www.ziyouz.com kutubxonasi
42
«Bu kishi bilan sizning ishingiz (bo‘lmasin) yo‘q. Bu kishi har tun o‘rniga yotishdan oldin bizni
o‘qirdi. Unga oid savoblarni berish uchun biz tayyor bo‘lib kutib turibmiz» deyishadi».
Yotayotganda «Taborak»ni o‘qiganga Qadr kechasini ibodat bilan o‘tkazganchalik savob beriladi.
Mo‘minlarning onasi hazrati Oisha (r.a) aytadilar.
«Bir kecha Rasululloh (s.a.v.) menga shunday dedilar:
«Ey, Oisha! Qur’oni karimni xatm et. Alloh taoloni o‘zingdan rozi ayla! Barcha payg‘ambarlarni
o‘zingga shafoatchi qil. Barcha mo‘minlarni mamnun etib, o‘zingga duochi qil. Keyin yaxshi tushlar
ko‘rib uxla!» dedilar. So‘ngra namozga turdilar.
«Yo Rasululloq (s.a.v.)! Ota-onam, jonim yo‘lingizda fido bo‘lsin! Buncha ko‘p narsani bir soat
ichida qanday qilish mumkin?!» Rasululloh (s.a.v.) namozlarini o‘qib bo‘lgach, menga qarab shunday
deydilar:
«Ey, Oisha! Uch marta «Ixlos» surasini o‘qisang, Qur’onni xatm etgan bo‘lasan. Bir marta:
«Subhanallohi valhamdulilahi va la ilaha illallohu vallohu akbar. Va la havla va la quvvata illa
billahil aliyyil aziym» desang, Alloh rizosini qozonasan.
Bir marta:
«Allohumma solli ala muhammadin va ala jamiyil anbiyoi val mursaliyn!» desang, barcha
payg‘ambarlarni o‘zingga shafoatchi qilasan.
«Allohum mag‘firliy va lil mu’miniyna val mu’minati val muslimiyna val muslimati» desang, barcha
mo‘minlar sendan mamnun va senga duoda bo‘ladilar!»
MA’NAVIY TA’SIR UCHUN O’QILADIGAN SURA, OYAT VA DUOLAR Ey, farzand!
Fursat bo‘lishi bilan quyidagi suralarni o‘qishga harakat qil. Rasululloh (s.a.v.) shunday marhamat
etadilar:
«Har kim shu uch surani shomda, tongda uch martadan o‘qisa, Alloh o‘sha kishining molini, jonini
va oila a’zolarini barcha halokatlardan qo‘riydi, bu suralar shular:
1. Ixlos surasi.
2. Muavvizatayn suralar. («Qul a’uzu bi robbil falaq va Qul a’uzu bi robbinnas).
3. Fotiha surasi».
Bir kun Sahobai ikromdan biri Rasululohdan (s.a.v.) so‘radi: «Yo Rasululloh (s.a.v.)! Bizga
shunday bir narsa o‘rgatingki, Alloh biror-bir sababli gunoh qilishimizdan bizni saqlasin!»
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday dedilar:
«Kafirun» surasini o‘quvchini Alloh shirk keltirishdan saqlaydi».
Yana Rasululloh (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Kim quyidagi oyati karimani to‘shagiga kirgach o‘qisa, oldi Ka’bai sharifgacha nurlanadi va o‘sha nur
uzra farishtalar enadi va shu oyatni o‘qigan kishi uchun tonggacha gunohlari kechirilishini tilaydi.
O’sha kishining daftariga esa benazir savoblar yoziladi».
O’qiladigan oyat bu:
«QUL INNAMA ANA BAShARUM MISLUKUM YUVHA ILAYYA ANNAMA ILAHUKUM ILAHUN
VAHIDUN. FAMAN KANA YARJU LIQOA ROBBIHI FAL YA’MAL AMALAN SOLIHAN. VALA YUShRIK BI
IBADATI ROBBIHI AHADA».
(KAHF, 110)
Tunda o‘ringa yotayotganda, tongda to‘shakdan turayotganda quyidagi duoni o‘qigan kishi, o‘sha
kuni o‘zini sehr-jodudan va zolim kishilarning yomonligi (zulmi)dan saqlagan bo‘ladi. Duo budir:
«BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM! BISMILLAHILLAZIY LA YAZURRU MAASMIHI SHAYUN FIL
ARZI VA LA FIS SAMAI VA HUVAS SAMIUL ALIYM».
Rasululloh (s.a.v.) marhamat etdilar:
«Alloh taoloning uch ismi borki, bular tilda yengil, tarozuda og‘irdir. Kim har kun shu ismlarni yuz
marta aytsa, har ismga yuz savob beriladi. O’sha ismlar: