Microsoft Word ey farzand ziyouz com doc



Yüklə 266,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/58
tarix19.09.2023
ölçüsü266,62 Kb.
#129143
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   58
Imom G\'azzoliy. Ey farzand

O’LCHOV VA TAROZU 
Ey, farzand!
Tijoratda o‘lchov va tarozudan urib qoluvchilar haqida Qur’oni karim (Mutoffifun-1,2,3) da 
shunday marhamat etiladi: 
«Urib qolguvchilarning holiga voy bo‘lgay! Qachonki, ular birovlardan (biron narsani o‘lchab 
olganlarida to‘la qilib oladilar, o‘zlari o‘lchab yoki tortib bersalar urib qoladilar». 
Ey, farzand!
Birovning haqqiga ehtiyot bo‘l. Qarzdorlik xarf va dard ekanini bilgani holda beparvolik qilgan kishi 
ertasini halokatga tashlangan bo‘ladi. Qarzdor bo‘lishdan saqlan. Bu haqda hazrat Payg‘ambarimiz 
(s.a.v.) shunday deganlar: 
«Zimmasida birovning haqqi qarzi borligini bilgani holda to‘lamasdan, rozilik olmasdan o‘lganning 
janoza namozi o‘qilmaydi. Toki vorislaridan bir kishi o‘sha qarzni zimmasiga olguniga qadar». 
Qarzli kishining qarzi uzilmasdan jannatga kirolmaydi. 
Oisha onamizdan (r.a.) rivoyat etilishicha, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday xabar beradilar: 
«Qarzli kishi to‘lamoq niyatida bo‘lsa, Alloh o‘sha qulining ishini oson qiladi». 
INSON VUJUDI – ALLOHNING OMONATI 
Ey, farzand!
Vujud insoniyatga Alloh bergan bir omonat hisoblanadi. Demak, vujuddagi a’zolar ham Allohning 
omonatidir. Omonatga xoinlik, ya’ni xiyonat qilinmaydi. Bu xususda Rasululloh (s.a.v.) marhamat 
etadilar: 
«Ummatim ustiga shunday bir zamon keladiki, omonatlar saqlanmaydi (himoya qilinmaydi)». 


Ey, farzand. Abu Homid G’azzoliy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
25
Bu hadisi sharifni eshitganlar Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) «Omonatdan murod nima?» deb 
so‘rashdi. Rasululloh (s.a.v.) marhamat etdilar: 
«Qo‘l — insonga Alloh (tomonidan berilgan) omonatidir. U bilan harom narsaga yopishmaslik 
kerak. 
Oyoq — Allohning bir omonati. U bilan haromga yurmaslik, haromga bormaslik kerak. Tanosil 
a’zolari omonat. Ular bilan zino qilmaslik lozim. Barcha a’zolar Allohning omonatidir. Ularni bandalik 
xizmatida, foydali ishlarda qo‘llash kerak. Shunday ish tutgan kishi kafolat ostida bo‘lganidek, o‘zi 
ham ishonchli, eminlardan bo‘ladi. Aks holda xoinlardan bo‘ladi». 
Ey, farzand!
Rasululloh (s.a.v.) marhamat etdilar: 
«Bir kishi Luqmondan: 
— Siz Luqmonmisiz? — deb so‘radi. 
Luqmon: 
— Ha, men Luqmonman, — dedilar. O’sha kishi: 
— Men bilganimda siz zaif bir odam edingiz, bunday darajaga qanday erishdingiz? — dedi. 
Luqmon: 
— Shu uch narsa bilan. 
1 Omonatga xiyonat qilmaslik. 
2. To’g‘ri gapirish. 
3. Keraksiz so‘z va ishlarni tark etish, ko‘p va foydasiz so‘zlashishni tashlamoq bilan erishdim, — 
dedilar». 
Ey, farzand!
Inson a’zoga omonatga xiyonat qilmasin. 
Hazrati Muso (a.s.) Allohdan so‘radilar: 
«Allohim! Omonatni yaxshi saqlab, ko‘rib, haqqini berganga, haqqiga rioya etganga, joyiga, 
o‘rniga topshirganga qanday ehsonda bo‘lgaysan?» 
Alloh marhamat etdi: 
«Ey, Muso! Omonatni yaxshi ko‘rgan va uni joyiga, o‘rniga topshirgan qulimni qiyomat kuni 
xavfdan emin etib, jannatimga kiritaman!» 

Yüklə 266,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin