www.ziyouz.com kutubxonasi
135
ga shaylanib turardim. Yo rabbiy, bema’ni kulgi meni bossa, sharmanda bo‘laman! Men
o‘zimni mahkam tutib, sinfga birinchi marta ko‘z tashladim. Ana xolos, ular ham kuli-
shyapti. Shunday qilib, tolibalarim* bilan aloqam shirin tabassumlar bilan boshlandi. Bu
boqish, bu yashirin kulimsirash o‘sha mahal bir-birimizning qalbimizga mehr soldi, deb
o‘ylayman.
Sinfda kulgi kuchayib bordi, buni axiyri mudir afandi ham sezib qoldi. U mushtini qar-
sillatib kafedraga urdi, ming liraga ham sotmaydigan g‘ilay ko‘zlarining qiyshiq qarashi
bilan sinfga olaydi.
— Bu qanday gap?.. Bu qanday gap?.. A, bu qanday gap?.. Izzatini bilmagan nodon-
lar! Xotin zotini erkalatib bo‘lmaydi. Xudo ursin, hammangni majaqlab tashlayman! Yum,
og‘izlaringni! Kuydirgan kalladay nimaga iljayasanlar?
Qizlar bu do‘q-po‘pisaga uncha parvo qilmas edilar. Ulardan ko‘ra men ko‘proq qo‘rqib
ketdim.
Mudirning nutqi yana o‘n besh minutcha davom etdi. Sinfda yana kulgi kuchaygudek
bo‘lsa, Rajab afandi stolga musht urib, yarim hazil, yarim jiddiy o‘kirik bilan:
— Nimaga tirjayasanlar? Hozir hammangni omburga olaman! — deb baqirardi.
So‘zining oxirida Rajab afandi yana bir marta qichqirib:
— Etagiga mahkam yopishinglar, yoqasini qo‘ldan chiqarmanglar, ilmini limondek
siqib olmasangiz, onangizdan, otangizdan, davlatdan, xalqdan yegan noningiz harom
bo‘lsin! — dedi-da, sinfdan chiqib ketdi.
Tolibalarim bilan yolg‘iz qolgan shu dastlabki minutim nechog‘lik og‘ir bo‘lishini o‘yla-
magan ekanman. Ertadan-kechgacha tinmay gapiradigan mahmadona Choliqushi, tut
yegan bulbuldek, og‘zini ocholmay qoldi. Miyamda hech qanday fikr yo‘q, u bo‘m-bo‘sh
edi. Aytishga bir og‘iz so‘z topa olmas edim. O‘zimni tutolmay, ixtiyorsiz kulimsiray bo-
shladim. Xayriyatki, tolibalarim meni hali ham mudir afandining so‘zlariga kulyapti, deb
o‘ylashibdi. Ular ham ko‘zlarimga tikilib kulimsiray boshladilar. Ana shunda birdan yura-
gimga jasorat kirdi. Endi o‘zimni ancha bosib oldim.
— Xonimlar, — deb so‘z boshladim, — men bir oz frantsuzcha bilaman, agar sizlarga
shuning nafi tegsa, o‘zimni baxtiyor deb bilardim.
Yuragimdagi qo‘quv tarqalib, endi tilim chiqib qoldi. Ortiq qiynalmay so‘ylar, qizlarim-
ning sekin-sekin menga elikayotganliklarini sezib borardim. Shunday katta xonimlarni
qizlarim deyish naqadar baxt! Faqat ko‘proq kulishadi, bu menga yoqmaydi. Kulishsa-ku
mayli-ya, Rajab afandi ming liraga sotmaydigan qiyshiq qarashi bilan sinf derazasidan
ko‘rib qolsa yomon bo‘ladi. Shuning uchun tolibalarimga kichikkina tanbeh qilishni lozim
ko‘rdim.
— Xonimlar! Kulishlaringiz tabassum doirasidan chiqib ketmasin. Sizlarga do‘q qilish
uchun mening qo‘limda mudir afandi aytgan omburga o‘xshash hech nima yo‘q. Faqat
sizlardan xafa bo‘laman, xolos, — dedim.
Qisqasi, birinchi darsim yaxshi o‘tdi. Sinfdan chiqayotganimda qizlardan biri yonimga
kelib, mudir afandi nima uchun ombur deganligini tushuntirib berdi. U ko‘p kuladigan
qizlarga “Tishlaringni ombur bilan sug‘urib olaman”, deb do‘q urarkan.
* * * B..., 28 mart.
Qizlarimdan ko‘p, juda ko‘p xursandman. Meni shu qadar yaxshi ko‘rib qolishdiki, ta-
naffus mahallarda ham izimdan qolishmaydi. Hamkasblarga kelsak, to‘g‘risi, ularni ham
yomon odamlar deb bo‘lmaydi. Menga sovuq qaraydiganlar, muallimlar xonasining bir
burchagida yer ostidan xo‘mrayishib, men to‘g‘rimda xunuk narsalar shivirlashadiganlar