Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə235/242
tarix28.03.2022
ölçüsü0,91 Mb.
#115024
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   242
2 5204081305557401884

www.ziyouz.com kutubxonasi 
229
— Daftar tugamabdi, Komron. Muqovasida ham yozuvlar bor. Lekin daftar ko‘k 
bo‘lgani uchun siyoh yaxshi ko‘rinmayapti, — dedi. 
Ular chiroqni ko‘tarishdi, boshlarini daftar ustida bir-birlariga yaqinlashtirib, shu satr-
larni qiyinchilik bilan o‘qishdi. 
“Kecha daftarimni abadiy yopgan edim. Nikoh kechasining sabohida nainki xotira 
yozish, hatto eski yuzimni ko‘rish uchun oynaga qarashga, eski tovushimni eshitish 
uchun unimni chiqarishga ham jur’at qila olmas edim. Faqat... 
Shunday qilib, kecha men kelinchak bo‘ldim. Selga uchragan xazon kabi o‘zimni oqim-
ga taslim etdim. Kim nima desa qildim, hech narsani qaytarmadim. Shunchalikki, doktor 
Izmirdan keltirgan uzun etakli oq ko‘ylakni kiydirishlariga, sochlarimning bir yog‘iga bir 
tutam kumush ip ilashtirishlariga ham qarshilik qilmadim. Faqat oro berish uchun meni 
katta tosh oynakka olib kelishganda, hech kimsaga sezdirmasdan ko‘zlarimni yumib ol-
dim. Bo‘lgani shu. Butun isyonim faqat shundangina iborat bo‘ldi. 
Meni ko‘rgani bir qancha yotu begona keldi. Bular orasida ilgari men bilan ishlashgan 
muallimalar ham bor edi. Aytgan so‘zlari qulog‘imga kirmas, hammasiga ham bir xilda 
ayanch tabassum bilan javob qilishdan o‘zgasiga kuchim yetmas edi. 
Bir kampir yuzimni ko‘rib: 
— Choli tushmagurning xo‘pam tolei bor ekan-da. Turnaning naq ko‘zidan uribdi-ya! 
— dedi. 
Xayrullobey uyga kechki ovqat mahalida yetib keldi. Semiz gavdasini korset siqib tur-
gan smoking kiyib olgan edi. Qizil galstugi bir yoqqa juda g‘alati bo‘lib qiyshayib ketibdi. 
Yuragim ezilib, xafa bo‘lib turganimga qaramay, kulib yuborishdan o‘zimni tutib qololma-
dim. Boyoqishni kulgi qilib qo‘yishga haqqim yo‘qligini o‘ylab, qizil galstugini chiqarib olib 
o‘rniga boshqasini, yarashadiganini bog‘lab qo‘ydim. 
Xayrullobey kulib turib: 
— Barakallo, qizim, sen ajoyib uy bekasi bo‘lasan. Ko‘rdingmi, yosh qizga uylanish-
ning fazilatlarini? — dedi. 
Mehmonlar tarqalishdi. Biz yemakxona derazasi yonida ro‘baro‘ o‘tirardik. Xayrullo-
bey: 
— Kichkinam, nega kechikib qolganligimni bilasanmi? — deb so‘radi. — Munisaning 
mozorini ziyorat qilib keldim. Qabriga bir dasta gul va sening kelinchaklik iplaringdan bir 
siqim qo‘yib keldim. Boyaqish sening oldingda gapirishga tortinardi, lekin yolg‘iz qolgani-
mizda nuqul: “Opajonim kelinchak bo‘lib, sochlariga kumush ip taqqanda, men ham 
taqmoqchiydim”, deyardi. Rahmatlining sariq sochlariga ipni o‘zim taqardim, afsuski 
bo‘lmadi. 
Doktor shu so‘zlarni aytib turganda, o‘zimni tutolmay yuzimni derazaga o‘girdim-u, 
mana shu alamli kuz oqshomining ko‘zga ko‘rinmas tumani singari kipriklarimda qurib 
qolayotgan yoshlar bilan to‘lib-to‘lib yig‘ladim. 
Kechaning ilk soatlarini har kungiday pastda, ovqatxonada o‘tkazdik. Xayrullobey 
ko‘zoynaklarini taqib olib, burchakda allaqanday kitob o‘qib o‘tirdi. 
— Kelinoyim, yangi kuyovning kitob o‘qib o‘tirishi yarashmaydi, lekin meni aybga bu-
yurmaysan-da. Qo‘rqma, kechalar uzun, yosh kelinchakka ishq dostonlari o‘qishga ham 
vaqt topiladi, — dedi. 
Chekkalarini tikib o‘tirgan ro‘molim ustiga boshimni yana ham ko‘proq solintirdim. Eh, 
bu qari doktor! Uni qanchalar sevardim, mana endi qanchalar nafratlanaman undan! De-
mak, alamdan, qayg‘u-g‘amdan behol bo‘lib boshimni yelkasiga qo‘ygan kezlarimda, u... 
Demak, oq kipriklar ostida yashiringan bu gunohsiz moviy ko‘zlar menga xotin deb, 
bo‘lajak qayliq, deb qarab kelgan ekan-da!..  
Soat o‘n birga jom urguncha shu xil achchiq alamli o‘ylar bilan band bo‘ldim. Nihoyat, 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 
 
 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   242




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin