www.ziyouz.com kutubxonasi
140
dan xatni tortib oldi.
Shahnoza xonim vazminligini buzmay:
— Bu yoqqa kel, Jamila! — dedi.
Lekin Jamila tirgan yeridan qimirlamadi.
— Bu yoqqa kel, deyapman senga, Jamila, nega bo‘ysunmaysan?
Ozg‘in kasmalmand Shahnoza xonimning ovozi shu qadar kuchli ediki, men titrab ket-
dim. Sinfga chuqur bir sukunat cho‘kdi. Pashsha uchsa eshitilar edi.
Jamila boshini solintirib, sekin-sekin yonimizga keldi. U o‘n olti-o‘n yetti yoshlarda,
xushro‘ygina qiz edi. Men hamisha dugonalaridan qochib, bog‘da, burchak-burchakda
o‘zi yolg‘iz xayolga cho‘kib yurganligini ko‘rar edim. Darslarda ham o‘ychan, g‘amgin
o‘tirardi.
Qiz yuzini yaqindan ko‘rib, uning iztirobda ekanligini angladim. Yuzida bir tomchi qon
qolmagan edi. Qarshimizda bosh egib turar, lablari titrar, qovoqlari xuddi uchayotgan-
dek, kipriklari pirpirar edi.
— Jamila, xatni menga ber.
— ...
Muovina xonim, g‘azabiga chiday olmay, yer tepindi.
— Ber, nimaga anqayib turibsan?
— Nega endi, muovina xonim, nega?
Ana shu “nega” so‘zida, mana shu bir og‘iz so‘zda g‘amgin bir isyon bor edi. Muovina
xonim qo‘pol bir harakat bilan qo‘lini cho‘zib, qiz changalidan maktubni oldi. Keyin:
— Bor, joyingga borib o‘tir, — dedi.
Shahnoza xonim konvertga qaradi-yu, qoshlarini chimirdi. Lekin o‘zini yo‘qotmadi.
Chuqur sukunatda ekanligiga qaramay, hayajon ichida ekani oshkor sezilib turgan sinfga
xitob qildi:
— Xat Jamilaning Suriyadagi akasidan kelibdi. Lekin menga itoat qilmagani uchun
xatni ertagacha bermayman, — dedi.
Qizlar yana kitob o‘qishga tutindilar. Muovina xonim bilan chiqib ketayotib, sinfga yer
ostidan ko‘z yugurtirdim. Orqa partalarda o‘tirgan bir necha qiz bir-biri bilan allanimalar
to‘g‘risida shivirlashardi. Jamila esa boshini partasiga qo‘yib olibdi, yelkalari dir-dir tit-
rardi.
Koridorda ketayotib, muovina xonimga:
— Jazoingiz og‘ir bo‘ldi, — dedim. — Ertagacha qanday qilib chidaydi. Kim bilsin yura-
gi sabrsizlikdan yorilayotgandir.
— Tashvish qilma, qizim. U bu xatni hech vaqt o‘qimasligini biladi, tushundi.
— Qanday qilib, muovina xonim? Nahotki, akasidan kelgan xatni bermasangiz?
— Bermayman, qizim.
— Nima uchun?
— Chunki akasidan kelgan emas.
Muovina xonim ovozini yana ham pastroq qilib so‘zida davom etdi:
— Bu Jamila tuppa-tuzuk odamning qizi. Shu yil bir yosh leytenantni yaxshi ko‘rib
qolibdi. Otasi bo‘lsa hech ham rozi emas. Qiz uyda ham, maktabda ham nazorat qilib
yuriladi. Leytenantni Bandirmaga yuborishdi. Biz bu qizaloqni sekin-sekin leytenantdan
sovutmoqchimiz. Lekin u bechora qizning yarasini tez-tez yangilab turadi. Bu qo‘limga
tushgan uchinchi xati.
Biz gaplasha-gaplasha muovina xonimning kabinetiga kirdik. Shahnoza xonim dag‘al
bir harakat bilan xatni g‘ijimladi-da, pechkaning qopqog‘ini ochib, ichiga tashladi.
Vaqt yarim kechaga yaqinlashib qolgan edi. Men navbatchi muallimalar xonasida
uyqum kelmay o‘tirgan edim. Nihoyat, qarorga keldim. Koridorda aylanib yurgan nav-