Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə177/242
tarix28.03.2022
ölçüsü0,91 Mb.
#115024
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   242
2 5204081305557401884

www.ziyouz.com kutubxonasi 
174
— Qizim, bu yerdan ikki soatlik masofada bitta bo‘lis maktabi bor. Ob-havosi yaxshi
manzarasi nihoyatda chiroyli joy... 
Bu nutq meni Zaynilar qishlog‘iga yuborilayotgandagi nutqning o‘zginasi edi. Birdan 
jinniligim tutdi-yu, kulib, so‘zini og‘zidan oldim: 
— O‘zingizni urintirmang, bey afandi, sizning o‘rningizga men gapiray, — dedim. — 
Maorif bo‘limi ko‘p mehnat va mablag‘ sarf qilib, maktabni butunlay yangiladi. Endi u 
menday yosh muallimaning himmat va fidokorligiga muhtoj, shundaymi? Mersi, bey 
afandi. Bu iltifotingizni bir marta Zaynilar qishlog‘iga ketayotganimda ko‘rgan edim. 
Bu so‘zlarni aytib turganimda, albatta, mudir meni quvib chiqaradi, deb ishongan 
edim. Lekin qiziq bo‘ldi. Jahli chiqmadi, aksincha, qah-qah urib kulib yubordi. Keyin fay-
lasufnamo: 
— Nachora qizim? Vazifa burchi. Sen bormasang, u bormasa, kim boradi, axir, — de-
di. 
Maorif bo‘limining idorasida ish bilan kelgan odamlar hamisha to‘lib-toshib yotadi. 
Burchakdagi kursidan birdan xirqi tovush ko‘tarildi: 
— Voy, bu yana qanday yong‘oq qurti, a? 
Yong‘oq qurti? Ipak qurti, Gulbashakar deb-ku jonimni olishgan edi, endi yong‘oq qur-
ti bo‘lishim qolgan ekan-da? 
Men cho‘rt o‘girildim. Menga turli-tuman ismlar, o‘z mayllariga qarab goh “shirin”, goh 
“qurt” kabi ismlar bergan hayosizlardan birini tutib oldim. Endi uning ta’zirini yaxshilab 
bermoqchi, boshqalarning alamini bundan chiqarib olmoqchi bo‘lib turganimda, u 
so‘zlashga imkon bermay, maorif bo‘limi mudiri tomonga o‘girildi-yu, buyruq be-
rayotganday qilib: 
— Kichik xonim nimani xohlasa ber, xudo haqqi, xafa qilma qizaloqni, — dedi. Mudir 
g‘oyat hurmat bilan javob berdi: 
— Buyruqlarini bajo keltirishga tayyorman, Rashidbey afandi. Lekin hozir haqiqatan 
ham bizda bo‘sh o‘rin yo‘q. Faqat rushdiyaning frantsuzcha muallimaligi o‘rni bor, xolos. 
Albatta, bu o‘rin xonimga to‘g‘ri kelmaydi. 
— Nega to‘g‘ri kelmas ekan, afandim? — dedim o‘zimni tutolmay. — Axir joriyangiz 
B...dagi xotin-qizlar bilim yurtida frantsuz tilini o‘qitgan-ku! 
Mudir shoshib qoldi. 
— Shunaqa, lekin konkurs e’lon qilganmiz. Ertaga imtihon. 
Rashidbey: 
— Juda soz! Kichik xonim ham konkursga qatnashsin, xo‘pmi? — dedi. — O‘zim ham 
imtihonda bo‘laman, xudo xohlasa, men kelmasdan  imtihon boshlanmas... 
Rashidbey, chamamda, katta odam bo‘lsa kerak. Lekin, voy xudo-ey, munchayam 
badburush-a! Xunuk basharasini ko‘rib, kulib yubormaslik uchun lablarimni mahkam ti-
shlab turdim. Odam degan yo bug‘doyrang, yo oq bo‘ladi, shunday emasmi? Bu bey 
afandining yuzida yangigina bitgan yaralarning zahilligidan tortib ko‘mir qorasigacha 
bo‘lgan ming xil rang bor edi. Terisining tusi shu qadar mog‘or ediki, yoqasining kir 
bo‘lib ketmaganiga odam hayron qoladi. Bamisoli birov hazillashib qo‘lini qora kuyaga 
tiqqan-u, keyin buning yuziga keltirib surtgan deysiz. Yaraga o‘xshash qip-qizil, kipriksiz 
qovoqlari ostida bir-biriga tutashguday bo‘lib ketgan baqa ko‘zlar. Oppoq mo‘ylovlari us-
tidan lablarigacha osilib tushgan g‘alati burun. Lunjlarini bir tomosha qiladigan. Xuddi 
maymunlar og‘izlariga yong‘oq to‘lg‘azib olganlaridagi singari lunjlari yuzining ikki 
yog‘idan osilib tushgan. 
Ammo rosa mahovat qilib yubordim. Haqiqatni aytganda, Rashidbek afandining bir 
necha og‘iz so‘z bilan menga qilgan yaxshiligi hazilakam narsa emas. Harholda, tabiat bu 
bey afandining yuzini chizgandan so‘ng juda haddidan oshib ketganini ko‘rgan-u, adolat-


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 
 
 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   242




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin