Ey, farzand. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
26
HAYIT KUNLARINING FAZILATI
Ey, farzand!
Iyd kunlari oila a’zolariga, bolalarga, yaqinlarga, mo‘min-musulmonga yaxshi muomalada bo‘lish,
ularning ko‘ngillarini olib, sevintirish kerak. Iloji bo‘lsa, hadya berishni unutmaslik lozim.
Rasululloh
(s.a.v.) janobimiz marhamat etadilar:
«Iyd kunlari faqir, miskin, nochor, yetimlarga sadaqalar berib, hol so‘raganlarga Ka’bai
Muazzamaki ming marta tavof etganchalik savob beriladi».
Ey, farzand!
Olimlar, oriflar va yaxshi kishilar suhbatida bo‘l. Kishining kimligi u bo‘lgan joyga, kimlarning
orasida ekaniga bog‘liq.
Hazrati Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Olimlar va solihlar majlisiga borguvchining bosgan har odimiga qabul bo‘lgan bir haj savobi
yoziladi. Chunki olimlar va solihlar Allohning do‘stlaridir».
Bu savob Allohning Ka’basini tavof etish bilan teng qiymatga ega.
Hayit
kunlarida xafa, musibatli va g‘amgin kishilarni ziyorat etib, ko‘ngillarini quvonchlarga
to‘ldirish lozim. Imkoni bo‘lsa, hadyalar berib kambag‘allarga xursandchilik baxsh etish zarur.
Bundaylarni Alloh g‘am-qayg‘udan qutqaradi, sevintiradi.
Hazrati Muso (a.s.) Allohdan so‘radi:
«Allohim!
Ikki xafa, g‘amgin kishining ko‘nglini olganga qanday ajr berasan? Zulmga uchragan
kishi Sening roziliging sabr qilsa, ajri qanday bo‘ladi?»
Alloh marhamat etdi:
«Qiyomat kuni qo‘rqqanidan
emin etib, o‘sha qulimga omonlik beraman. Bu Mening shafqat va
marhamatimdir».
Alloh Musoga (a.s.) marhamat etdi:
«Ey, Muso! Senga nechun payg‘ambarlik ato etganimning, bevosita so‘zlashganimning va mursal
payg‘ambarlar qatoridan joy berganimning sababini bilasanmi?»
Muso (a.s.):
«Yo‘q, bilmayman», dedilar.
Alloh marhamat etdi:
«Ey, Muso! Suruvni haydab, boqib yurganingda bir qo‘y suruvdan ajrab qochdi.
Ortidan shu qadar
yugurdingki, qo‘y ham charchadi, sen ham. Oxir, uni tutib, g‘azablanish o‘rniga
uni erkalab-suyding,
yaxshi ko‘rding, mehr-shafqat ko‘rsatding. Men ham o‘sha g‘olib, bepoyon shafqating tufayli senga
payg‘ambarlik berdim!»
Dostları ilə paylaş: