Microsoft Word ey farzand ziyouz com doc



Yüklə 266,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/58
tarix19.09.2023
ölçüsü266,62 Kb.
#129143
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   58
Imom G\'azzoliy. Ey farzand

 
OVQATLANISH ODOBLARI 
Ey, farzand!
Ovqatlanishdan oldin ikki qo‘lni yuvish sunnat. Bunga beparvo bo‘lmaslik kerak.
Dasturxon yerga yozilgan bo‘lsa, o‘ng tizza tik tutilib, chap oyoqqa o‘tiriladi. Payg‘ambarimiz 
(s.a.v.) shunday qilgani rivoyat etilgan. 
Avval «Bismilloh» aytilib, ovqatlanish o‘ng qo‘l bilan boshlanadi. 
Sahobai ikromdan ba’zilari so‘rashdi: 
«Yo Rasululloh (s.a.v.)! Bizga ovqatlanish duolarini o‘rgatsangiz». 
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat etdilar: 
«Biz qulmiz, qul kabi odob va arkon bilan ovqatlanishimiz kerak». 
Dasturxonning hamma tomoniga uzanavermasdan, taomni oldidan, luqmani kichik olish 
odobdandir. Og‘izda luqma bo‘lsa, gapirmagan yaxshi. Boshqalarning luqmalariga qaramaslik, 
ko‘ngilni qoldiradigan harakatlar qilmaslik, qahqaha otib kulmaslik, og‘izni chapillatmaslik, burun 
qoqmaslik kerak. Bular yomon odat va gunohdir. 
Ovqatlanib bo‘lgach, og‘iz va qo‘llarni yuvish sunnatdir. Bu sog‘liq uchun ham juda foydali. 
Suv ichayotganda kishi bir nafasda emas, sekin-sekin uch bo‘lib ichish va ichishda, «Bismilloh» 
aytish kerak. Ichilayotgan suvga tuflamaslik, o‘tirib yoki tiz bukib ichmoq yaxshiroqdir. 
Suvni terlab turganda va uyqudan uyg‘onar-uyg‘onmas darhol ichish to‘g‘ri emas. Bu avvalo 


Ey, farzand. Abu Homid G’azzoliy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
39
odobga, so‘ng esa sog‘liqqa to‘g‘ri kelmaydi. Farzandning ota-onasiga, ustoziga, er-xotin bir-biriga, 
shogird va xalifaning ustasi va piriga suv berishida bir zarar yo‘q, aksincha bu odobdir. Duch kelgan, 
tasodifiy kishidan suv so‘rash to‘g‘ri emas. 
TO’Y VA BOZOR ODOBLARI 
Ey, farzand!
To‘y va shunga o‘xshash ko‘ngilxushlik joylariga borilganda oshkor gunoh qilayotganlar guruhiga 
qo‘shilib, ular bilan birga gunoh orttirmaslik, borar-bormas oldingi safda ko‘rinishga harakat qilmaslik 
ma’qul. 
Jamoat holida bo‘lgan yig‘inlarda xizmatdan qochmaslik, atrofdagi yeb-ichiladigan taomlarga qo‘l 
urmaslik, borganda va qaytayotganda salom berish odobdandir. 
Ey, farzand!
Bir jamoatda suv yoki choy tarqatish xizmati tushadigan bo‘lsa, mavqei va yoshiga qarab navbati 
bilan bu ishni davom ettirish kerak. Bu ish o‘ngdan boshlanib, so‘nggiga yetkazilgach suv idishlari 
joyiga qo‘yiladi. 
Rasululloh (s.a.v.) marhamat etadilar: 
«Bir kishi ehtiyojli bir kishiga suv ikrom etsa, Alloh taolo o‘sha kishiga barcha xalqni 
tiriltirganchalik savob beradi». 
Ya’ni chanqagan odamga suv berishning savobi shunchalar ulug’ va cheksiz. 
Yana bir hadisi shariflarida Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday marhamat etadilar: 
«Ey,
sevimli ashobim! Qiyomatgacha kelguvchi ummatlarim! Oyoqda (tik) turgan holda suv 
ichmang! Bunday qilishingiz o‘zingiz (taningiz)ga bir necha kasallikni chaqirishingizdir. Faqat tahorat 
olib bo‘lgach, qolgan suvdan uch yutum va zamzam suvini oyoqda turib ichmoq zarar bermaydi. Bu 
zamzam va tahorat suviga hurmatan ibodatdir». 
Bozorga o‘xshash odam gavjum joylarga kirayotganda, duo qilib Allohga sig‘inmoq foydalidir. Bu 
haqda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday deydilar: 
«Kim bozorga va shunga o‘xshaga odam gavjum joylarga kirayotganda shu duoni o‘qisa, o‘sha 
kishining ming gunohi afv etilib, mingta savob beriladi. Duo budir: 
«LA ILAHA ILLALLOHU VAHDAHU LA SHARIYKA LAHU. LAHUL MULKU VA LAHUL HAMDU. YUHYI 
VA YUMIYTU VAHUVA HAYYUN LA YAMUTU. BIYADIHIL XOYRU VA HUVA ALA KULLI SHAYIN 
QODIYR». Bozor va shunga o‘xshash odamlar ko‘p joylarda qo‘pol harakatlar qilib, yelka bilan urib, 
turtib birovlarni ranjitmaslik, yo‘llarga, maydonlarga, duch kelgan yerga tupurmaslik, burun qoqmaslik 
kerak. Jamoat ichida yolg‘iz ovqatlanmaslik, hech kim bilan urishib-tortishmaslik, g‘avg‘o ko‘tarmaslik 
lozim. Yolg‘on aytmaslik, hech kimni aldamaslik va aldanmaslikka harakat qilmoq darkor. 
Bozordan olingan yeguliklar ko‘zdan yashirin, berk, o‘rog‘liq holda keltirilgani maqsadga muvofiq, 
ularga faqirlar va bolalarning ko‘zlari tushmagani ma’qul, bordi-yu ko‘zlari tushsa, ularga berib
tottirgan yaxshi. Uyga ochiq chehra bilan qaytib, uydagilarni sevintirgan a’lodir. Oila a’zolarini va 
boshqalarni shodlantirganni Alloh oxiratda sevinchli martaba va maqomlarga yetkazadi. Shunday 
go‘zal maqomlarki, mahshar xalqi hayratdan lol qoladi. 

Yüklə 266,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin