www.ziyouz.com kutubxonasi
145
go‘zal boshiga sevgilisi yosh leytenantining ko‘ksi yotoq bo‘ldi. Bu yoshlarning ikkalasi
ham bir-birlariga bo‘lgan ishq-muhabbatlarida shu qadar qattiq turdiki, nihoyat, ota-
onalari bosh egishga majbur bo‘ldilar.
Jamilani ham Zahro singari o‘z qo‘lim bilan yasantirdim. Ko‘p vaqtlardan beri bunday
ma’rakalardan qochib yurardim. Lekin Jamila uyimga o‘zi kelib, qo‘llarimni o‘pib yolvordi.
Ajabo, kechalarning birida, qorong‘ida o‘ziga qilgan xizmatimni fahmlagan edimikin? Bu-
nisini bilmayman. Lekin onasini, otasini rozi qilgan kunida hammadan oldin menga se-
vinchilagani keldi. Balki shubhasi bo‘lgandir?
Ha, Jamilani o‘z qo‘lim bilan bezadim, kelinlik libosini o‘zim kiygazdim... Bu yerda bir
odat bor: kim bo‘lsa ham yosh qizlarning sochiga bitta kelinlik ipi taqadi, bu yaxshilik
alomati bo‘ladi. Har qancha qarshi turganimga qaramay, Jamilaning onasi sochimning
bir tarafiga kaltagina ip taqib qo‘ydi.
Leytenantni ko‘rish havasim bor edi. Jamilani uning qo‘lida ko‘rmasdan turib, baxtlari-
ga ishona olmas edim. Lekin bunga imkon bo‘lmadi. Barvaqt uyga qaytishga majbur
bo‘ldim.
Har yerda bo‘lgani singari, bu yerda ham hamma xotinlarning yashiriqcha menga
qaraganlarini, bir-birlariga allanimalar shivirlashganini sezib turardim. Hammaning og‘zi-
da yana o‘sha “Ipak qurti”. Shahar baladiya boshlig‘ining xotini deb aytilgan, olmoslar-
ga, oltinlarga ko‘milgan bir semiz xotin yuzimga tikilib qaragandan so‘ng, menga eshita-
digan qilib yonidagilarga:
— Bu “Ipak qurti” chindan ham ofatijon ekan, bechoraning kuyib-yonishi bejiz emas!
— dedi.
Shundan keyin bu yerda qololmas edim. Jamilaning onasidan ijozat so‘radim, betobli-
gimni, oyoqda tura olmayotganligimni aytdim. Yosh kelinning yonida mendan boshqa
yana bir qancha muallima bor edi. Kampir o‘shalarni ko‘rsatib:
— Jamilaga muallimalari o‘git-nasihat qilishyapti, sen ham bir narsa aytib ket, xonim
qizim, — dedi.
Bu beg‘araz orzuni kulimsirab turib qabul qildim. O‘quvchimni bir chetga tortib:
— Jamila, — dedim, — muallimang bo‘lganim uchun onang senga nasihat qilishimni il-
timos etdi. Sen nasihatlarning eng yaxshisini o‘zingga o‘zing bergansan. Lekin, bo‘tam,
seni bir masalada ogohlantirib qo‘yay: leytenanting hozir sening yoningga kelmasdan tu-
rib, ko‘chadan bir begona xotinning kelganini, senga yashirin gapi borligini xabar qilish-
sa, zinhor o‘zingni saqla, qizim, u xotindan qoch, chiroyli boshingni leytenantingning
quvvatli bag‘riga yashir.
Kim biladi, Jamila bu so‘zlarga hayron qolgandir. Haqi bor, chunki endi men ham bu
narsalarga hayronman. Bu narsalarni bir begona og‘izdan eshitayotgandek, sababini,
ma’nosini o‘z-o‘zimdan so‘rayman.
* * * B..., 27 av-gust.
Shu oqshom kichkina bog‘chamizda ziyofat bo‘ldi. Munisa ikkalamiz Hoji xalfaning oi-
lasini kechki ovqatga chaqirib keldik. Ko‘nglimiz xush bo‘lsin, deb ko‘chadan uch-to‘rtta
qizil qog‘ozdan yasalgan chiroq oldirdim, ularni bodom daraxtining stol ustiga egilgan
shoxlariga osdik. Hoji xalfa bularni ko‘rib juda xursand bo‘ldi.
— Bor bo‘l, bu ziyofat emas, o‘ninchi iyul tantanasi-ku! — dedi.
Men kuldim.
— Hoji xalfa, bugun mening o‘ninchi iyulim, — dedim.
Ha, bugun chindan ham hurriyat kunim edi. Choliqushining qafasdan qutulganiga bu