* * * O‘sha kuni kechqurun pochcham bilan xolam Komronni allamahalgacha bog‘da tutib
qolishdi. Mujgon ham burnidan tortsa yiqilar holatda bo‘lishiga qaramay, ular yonidan jil-
may o‘tirdi.
Men bo‘lsam, aksincha, o‘zimni nari tutar, har dam ichkariga kirib yotar yo bog‘ning
to‘rida ko‘zdan g‘oyib bo‘lar edim.
Bir mahal nima uchundir ularning yonlariga kelishga to‘g‘ri keldi. Komron mendan xa-
fa bo‘lganga o‘xshash bir ohangda:
— Mehmondan hurmat ham ayalar ekan-da, — dedi.
Men kulib yelkalarimni qisdim.
— “Mehmon mehmonga el bo‘lmaydi” deydilar, — dedim.
Mujgon meni yana qochib ketmasin deb qo‘limdan, etagimdan ushlab o‘tirardi. Bir sil-
kib qo‘lidan chiqdim-u, uyqum kelyapti deb yotog‘imga kirib ketdim.
Mujgon yarim kechada yotoqqa kirganda, men o‘rnimda uxlayolmay yotgan edim. U
karavotimning chetiga o‘tirib, yuzimga qaradi. Kulib yubormay deb u yonimga ag‘darilib
xurrak ota boshladim.
Mujgon zo‘rlik bilan boshimni ko‘tardi.
— O‘zingni uxlayotganga solma, ko‘zingni och, — dedi.
Men ham:
— Xudo haqqi, uxlayotuvdim, — dedim-u, ko‘zlarimni katta ochdim.
Ana shundan keyin ikkovimiz ham o‘zimizni tutolmay kulib yubordik.
Mujgon betimni silab:
— Taxminim to‘g‘ri chiqdi, — dedi.
Keskin bir harakat bilan karavot simlarini g‘ijirlatib o‘rnimdan turdim-da:
— Nima demoqchisan? — dedim.
Uning esxonasi chiqib ketdi.
— Hech... hech... — dedi, keyin kulib turib yolvora boshladi: — Xudo xayringni bersin,
men bilan yoqalashma, charchab o‘lay deb turibman.
Mujgon shundan keyin chiroqni o‘chirib joyiga yotdi.
Bir necha minutdan so‘ng men uning karavotiga bordim-da, boshini yostiqdan ko‘tarib
qo‘llarimga oldim. Lekin boyoqish uxlab qolgan ekan. Ko‘zlarini ochmay:
— Qo‘y, Farida, bunday qilma, — deb yalindi.
— Xo‘p, lekin tilimning uchida bir narsa turibdi, hozir shuni aytmasam, bugun ham
uxlayolmayman, — dedim.
Yotoqning qorong‘iligiga, Mujgonning ko‘zlari yumuqligiga qaramay, betimni uning so-
chlariga tegizib turib qulog‘iga shivirladim:
— Miyangga telbalarcha o‘y kelibdi... bildim... unga bir nima deguday bo‘lsang, seni
majburan quchoqlab olaman-u, ikkovimizni bab-baravar dengizga tashlayman...
Mujgon:
— Xo‘p... xo‘p... Istaganing bo‘lsin, — dedi-da, hamon boshini asta-sekin silkitib tur-
ganimga qaramay, yana uyquga toldi.
* * * Komronning kelishi chindan ham ta’bimni xira qildi. Unga nisbatan ko‘nglimda uyg‘on-
gan jahlga, qo‘rquvga, jirkanishga o‘xshash qarama-qarshi his kun sayin ortib borardi.
Ro‘para kelgan choqlarimizda hech nimadan hech nima yo‘q qo‘pollik qilar, qochib ketar
edim.