Microsoft Word ey farzand ziyouz com doc



Yüklə 266,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/58
tarix19.09.2023
ölçüsü266,62 Kb.
#129143
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   58
Imom G\'azzoliy. Ey farzand

 
 


Ey, farzand. Abu Homid G’azzoliy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
21
IXLOS SURASINING FAZILATI 
 
Ey, farzand!
Ixlos surasini ko‘p o‘qish kerak. Ixlos surasi haqida Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday deydilar: 
«Mahshar maydonida bir jarchi shunday jar soladi: 
«Allohni ko‘p zikr etganlar, Ixlos surasini ko‘p o‘qiganlar beri kelinglar!» 
Shunday kishilar oldinga chiqadilar. 
Farishtalar ularga shunday deydilar: 
«Dunyoda Allohni ko‘p zikr etib, Ixlos surasini ko‘p o‘qirdingiz, shuning barokati bilan 
kechirildingiz. Qani, haqingiz, jannatga kiring!» 
Ey, farzand!
Abu Hurayra (r.a.) rivoyatiga ko‘ra, Rasulullohning (s.a.v.) yonlarida bir kishi Ixlos surasini o‘qidi. 
Bir payt Payg‘ambarimiz (s.a.v.) «Vajabat» dedilar. Bu — «vojib bo‘ldi», deganlari. Bir sahoba: «Vojib 
bo‘lgan nima? Yo Rasululloh?!» (s.a.v.) deb so‘raganida Payg‘ambarimiz (s.a.v.) «Jannat» deya 
marhamat etdilar: «Ixlos surasini ixlos bilan, ishonch bilan o‘qigan kishi muhaqqaq jannatga kiradi». 
Bu suraning fazilati ko‘p. 
Jobirdan (r.a.) qilingan rivoyatga ko‘ra, Rasululloh (s.a.v.) shunday deydilar: 
«Bir farishta ko‘kka chiqayotib, ikkinchisi ko‘kdan yerga tushayotib bir payt orada uchrashib biri 
ikkinchisiga shunday dedi: 
«Illiynga (jannat) shunday bir amal eltdimki, bunday amalni shu paytgacha olib chiqmagandim». 
Buni eshitgan farishta so‘radi: 
— U qanday amal edi? 
— Bir kishi Ixlos surasini o‘qidi, shu amalni eltdim, — dedi farishta. 
— Alloh u kishini qanday mukofotladi? 
— O’sha bandaning barcha gunohlarini kechirib, o‘rniga shuncha savob yozadi». 
Ey, farzand!
Ixlos surasini «Bismilloh» bilan ming marta o‘qigan tish og‘rig‘idan qutilishi rivoyat etilgan. 
Muhammad ibn Fazl deydilarki: 
«Bir kun tishim juda qattiq og‘ridi. Tushimda ming marta Ixlosi sharifni o‘qishim bildirildi. Bir oz 
o‘tdi. Ketidan yana tush ko‘rdim. Bu gal «Bismilloh» bilan o‘qishimni aytdilar. Aytilganidek ado etdim. 
Va bundan so‘ng bir marta ham tishim og‘rimadi». 

Yüklə 266,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin