Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/242
tarix28.03.2022
ölçüsü0,91 Mb.
#115024
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   242
2 5204081305557401884

www.ziyouz.com kutubxonasi 
162
ham butun qalbimdan tashakkur bildiraman. Lekin buning iloji yo‘q, — dedim. 
Uy bekasi shoshib qoldi. 
— Nega qizim? Haligina uni yoqtirganingizni, chiroyli ekanini aytuvdingiz-ku! 
Men kuldim. 
— Xonim afandim, yana qayta aytaman: Ehsonbey chiroyli va arziguli yigit, lekin ora-
mizda nikoh imkoni borligi aqlimga kelgan yo ko‘nglimdan o‘tgan bo‘lsa, uning fazilatlarini 
ochiq-oshkor ayta olarmidim, afandim? Bu narsa yosh qiz uchun haddan ziyod yengiltaklik 
bo‘lmasmidi? 
Ona-bola yana bir-biriga qaradi, oraga qisqagina sukunat tushdi. Keyin Narima xonim 
qo‘llarimni ushlab: 
— Farida xonim! Harholda uzil-kesil javobingiz shu bo‘lmasin, chunki Ehsonbey juda 
qattiq xafa bo‘ladi. 
— Yana qaytarib aytaman: Ehsonbey juda chiroyli yigit, xohlaganini ololadi. 
— Shunday-ku, lekin u sizni xohlaydi. Boya o‘rtoqlari bilan garov o‘ynaganini aytdik. 
Hech jahonda shunday ham qiladilarmi, go‘zalim? Bola bechora o‘n kundan beri o‘t ichi-
da: “O‘lsam o‘lamanki, undan qaytmayman, albatta olaman!” — deydi. 
Narima xonim bu gapni hali ko‘p cho‘zishini, meni ko‘ndirish uchun ancha harakat qili-
shini sezib, buning iloji yo‘qligini yumshoq so‘zlar bilan qat’iy qilib tushuntirdim. Keyin 
ketishga ijozat so‘radim. 
Narima xonim qattiq xafa bo‘ldi. Tarvuzi qo‘ltig‘idan tushib, onasiga: 
— Oyijon, Ehsonga o‘zingiz ayting, mening og‘zim bormaydi. Farida xonim rad etar
deb o‘ylamagan edim. Endi juda qattiq xafa bo‘ladi-da, — dedi. 
Oh, bu erkaklar-a! Hammasi ham xudpisand, hammasining ham kibri havosi baland! 
Bizlarning ham qalblarimiz borligini, bizlarning ham “albatta” xohlagan narsalarimiz bo‘li-
shi mumkinligini hech eslariga keltirgilari kelmaydi. 
* * * 
Poshoning aravasi meni uyimga keltirib tashlaganda, Munisa qo‘shnimiznikida ekan. 
Yechinmasdan avval o‘zimni yana bir oynakka solib, tomosha qilmoqchi bo‘ldim. Uy ichi 
olaqorong‘i edi. Devorga tushib turgan xira oy yorug‘iga o‘xshash oynakda o‘zimni 
zo‘rg‘a-zo‘rg‘a tanir edim. Bilmayman, qanday nur o‘yini bo‘ldi: kalta ko‘k ko‘ylagim 
ko‘zimga oppoq ko‘rinib ketdi. Etaklari uzayib, qorong‘ilikda cho‘zilib yotgan oq ipakka 
o‘xshardi. 
Birdan qo‘llarim bilan yuzimni to‘sdim. Xuddi shu payt Munisa uyga yugurib kirdi-da: 
— Opajonim! — deb qichqirdi. 
Undan yordam so‘rayotganday qo‘llarimni uzatdim. “Munisa!” demoqchi edim, lekin 
lablarimdan boshqa bir ism, meni nafratlantirgan katta dushmanimning ismi chiqib ket-
di! 
* * * 
Ch..., 6 may. 
 
Shu hafta sovchilardan boshim chiqmadi. Kechagi masxarabozlikdan o‘zimni o‘nglab 
olishga ulgurmay, bugun yana bir komediyaning qahramoni bo‘ldim. Faqat bunisi kecha-
gisidan ming qatla yomon, ayanchli komediya bo‘ldi. 
Voqeani o‘zgartirmay yozaman. Sahna — bizning pastdagi mehmonxonamiz. Birdan 
Hoji Qurbon afandining xotini kirib keldi. Egnida faqat to‘ylargagina yopinib boradigan 
hashamatli chorshaf, bo‘ynida shoda-shoda tila marjon. Ahvoli g‘alati, ko‘zlari yig‘lagan-
ga o‘xshaydi. 
Gaplashishga boshlaymiz. 
Men: 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 
 
 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   242




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin