Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə230/242
tarix28.03.2022
ölçüsü0,91 Mb.
#115024
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   242
2 5204081305557401884

www.ziyouz.com kutubxonasi 
224
— Farida, qizim, jinnilik qilma, bolani yiqitasan! — deb qichqirganini eshitdi.  
Choliqushi quloq osmadi, aksincha, butun qalbi bilan quvonib qichqirdi: 
— Voy xola-ey, nimaga qo‘rqasiz? Najdadning asl egasi zorlanmayapti-yu! Shunday-
mi, Komron? 
Farida bolalarning eng kattasi, ayni zamonda eng qo‘rqog‘i bo‘lgan Narminni chinqirti-
rib, jonini olgandan so‘ng o‘zi ham arg‘imchoqdan tushdi. Sochlari terlab, qizarib ketgan 
peshonasiga, yuziga yopishib qolgan edi. U qo‘liga yopishgan arqon iplarini tushirish 
uchun hovuchlarini bir-biriga ishqab turib: 
— Nazarimda, hamma uchib bo‘ldi shekilli, — degan edi, Komron yuragi betlamaygi-
na: 
— Meni esdan chiqarding, Farida, — dedi. 
Choliqushi beholgina jilmaydi. “Yo‘q” deyishga ko‘ngli bo‘lmas, “xo‘p” deyishga esa 
botina olmas edi. Ana shundan keyin bir arqonga, bir daraxt shoxiga qarab olib: 
— Hayronman, qanday bo‘lar ekan, — dedi. — Arqon ikkalamizni ko‘tara olmas dey-
man, a, Mujgon? 
Mujgon arqonni ushladi, keyin Komronning ko‘zlariga sekin tikilib: 
— Gap arqonda emas... Farida juda charchagan. Ahvoliga qara, Komron. Charchab 
zo‘rg‘a turgan xotinni yana beshbattar charchatish gunoh bo‘lar deb o‘ylayman, — dedi. 
Farida avval “Hechqisi yo‘q, nima bo‘lardi” deb turgan bo‘lsa ham, keyin Mujgonning 
so‘zlari va ko‘zlaridagi ma’noni tushundi-yu, gunoh qilib qo‘ygan yosh bola singari izza 
bo‘lib, qo‘rqib boshini solintirdi. So‘ngra past tovush bilan: 
— Ha, juda charchaganman, tobim ham joyida emas,— dedi. 
Chindan ham ahvoli kasal kishinikiga o‘xshardi, haligina ko‘zlarida chaqnab turgan 
sho‘xlik o‘tlari ham so‘ngan edi. 
Mujgon haligacha ko‘zlarini Komrondan olmagan edi, u past ovoz bilan: 
— Men o‘ylaganimdan ham battarroq bag‘ring tosh ekan, Komron! — dedi. 
Komron ham Faridaga eshittirmaslik uchun past tovush bilan: 
— Nega endi? — deb so‘radi. 
Mujgon uni xilvatga sudrab ketdi. 
— Bechoraning ahvolini ko‘rmayapsanmi? Baxtini qora, qalbini yara qilganing ham 
yetmadimi? 
— Mujgon!.. 
— Uni shuncha yildan beri birontamiz yo‘qlamadik. Sog‘inib-sarg‘ayganiga chidamay, 
ozorlarini, alam va qayg‘ularini unutib qaytib keldi. Kelgan kunlari juda yaxshi edi. Sen 
bo‘lsang, qalbida anchagina bitib qolgan yarasini yana ochib yubording... — Mujgonning 
ko‘zlariga yosh keldi. — Ertaga jo‘naydi, lekin bechoraning qanchalik azob, qanchalik iz-
tirob ichida jo‘nashini men yaxshi bilaman... Shunday, Komron, Farida ertaga ketadi! 
Hammayog‘ini tayyorlab qo‘ydi. Men ham bundan bexabar edim. Farida bu safar menga 
na qalbini ochdi va na hayotiga doir biron narsa aytdi. Tuyqusdan jo‘nayotganligini aytdi. 
Imonim komil, bu gapi yolg‘on. Aslida, Farida sendan qochib ketyapti, axir qachongacha 
azob tortadi? Men bu gaplarni senga shunchaki aytayotganim yo‘q, Komron. Men bu ay-
riliqning Farida uchun juda ham og‘ir bo‘lishidan qo‘rqaman. Farida bardam, odamning 
aqli ishonmaydigan darajada bardam, lekin har holda xotin kishi. Sen uni juvonmarg qil-
gan kishisan, shuning uchun undan qarzdorsan! Endi har nima bo‘lsa ham shu ayriliq soatlari-
da o‘zingni bardam, og‘ir tut, Faridaga ham iloji boricha kuch ber, quvvat ber. 
Komron bu so‘zlarni eshitib, yashil ko‘zlarigacha oqarib ketdi. 
— Faqat Faridaning xazon bo‘lgan hayotini gapirasan, xo‘sh, meniki-chi? — dedi. 
— Seniki o‘zingning xohishing bilan bo‘ldi. 
— Bunchalik bag‘ritosh bo‘lma, Mujgon! 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 
 
 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   242




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin