Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/242
tarix28.03.2022
ölçüsü0,91 Mb.
#115024
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   242
2 5204081305557401884

www.ziyouz.com kutubxonasi 
52
Komron ko‘zlariga ishonmas edi. 
Nima qilyapsan, Farida? — dedi. 
— Tag‘in og‘rib-netib qolmagin, — dedim. — Mundog‘ o‘ylab ko‘rsam, seni asrash 
bunday keyin mening burchim ekan. 
Bo‘lam bu safar ham quloqlariga ishonmadi shekilli: 
Nimalar deyapsan, Farida? — dedi. — Shu so‘zlarni sen aytyapsanmi? Unashilgani-
mizdan keyin sendan eshitgan eng shirin so‘zim. 
Boshimni engashtirib, jim turdim. 
Komron paltomni qo‘liga oldi. Silayotganday bir harakat bilan yenglariga, yoqasiga, 
tugmalariga tegar edi. 
— Senga bir oz sitam qilish niyatida edim, Farida. Endi fikrimdan qaytdim, — dedi. 
Ko‘zimni yerdan olmasdan: 
— Senga hech yomonlik qilganim yo‘q edi-ku, — dedim. 
U meni yana yovvoyi qilib qo‘yishdan qo‘rqayotganday, yonimga yaqinlashishdan be-
zillab: 
— Fikrimcha, qilding, Farida, — dedi, — hatto ziyoda qilding. Unashilgan kishisini shu-
naqa oyoqosti qiladilarmi? Ko‘nglimga yomon gaplar keldi. Qaydam, Mujgon yanglishgan 
emasmikan? 
Nochor kuldim. Komron ajablanib sababini so‘radi. 
Dastlab javob bergim kelmadi. U qo‘ymagandan keyin esa ko‘zlarimni olib qochib: 
— Mujgon yanglishgan bo‘lsa, bunchalik bo‘lmas edik,— dedim. 
— Bunchalik nimasi? Ya’ni unashilganimizmi? 
Ko‘zlarimni yumib turib ikki marta boshimni silkidim. 
— Faridam! 
Kichik bir faryodga o‘xshagan bu ovoz hali-hali quloqlarimda. Ko‘zlarimni ochdim-da, 
uning kattayganday ko‘ringan ko‘zlarida yirik yosh tomchisini ko‘rdim. 
— Meni shu dam shunchalar baxtiyor etdingki, o‘layotganimda ham esimga tushsa 
yig‘layman. Yuzimga bunday boqma. Sen hali juda kichiksan. Iloj yo‘q, sen unday narsa-
larni anglamaysan. Hamma ginalarni unutdim endi. 
Komron bilaklarimdan ushlab turardi. Men ham tortib olmadim, faqat ho‘ngrab yig‘lay 
boshladim. Bu shunday yig‘i ediki, Komron qo‘rqib ketdi. 
Boyagi yo‘l bilan orqaga qaytayotganimizda ham men tez-tez xo‘rsinar, hiqillab yig‘lar 
edim. U ortiq qo‘lini menga tegizishga botinmasdi. Lekin men ko‘ngli jo- yiga tushganini 
sezib, xursand bo‘ldim. 
Chorboqqa yaqinlashganimizda: 
— Sen oldin kir. Men hovuzda yuzimni yaxshilab yuvib olay. Meni shu ahvolda ko‘rish-
sa nima deyishadi?— dedim. 
 
* * * 
Birdan esimga tushganday qilib Komrondan so‘radim: 
— Yevropaga sayohat qilarmishsan, rostmi? 
— Shunday bir fikr bor. To‘g‘risi, meniki ham emas, Madriddagi amakimning xayoli, — 
deb javob berdi. — Qaerdan eshitding? 
Bir oz ikkilanib turganimdan so‘ng: 
— Doktorning qizidan, — dedim. 
— Doktorning qizi senga muncha ko‘p xabarlar yetkazib turar ekan, Farida? 
— ... 
Komron diqqat bilan yuzimga qarab turardi. Qizarib, boshimni o‘girib oldim. 
— Menga qara, oyimning kasalligi ham bahona bo‘lmasin tag‘in? 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 
 
 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   242




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin