Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə231/242
tarix28.03.2022
ölçüsü0,91 Mb.
#115024
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   242
2 5204081305557401884

www.ziyouz.com kutubxonasi 
225
— Tushungin axir, iloji bo‘lganda edi, men bunday tisarilib turmas edim. Nima qilay-
lik, qo‘limizdan hech narsa kelmaydi. Axir Farida boshqa odamning xotini, bechoraning 
boshi bog‘liq. Ko‘rib turibman, sen ham juda baxtsizsan. Ilgarigiday sendan xafa emas-
man. Lekin, nima qilaylik, nochormiz... 
 
*  *  * 
Faridaning ertaga ketishi hammaning qulog‘iga yetgan bo‘lsa ham, uydagilarning hech 
bittasi bundan og‘iz ochmadi. Kechki ovqat chuqur jimlik ichida o‘tdi. Shu oqshom Azizbey 
yana ham qarib ketganday ezgin ko‘rinardi. U Faridani yoniga o‘tqazib olib, tez-tez yelkalari-
ni silaydi, iyagidan ushlab yuzini o‘ziga o‘giradi, ko‘zlariga tikilib: 
— Oh, Choliqushi! Qariganimda meni xarob qilding-da, — deyar edi. 
Shu kecha hamma o‘z xonasiga barvaqt kirib ketdi. 
 
VIII 
 
Vaqt yarim kechadan oshgan. Chorbog‘ dong qotib uxlamoqda. Mujgon xonasidan 
chiqdi. Boshiga yupqa ro‘mol tashlab olgan, bir qo‘lida shamdon. Goh oyoqlarining uchini 
bosib, goh to‘xtab, Komron yotgan xonaning eshigiga keldi. Ichkarida na sharpa va na 
chiroq. Juvon eshikni sekin taqillatdi, keyin juda past tovush bilan shipshidi: 
— Komron, uxlayapsanmi? 
Eshik darhol ochildi. Komron yechinmagan edi. Sham yorug‘ida yuzi yana ham 
so‘lg‘in, yana ham horg‘in ko‘rindi. Bu xira yorug‘ ko‘zlarini qamashtirayotganday, kiprik-
larini pirpirata boshladi. 
— Hali ham yotganing yo‘qmi, Komron? 
— Ko‘rib turibsan-ku. 
— Nega chirog‘ingni o‘chirding? 
— Shu kecha chiroq ko‘zlarimni achishtiryapti. 
— Qorong‘ida nima qilyapsan? 
Komron achchiqqina kuldi. 
— Hech, umidsizlik, baxtsizlik zahrini yutib o‘tiribman. Xo‘sh, o‘zing nega bemahal 
kelding? Nima ishing bor? 
Mujgon hayajonini zo‘rg‘a bosib: 
— Bitta g‘alati xabar olib keldim. Hovriqma, Komron, o‘zingni bos, aytib beraman, — 
dedi. 
Mujgon ichkariga kirdi, shamni stolga qo‘yib, eshikni sekin yopdi, keyin gapini nima-
dan boshlashini bilmayotganday bir oz ikkilanib turgach, yurak dukurini bosishga hara-
kat qilib, vazmin tovush bilan: 
— Hovriqma, o‘zingni bos, Komron, — dedi. — Yomon xabar olib kelganim yo‘q, ak-
sincha, yaxshi xabar. Lekin hayajoning shunday balandki... 
Juvon uni bosishga harakat qila turib, o‘zi hovriqar, ko‘zlariga yosh chiqib, ovozi titrar 
edi. 
— Komron, bir oz avval Farida mening hujramga kirdi. Rangida qon qolmapti, ahvoli 
allaqanday. “Mujgon, men shu mahalgacha qalbimni faqat sengagina ochib kelganman, 
— dedi. — Dunyoda sendan yaqinroq hech kimim yo‘q. Senga aytadigan yana bitta sirim 
bor, buni ertaga men ketgunimcha saqlaysan, keyin aytishing mumkin. Bilaman, 
qo‘qqisdan kelib qolganimni ko‘rib, hammanglar hayron bo‘ldinglar. Sizlarni shunchalik 
sog‘indimki, ortiq chidayolmadim, deb aytdim, to‘g‘ri aytdim. Lekin asosiy sabab bunda 
emas. Men bu yerga dunyoda eng yaxshi ko‘rgan kishim uch oy avval o‘lim to‘shagida 
yotganda unga bergan va’damni bajarish uchun kelganman. Mujgon, sizlarga yolg‘on ay-


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 
 
 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   242




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin