Ey, farzand. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
44
Jiisiy munosabat paytida suhbatlashmaslik kerak. Aks holda tug‘ilgan go‘dak soqov bo‘ladi.
Hazrati Paygambarimiz (s.a.v.) marhamat etadilar.
«Sizlardan biringiz juma kechasi jufti bilan jinsiy munosabatda bo‘lib, g‘usl qilib, o‘sha g‘usli bilan
juma namozi o‘qimoqqa borsa va bu orada dunyoviy so‘z aytmasdan juma namozini o'qisa, Alloh
taolo o‘sha kishiga bir yil namoz o‘qigan va ro‘za tutganchalik savob ehson etadi».
Qilingan jinsiy munosabat boshqalarga aytilmasligi kerak. Jinsiy munosabat — juftlar orasida sir
bo‘lib qolishi zarur bo‘lgan voqeadir.
Jinsiy munosabat paytida erkak shoshilmasligi zarur. Aks holda, ayolning haqqi qolgan bo‘ladi.
Ayollar erkaklarga ko‘ra jinsiy aloqa natijasiga kechroq erishadi. Tez, chala-chulpa jinsiy munosabatni
dinimiz ta’qiqlaydi.
Jinsiy aloqaga sovuq, bo‘shashgan, tanbal munosabatda bo‘lish, juftining holatini e’tiborga
olmaslik natijasida oraga sovuqlik tushadi.
Bu tanballik va bo‘shlik erkaklarda ko‘proq kuzatiladi.
Hayz va nifos holdagi ayol bilan jinsiy munosabat ta’qiqlansada, birga yotish, birga ovqatlanish va
hazillashib erkalashning zarari yo‘q.
Inzol (bo‘shashmaniy chiqish) paytida ayolni o‘pish uyg‘un ko‘rilmaydi.
Jinsiy munosabat paytida, ayni joyda bola va hayvon bo‘lmasligi, oy botganda, o‘rtasida va oxirida
qo‘shilmaslik lozim. Ixtilom natijasida g‘usl etmasdan jinsiy munosabat qilmoq ham uyg‘un
ko‘rilmaydi.
Jinsiy aloqa uzoq vaqtga tark etilishi kerak emas. Yoshlarda har kun bir, o‘rta yoshdan e’tiboran
haftada ikki kunga tushirilishi va shunday davom ettirilish uyg‘un ko‘rilgandir.
Jinsiy hayoti muntazam bo‘lganlarning sog‘lig‘i ham joyida bo‘lishi kuzatilmoqda. Har qo‘shiluvdan
so‘ng g‘usl qilish taqvoga yaqindir.
Och, chanqagan holda jinsiy munosabat qilmaslik, shuningdek, to‘q, katta-kichik tahorat sindirish
holatlarida ham qo‘shilmaslik kerak. Bular sog‘liq uchun zarardir.
Chap (yonga yotib qo‘shilish bel va boldir og‘rig‘iga sabab bo‘lishi mumkin. Oyoqda turib jinsiy
munosabat qilish, ayniqsa, erkak uchun zararlidir. Bir necha xastalikka sabab bo‘ladi. Erkak ostda
bo‘lib aloqa qilish ham erkak uchun zararlidir.
Bemalol, huzurlanib bo‘shanishga to‘siqlik qiluvchi har qanday jinsiy aloqa shakli erkakda prostata
xastaligiga sabab bo‘lishi mumkin. Jinsiy qo‘shiluvning eng tabiiy va zararsiz shakli — ikki tiz ustiga
cho‘kib qilinganidir. Bu mavzuda yozilajak ko‘p narsalar bo‘lsada, shu qadari ham kifoyadir.
Ey, farzand!
Juma namozi uchun g’usl qilishni unutmaslik kerak. Bu haqda Payg‘ambarimiz (s.a.v ) Abu
Hurayraga (r.a) xitoban shunday deganlar:
«Ey, Abu Hurayra! Juma namozi uchun g‘usl qilishni aslo tark etma! O’sha g‘usl shu juma
orasidagi gunohlari ketkazadi».
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yana shunday marhamat etadilar: «Jinsiy aloqadan so‘ng g‘uslni
kechiktirmang. Chunki aytgan har so‘zingizni yozayotgan kotib malaklar ranjiydilar».
Yolg‘on so‘zlaganning og‘iz hididan yozuvchi farishtalar bir fursat uzoqlashadilar. Jinsiy aloqa
qilgach, darhol g‘usl etish kerak. Bu asar matnini yozuvchi buyuk olim Imom G’azzoliy aytadilar:
«Tushimda bir shaxsni ko‘rdim, menga shunday dedi: Ey, Imom! Junub bo‘lganim holda, darhol g‘usl
qilmasdan kechiktirdim. Endi olovdan menga bir ko‘ylak kiydirdilar. Hanuz
otash ichra qovrilmoqdaman».
G’usl qilish uchun xalq boradigan hammomga borilganda, u yerda ko‘p kutmaslik kerak.
Hammomda ovqatlanish, ko‘ngilxushlik qilish gunoh. Hammomdan chiqar-chiqmas sovuq suv ichmoq
sog‘liq uchun tahlikalidir. Tez-tez umumiy hammomlarga bormoq ham sog‘liqqa
zarardir.
Dostları ilə paylaş: