozir qabulxonada kutib turganini aytdi. Nima qilishimni bilmay,
kursida o‘tirgan o‘qituvchimizga alanglab qaray boshladim. Bu hali-hali esimda.
— Bor, Farida, xaritangni qo‘y, o‘sha yerda turaversin... Mehmonning oldiga chiq, —
dedi.
Xaritalarni-ku, joyida qoldiraman, juda soz... Ammo mehmonni qaysi qiyofada ko‘rga-
ni chiqaman?
Yonimdagi dugonam fartugining cho‘ntagidan kichkina oynakcha chiqardi-yu, meni er-
mak qilayotganday, ro‘paramga qo‘yib qo‘ydi.
Yuzim bilan og‘zimning ahvoliga maymunlar yig‘laydi. Xat yozganda ruchkani og‘zim-
ga solish odatim bo‘lgani uchun mo‘yqalamni ham og‘zimga solibman. Lablarimda sariq,
qizil, ko‘k ranglar yo‘l-yo‘l bo‘lib yotardi. Bularni na ro‘pmolcha bilan artib, na suv va na
sovun bilan yuvib chiqarishning iloji yo‘qligini, bunday qilguday bo‘lsam, butunlay surkab