www.ziyouz.com kutubxonasi
121
— Bo‘lmasa otangni ko‘rging kelayotgandir-da?
— Otamga achinaman, lekin unchalik yaxshi ko‘rmayman uni, opajon.
— Juda soz, unday bo‘lsa darding nimada?
— ...
Ko‘zlarini yerga tikib olib indamay o‘tiradi, qattiqroq talab qilsam bo‘ynimga osilib
olib, yolg‘ondakam kula boshlaydi. Lekin men bu soxta xushchaqchaqlikka ishonmay-
man. Munisaning haqiqiy suyunchini bilmaymanmi? Men uning tiniq ko‘zlarida hamma-
vaqt bir qayg‘u, mung borligini ko‘rib yurardim. Aytgin, deb har qancha qistasam ham
harakatlarim behuda ketardi.
Bugun yuz bergan bir hodisa bu qizchaning qalbida yashirinib yotgan dardni menga
ayon qilib qo‘ydi. Kechqurun Munisa anchagacha yo‘q bo‘lib ketdi. Holbuki, o‘sha dam
o‘ziga muhtojligimni bilardi — yo‘l taraddudi uchun menga qarashishi kerak edi.
Bir necha marta chaqirdim. Javob bo‘lmadi. Albatta bog‘chada bo‘lsa kerak edi. Dera-
zani ochib: “Munisa! Munisa!” — deb chaqirdim.
Ingichka tovushi bilan uzoqdan, Zayni ota sag‘anasi yonidan: “Afandim, hozir bora-
man”, — deb javob berdi.
Oldimga kelganda, u yerda yolg‘iz nima qilib yurganligini so‘radim. Javobida shoshar,
bema’ni bahonalar bilan meni aldashga tirishar edi.
Yuziga diqqat qilib qaradim. Ko‘zlari qip-qizil. Xiyol so‘liqqan betlarida yangi qurigan
ko‘z yoshlarining izlari bor. Birdan vahm bosdi meni. U yerda nima qilganini, nega yig‘la-
ganii ayttirish uchun qattiq qistovga oldim. Bilakchalari qo‘llarimda, yuzini yashirish
uchun boshini solintirgan, lablarida yengil bir titroq bilan sukut qilib turardi.
Men uni har nima qilib bo‘lsa ham gapirtirishga qaror qilgan edim. Agar haqiqatni
mendan yashiradigan bo‘lsa, uni bu yerga tashlab ketishimni aytdim. Ana shundan keyin
chidayolmadi. Katta bir gunohni bo‘niga olayotganday, boshini solintirib, uyala-uyala ga-
pira boshladi:
— Oyim meni ko‘rgani kelibdi. Ketishimni eshitibdi-da... Achchig‘ing kelmasin, opajon.
Bu kattakon gunohni aytib turganda butun vujudi titrar, ko‘zlari yoshga to‘lib borar
edi.
Tushundim. Kichik, mitta ko‘nglining alamini mendan umid etishi mumkin bo‘lgan da-
rajadan ortiqroq tushundim.
Yuziga tushgan sochlarini tuzatdim, yonoqlarini sekin-sekin silab turib, yumshoq, bo-
siq tovush bilan:
— Buning uchun nega qo‘rqasan, nega yig‘laysan? Oying-ku, albatta, ko‘rasan-da, —
dedim.
Bechora hanuz ishonmas, qo‘rqa-pisa tikkan ko‘zlarini mendan ololmasdi. Hamma na-
frat, la’nat bilan qaraydigan u xotinni yaxshi ko‘rmaganligiga meni ishontirish uchun bo-
lalarcha sabablar qidirar edi. Lekin oyisini shu qadar yaxshi ko‘rar, shu qadar jondan se-
vardiki...
— Bolam, onangni yaxshi ko‘rmaydigan bo‘lsang, men seni juda yomon ayb qilaman,
— dedim. — Onani ham yaxshi ko‘rmagan bormi? Yugur, chop, chaqirib kel. “Opam seni
albatta ko‘rishim kerak, deyapti” degin. Men sag‘ananing oldiga boraman.
Munisa tizzamga yopishib etaklarimni o‘pdi, keyin yugurganicha bog‘chaga chiqib ket-
di. Bu ishim juda yomon ehtiyotsizlik edi, bilaman. Agar shu xotin bilan gaplashganimni
ko‘rib qolishsa, yomon gaplar tarqaladi, balki otimni bu yerda la’nat bilan tilga olishadi-
gan bo‘ladi. Mayli, nima bo‘lsa bo‘ldi!
Sag‘ananing pastida, daraxt butalari orasida ularni anchagina kutdim. Mushtipar xotin
uzoq ketib qolgan ekan. Munisa uni yo‘ldan qaytarib kelish uchun qamishzorning orqasi-
ga o‘tib ketgan bo‘lsa kerak.